Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari
Download 1.38 Mb.
|
2 5426852119510518403
Orol dengizi muammosi.
Qadimdan xalqimiz orasida «Bir narsani yo‘qotmay turib, ikkinchi narsaga erishib bo‘lmaydi», degan hikmatli so‘z yuradi. Sobiq tuzum davrida, ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirish maqsadida, cho‘llarni o‘zlashtirishga tushdildar. O’zlashtirilgan cho‘l tuproqlarining oddiy lalmikor tuproqlarga nisbatan suvga bo‘lgan ehtiyoji bir necha barobar katta. Suvdan ayovsiz, vahshiylarcha foydalanish natijasida Orol dengiziga qo‘yiladigan suvning miqdori kamaydi. 2000 yil Prezidentimiz I.A.Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotida bo‘lib o‘tgan ming yillik sammiti 55 sessiyasida Orol muammosini yana ilgari surdi va bunda Orolning muammoga aylangani e’tirof etildi. 1991-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqtada bo‘lib,53,4 metrni, suvning hajmi 1064 kub kilometrni, suvning yuzasi 66 ming kvadrat kilometrni va minerallashuv darajasi bir litr suvda 10-11 grammni tashkil etgan edi. Dengiz transporti, baliq xo‘jaligi, iqlim sharoiti jihatidan katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Unga Sirdaryo va Amudaryodan har yili deyarli 56 kub kilometr suv kelib quyilar edi. 1994 yilga kelib, Orol dengizidagi suvning sathi -32,5 metrga, suv hajmi-400 kub kilometrdan kamroqqa, suv yuzasining maydoni esa 32,5 ming kvadrat kilometrga tushib qoldi, suvning tarkibidagi tuz ikki barobar ortdi. 1997 yil fevralda Markaziy Osiyodagi besh davlat boshliqlarning BMT, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Almatada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Orol muammosini hal etish bo‘yicha tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi - Orolni qutqarish xalqaro fondining ancha ishchan tarkibi va uning negizida harakatchan Ijroya qumitasi tuzildi. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish lozim. Orol muammosini hal etish bo‘yicha juda ko‘p fikr mulohazalar aytiladi, tadbirlar belgilanadi. Biroq samarali natijalar bo‘lmadi. Avval bizga juda foyda bergan dengiz, endi bizdan madad kutmoqda.
Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling