Qurg‘oqchil erlarda yo‘llarni loyihalash. Sunʼiy sug‘oriladigan erlarda yo‘llarni loyihalash. Sho‘rxok erlarda yo‘llarni loyihalash. Ko‘chma qumli yerlarda yo‘llarni loyihalash
Download 23.22 Kb.
|
2 Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Serpantinlar
- T opshiriq
- Hisoblashga kerakli ma’lumotlarni aniqlash
- Hisobiy og’irliklar
Qurg‘oqchil erlarda yo‘llarni loyihalash. Sunʼiy sug‘oriladigan erlarda yo‘llarni loyihalash. Sho‘rxok erlarda yo‘llarni loyihalash. Ko‘chma qumli yerlarda yo‘llarni loyihalash. Trassani ilon izi tarzida o’tkazishda еgrilarni hosil bo’lgan o’tkir burchaklar ichiga olishning iloji bo’lmaydi, chunki еgrining uzunligi uning tangenslari yig’indisidan ancha kichik bo’ladi va shuning uchun yo’lning bo’ylama qiyaligi еgrilik qismida ruxsat еtilganidan ancha ortiq bo’lib chiqadi. Bunday hollarda burilish burchagining tashqi tomonidan chizilgan (o’tkazilgan) еgrilar qo’llanadi, ular serpantinlar deb ataladi (1-rasm). Serpantin markaziy burchak tortib turuvchi asosiy еgri Е va teskari (yordamchi) еgrilardan iborat. Serpantin teskari еgrilarining oxirlari bilan asosiy еgrisi orasida o’tish еgrilari yoki to’g’ri qo’ymalar, viraj otgonlarini joylashtirish va qatnov qismini kengaytirish uchun etarli masofa bo’lishi kerak (1-rasm). Serpantin teskari еgrilarining uchlari orasidagi masofa A-В. Serpantinning o’tkir burchagi kichkina bo’lganida yo’l poyini joylashtirish sharti bo’yicha aniqlanadi. 1-rasm. Serpantinlar: a-birinchi tur; b-ikkinchi tur serpantinlar; v-asosiy egri chiziq markazi siljigan birinchi tur serpantin; g-nosimmetrik birinchi tur serpantin. Serpantinlarni loyihalash uning alohida elementlari qiymatlarini aniqlashdan va joyda tirak devorlari yoki ariqli va yontomon qiyalikli yo’l poyini joylashtirish imkoniyatini borligini tekshirishdan iborat. Serpantinning elementlarini hisoblash uchun trassa uzunligini aniqlashda (1-rasm, a) asosiy va teskari egrilarning radiuslari , to’g’ri qo’yma m ga qiymatlar beriladi va teskari egrilarning burilish burchagi topiladi. Teskari egri tangensining uzunligi (1) Teskari egri burchagining uchidan serpantinning asosiy egrisi boshlanishigacha bo’lgan masofa . AOE uchburchakdan quyidagini aniqlaymiz (2) Bu tenglamadan Teskari egri burchagidan serpantinning burchagi uchigacha bo’lgan masofa Serpantinning asosiy egrisini tortib turuvchi markaziy burchak : Serpantin asosiy egrisining uzunligi Serpantinning to’la uzunligi bu yerda -teskari egrining uzunligi, m. Topshiriq: berilgan ma`lumotlarga asosan serpantinni loyihalang. 11-amaliyot darsi mavzusi. YO’L TO’SHAMASINI HISOBLASH PRINSIPLARI Yo’l to’shamasi loyihalanayotgan yo’lning toifasi,harakat jadalligi va tarkibi tabiiy va geologik sharoitlar, shuningdek yo’l qurilayotgan hududning mahalliy qurilish materiallari mavjudligini hisobga olgan holda loyihalanadi. Yo’l to’shamasining turlari, qoplamalfrni asosiy ko’rionishlari va ularni qo’llash doirasi quyidagi jadvalda keltirilgan [6,9]. 1-Jadval
Hisoblashga kerakli ma’lumotlarni aniqlash Yo’l to’shamasi – yo’l toifasi, avtotransport vositalarining tarkibi, joyning namlanish bo’yicha turi, yo’l poyi gruntining turi, hamda yo’l qurilish materiallarining viloyatda mavjudligini hisobga olib loyihalashadi. Yo’l to’shamasi qatlamlarining qalinligi quyidagi qiymatlardan kichik bo’lmasligi kerak. -Yirik donali asfaltbeton - 6 - 7 sm. -Mayda donali asfaltbeton - 3 - 5 sm. -Qumli asfaltbeton – 3 - 4 sm. - Organiq bog’lovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh (shag’al) -8 sm - Shimdirish usulida organiq bog’lovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh – 8 sm. - Qumli yo’l to’shamasi asosidagi bog’lovchilar bilan ishlov berilmagan chaqiq toshli, shag’alli materiallar – 15 sm. - Organiq yoki anorganiq bog’lovchilar bilan ishlov berilgan materiallar va tuproqlar – 10 sm. Hisobiy og’irliklar Yo’l to’shamalarini loyihalashda avtomobilning eng ko’p yuklangan yakka o’qidagi og’irlik chegarasi hisobiy og’irlik sifatida qabul qilinadi. I – II toifali yo’llar uchun 130 kN (13 t s) [6] III – V toifali yo’llar uchun 100 kN (10 t s) Download 23.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling