Qurilish fakulteti «Qurilish materiallari va buyumlari» kafedrasi


Download 71.21 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi71.21 Kb.
#1590892
1   2   3
Bog'liq
9 Tajriba Plasmassa materiallar va buyumlar Lileoleum xossalari (1)

LABORATORIYA ISHI №9
LINOLEUM XOSSASINI ANIQLASH
1. Laboratoriya ishining maqsadi
«Lak-bo’yoq pardasining qurish tezligini aniqlash» mavzusi bo`yicha laboratoriya ishi ma`ruza bo`limlari bo`yicha olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, shuningdek qurilish materiallarining alohida xossalarini o`rganish maqsadida bajariladi.
O`quv qo`llanmada laboratoriya ishlarini bajarish uchun zarur uskunalar, bajarish usullari va tartibi keltirilgan.
Polimer qurilish materiali linoleumning fizik-mexanik xossalarini aniqlash va DST bilan taqqoslash.
2. Laboratoriya ishi uchun materiallar va uskunalar

  • Tarozi;

  • Shtangentsirkul;

  • Linoleum namunasi;

  • Yassi idish;

  • Suv;

  • Tarozi;

  • Linoleum namunasi.

3. Umumiy ma`lumot
Linoleum-bir yoki ikki qatlamli o’rama material. Ustki qatlam plastmassadan, ostkisi dag’al gazlama, mahsus qatron va boshqa materiallardan ishlangan bo’ladi. Sanoatimizda gliftal polixlorivinil, koloksilin va rezina linoleumlar ishlab chiqarilmoqda.
Materialning pishiq va puxtaligi, har xil kimѐviy moddalar ta’siriga bardosh berishi, shuningdek bejirim ko’rinishi undan laboratoriyalar, sanoat va jamoat binolari pollarini to’shashda, shuningdek avtomatika, samolѐt, poezd vagonlarida keng foydalaniladi. Ushbu linoleumning o’rtacha zichligi va suv shimuvchanlik darajasini tajriba mashg’ulotlarida aniqlab ko’ramiz.
4. Ishni bajarish tartibi
Linoleumning o’rtacha zichligini aniqlash uchun linoleum namunalar paralellepiped shaklida kesib olinadi. Namunalar shtangentsirkul yordamida o’lchanib, hajmi hisoblanadi, so’ngra namuna texnik tarozida tortiladi. To’g’ri geometrik shakldagi namunaning har tomoni 1-rasmda ko’rsatilganidek, uch joyidan eni va balandligi bo’yicha o’lchanadi, (a1 , a2 , a3 , v1 , v2 , v3 , h1 , h2 , h3) va har yoqning o’rtacha arifmetik qiymati eng so’nggi natija sifatida qabul qilinadi.
Tomonlarining o’lchami 100 mm dan oshmaydigan har xil shakldagi namunalar 0,1 mm gacha aniqlikda o’lchanishi, tomonlarning o’lchamlari 100 mm va undan katta bo’lgan namunalar esa 1,0 mm gacha aniqlikda o’lchanishi lozim. Massasi 500 g dan yengil namunalar 0,0 1g gacha aniqlikda, massasi 500 g va undan og’irroq namunalar esa 1,0 g gacha aniqlikda tortilishi kerak. Namunaning hajmi va massasi ma’lum bo’lgach, berilgan folmula yordamida uning o’rtacha zichligi hisoblab topiladi. Olingan natijalar 1-formulaga qo’yib linoleumning o’rtacha zichligi topiladi.



Hisoblash formulasi:


bu yerda: a – linoleumning uzunligi, sm;
b – linoleumning eni, sm;
h – linoleumning qalinligi, sm;
V – linoleumning hajmi, sm3 ;
m – linoleumning massasi, g.

Download 71.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling