Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


Download 1.45 Mb.
bet31/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

О‘z-о‘zini ishontirish – bu insonning о‘z xatti-harakatlarini о‘zgartirish uchun о‘z ruhiyatiga ta’sir kо‘rsatish jarayoni, ya’ni ilgari о‘ziga xos bо‘lmagan yangicha xatti-harakatni yaratishdir63.
О‘zingizni qandaydir narsalarga ishontirish uchun о‘zingizga tо‘g‘ri tasdiqlar va kо‘rsatmalar rо‘yxatini tuzing. Masalan, qandaydir lahzada kuch-madoringiz ketayotganini sezsangiz “Men kuch-quvvatga tо‘laman!” tasdig‘idan foydalanishingiz mumkin. Buni iloji borich kо‘proq, kuchsizlik holatida ham, oddiy holatlarda ham takrorlang. Albatta birinchi martadayoq bunday tasdiq ta’sirini sezmasligingiz mumkin, biroq kо‘proq amaliyotda qо‘llaganingiz sari uning ta’sirini seza boshlaysiz. Tasdiqlar va kо‘rsatmalar eng yaxshi samara berishi uchun, muayyan qoidalarga rioya qiling: tasdiq siz qutilishni istayotgan narsani emas balki siz istayotgan narsani aks ettirsin. “Emas”, “yо‘q”, “yomon” yuklamalaridan foydalanmang, masalan, о‘zimni yomon his qilayapman” emas, “Men о‘zimni yaxshi his qilayapman” deb ayting. Har qanday kо‘rsatma qisqa va aniq ma’noga ega bо‘lishi lozim. Kо‘rsatmalarni hozirgi zamonda shakllantirish muhimdir. Eng asosiysi kо‘rsatmalar matnini shunchaki yodlab olmasdan, balki ularni mulohaza qilgan holda takrorlang va imkon qadar kо‘proq takrorlashga intiling.
Mashhur shaxslar tarjimai holi. Ushbu usul о‘z-о‘zini rag‘batlantirish eng samarali usullardan biridir. U qandaydir sohada buyuk natijalarga erishgan muvaffaqiyatli kishilar hayoti bilan tanishishdan iborat64.
Agar siz qandaydir faoliyatga, muvaffaqiyatga erishishga,qandaydir loyihani davom ettirishga yoki о‘z ustingizda ishlashga motivatsiya yо‘qolganini his qilsangiz quyidagicha yо‘l tuting. Mashhur shaxslardan qaysi biri sizda qiziqish uyg‘otishi va hayratga solishi borasida о‘ylab kо‘ring. Bu qandaydir tadbirkor, qandaydir kompaniyaning asoschisi, olim, sportchi, kino yulduz va h.z. bо‘lishi mumkin. Shunday insonning tarjimai holini u haqidagi maqolalarni, uning mulohazalarini yoki har qanday ma’lumotlarini toping. Topilgan ma’lumotlarni о‘rganishni boshlang. Siz bu kishining hayotida kо‘plab rag‘batlantiruvchi jihatlarni, sabr-bardosh misollarini va hech narsaga qaramasdan ilgariga intilish istagini kо‘rishingiz mumkin. Ma’lumotlarni о‘qish vaqtida sizda о‘zingizni qо‘lga olish, belgilangan maqsadga erishishni davom ettirish istagi paydo bо‘ladi. Motivatsiyangiz kо‘p marotabaga kuchayadi. Motivatsiyangiz zaiflashganini va oziqlantirishni talab qilayotganini sezsangiz mashhur kishilar hayoti tо‘g‘risida kitoblar, maqolalar о‘qing, kinofilmlar kо‘ring. Bunday amaliyot sizga doimo bardam yurishga va qudratli motivatsiyaga ega bо‘lishga imkon yaratadi. Chunki sizda kishilar о‘z orzulariga sodiq qolishi, о‘ziga hamda о‘z muvaffaqiyatiga ishonishni davom ettirayotganligi borasida yaqqol misollar kо‘z о‘ngingizda turadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling