Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari


Dengiz va okeanlar ekologik muammosi


Download 1.38 Mb.
bet16/36
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#209487
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
2 5426852119510518403

Dengiz va okeanlar ekologik muammosi.
Dunyo dengizlari - biosferani me’yorlashtiruvchi eng muhim manbalardan biridir. Dunyo dengizi yer shari sirtining 363 mln km2, yani 71% ini tashkil etadi. Dengiz va daryolardagi suvning umumiy hajmi 1362200 ming km3. Dengizning atmosfera bilan o‘zaro ta’siri Yerdagi ob-havo sharoiti va iqlimning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Dengiz suvi turli mineral moddalarga boy chuchuk suv olish manbai sifatida xizmat qiladi. Dunyo dengizi-juda katta miqdordagi Osh tuzi zahirasi; unda 180 mingga yaqin organizm turlari - kichik bakteriyadan tortib, yirik kitlargacha panoh topgan. Dengizda yashovchilarning biomassasi tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko‘ra 60 milliard t (quruqlikda yashovchilarning umumiy biomassasi taxminan 10 milliard t). Bugungi kunda inson oziq-ovqatidagi oqsillarning 10%ga yaqini dengizlardan olinadi. Ko‘pgina mamlakat aholisi uchun dengiz mahsulotlari asosiy taom hisoblanadi.

Insoniyatning bu «go‘sha» si jahon «axlatxona» siga aylanib bormoqda. Chunki ularga inson faoliyati oqibatida to‘planadigan chiqindilar tashlanmoqda. Kimyoviy sintez sanoati paydo bo‘lgunga qadar bu «tabiiy axlatxona» ga nima tashlansa, ularning barchasi biologik siklga qo‘shilib, tarqab ketardi. Biroq inson turli sun’iy moddalar ishlab chiqqanidan boshlab, dengiz tabiiy muhitining buzilishi jarayoni, ifloslanishi va zaharlanishi tobora ortib bormoqda.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling