Plitani hisoblash va konstruksiyalash
Hisobiy oraliqlar va yuklar. Toʻsinsimon plitalarni teng taqsimlangan yuklar taʼsiriga hisoblash uchun orayopma eni 1m boʻlgan, bosh toʻsinlar yoʻnalishi boʻyicha joylashgan tasma ajratiladi (1 - rasm). Yordamchi toʻsinlar plita uchun tayanch rolini oʻynaydi va plita koʻp oraliqli uzluksiz statik noaniq toʻsin kabi qaraladi. Plitaning konstruktiv sxemasi 2- rasmda keltirilgan. Bunda devorning ichki qirrasidan reja oʻqlarigacha boʻlgan masofa (bogʻlanish) 200 mm qabul qilingan.
Plitaning konstruktiv sxemasiga asosan uning hisobiy sxemasi qabul qilinadi. Plitaning hisobiy oraliqlari quyidagicha aniqlanadi: chetki, birinchi oraliq uchun hisobiy uzunlik yordamchi toʻsin qirrasidan plitaning devorga kiritiluvchi tayanch qismining oʻrtachasiga boʻlgan masofaga teng:
oʻrta oraliqlar uchun – yordamchi toʻsinlar qirralari orasidagi sof masofaga teng
Plitaga taʼsir etuvchi doimiy va vaqtinchalik yuklar hisobi 1-jadvalda keltirilgan. Eni 1m boʻlgan hisobiy tasmaning 1m uzunligiga taʼsir etuvchi yukning miqdori plitaning 1m2 yuzasiga taʼsir qiladigan yuk miqdoriga teng boʻlib, faqat oʻlchov birligi (kN/m) boʻyicha farq qiladi.
1-jadval.
Orayopmaga taʼsir etuvchi yuklar
Yuk turi
|
Meʼyoriy
yuk qiymati
kN/m2 ,
|
Yuk boʻyicha ishonch koef-fitsiyenti
|
Binoning vazifa-si boʻyicha ishonch koeffitsiyenti
|
Hisobiy yuk,
kN/m
|
Doimiy yuk:
a-beton pol-
|
0,48
|
1,3
|
0,95
|
0,593
|
b-issiqlik saqlagich qatlam-
|
0,66
|
1,3
|
0,95
|
0,815
|
v-temirbeton plita-
|
2,00
|
1,1
|
0,95
|
2,090
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |