Qurilish fakulteti
Pythonning o'ziga xosligi
Download 89.87 Kb.
|
Qurilish fakulteti (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ornatish Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan bolsangiz kop xollarda sizning tizimingizda python
- Python
Pythonning o'ziga xosligi
Oddiy, o'rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta'minot. O'z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni xisobga olishingizga xojat qolmaydi. Ko'plab platformalarda hech qanday o'zgartirishlarsiz ishlay oladi. Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til. Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar siz dasturingizni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodingiz orqali ishga tushirsangiz(chaqirsangiz) bo'ladi. Juda xam ko'p hilma-hil kutubxonalarga ega. O'rnatish Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan bo'lsangiz ko'p xollarda sizning tizimingizda python o'rnatilgan bo'ladi. Buni tekshirib ko'rish uchun terminalingizdan quyidagi buyruqni ishga tushirib ko'ring. python -V Agar sizda Python 3.4.3 yozuvi yoki shunga o'xshash yozuv xosil bo'lsa unda xammasi joyida. Windows operatsiyalar tizimiga o'rnatish uchun www.python.org/downloads web saxifasiga o'tamiz va u yerdan oxirgi python versiyasini yuklab olamiz. Pythonni o'rnatish odatiy dasturlar ni o'rnatish kabi kechadi. Xech qanday qiyin joyi yo'q. Keyingi bosqichda python interpretatorini buyruqlar qatoridan(командной строки) ishga tushira olishimiz uchun biz python o'rnatilgan joy manzilini PATH deb nomlanuvchi o'zgaruvchiga qo'shib qo'yishimiz kerak bo'ladi. O'zgaruvchilar yaratish!. Assalomu alaykum Python dasturlash tilida jumladan boshqa dasturlash tillarida ham o'zgaruvchilar katta ahamiyatga ega hisoblanadi! Python dasturlash tilida boshqa dasturlash tillaridan farqli ularoq tip e'lon qilmaydi, ha aytgancha PHP da ham o'zgaruvchilar e'lon qilinmaydi! O'zgaruvchi - Xotiraning nomlangan qismi bo’lib, o’zida ma’lum bir toifadagi qiymatlarni saqlaydi. O’zgaruvchining nomi va qiymatlari bo’ladi. O’zgaruvchining nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi. Programma ishlashi jarayonida o’zgaruvchining qiymatini o’zgartirish mumkin. Har qanday o’zgaruvchini ishlatishdan oldin, uni e’lon qilish lozim. Python dasturlash tilida o'zgaruvchini tipi e'lon qilinmaydi! Dastur kodini yozish jarayonida tipni o'zingiz hohlagan turga o'tkazishingiz mumkin. Buni esa keyingi darslarda ko'rib chiqamiz! Hozir siz bilan dasturlash tilini o'rganish jarayonida qiyinchilikka o'chramasligingiz uchun oddiysidan boshlaymiz! O'zgaruvchilarni biron bir aniq turi bilan e'lon qilish shart emas va ular o'rnatilgandan keyin ham turini o'zgartirishi mumkin. Download 89.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling