Qurilish firmalarini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy qarorlar


Bozor iqtisodiyotining marketing konsepsiyasi


Download 29.52 Kb.
bet2/5
Sana20.12.2022
Hajmi29.52 Kb.
#1037265
1   2   3   4   5
Bog'liq
QURILISH FIRMALARINI REJALASHTIRISH

Bozor iqtisodiyotining marketing konsepsiyasi. Marketing (market
bozor) – sotib oluvchi yoki iste’molchi talablariga muvofiq tovar va
xizmatlarning ishlab chiqarilishiga yo‘naltirilgan bozor konseptsiyasi
hisoblanadi. Marketing faoliyati iste’molchilarning talablarini sinchiklab
o‘rganib chiqish, ishlab chiqarilishi belgilangan tovarlarga qo‘yiladigan
talablarning ishlab chiqilishi va sotishga turtki berish maqsadida axborotlar
41
berilishi va boshqa majmuaviy ko‘rinishdagi chora – tadbirlar (reklama, kredit)
o‘tkazishdan tashkil topadi.
Qurilish tashkilotining (QT) marketing xizmati o‘zining ish faoliyati
jarayonida quyidagilarni amalga oshiradi:
– umumiy holdagi qurilish bozorini o‘rganib chiqadi, potensial
buyurtmachilar guruhlari va boshqa iste’molchilarni o‘rganadi;
– potensial buyurtmachilar bilan aloqalarni aniqlaydi va ularni o‘rnatadi;
– ishlab chiqarish ishlari uchun zarur hisoblangan moddiy resurslarni
yetkazib beruvchilarga aniqlik kiritadi;
– reklama qilish yo‘li bilan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotga (uy,
xonadonlar, bino va sanoat miqyosida foydalanish yoki boshqa maqsadlarga
mo‘ljallangan inshootlar) mavjud talabga turtki beradi.
Reklama faoliyatini amalga oshirish – bu marketing xizmatining nisbatan
murakkab tavsifli vazifalaridan biri bo‘lib, bu turdagi faoliyat ommaviy axborot
vositalari (OAV) (nashrlar, televidenie, radio, shahar hududida joriy qilingan
reklama xizmati), shuningdek turli professional tavsifga ega bo‘lgan va
ommaviy chora – tadbirlar (ko‘rgazma va namoyish qilishlar, simpoziumlar,
anjumanlar va boshqalar) o‘tkazish imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalanib,
iste’molchilar talabini shakllantirish va uning darajasini oshirishga yo‘naltiriladi.
Reklama qurilish firmasining nufuzi yuqoriligiga va u taklif qilayotgan tayyor
mahsulot, ya’ni qurib bitkazilgan, qurilayotgan yoki qurilishi taklif qilinayotgan
xonadonlar, uylar, fuqarolik va sanoat bino va inshootlari munosibligiga
iste’molchi ishonch hosil qilish, qanday xulosa chiqarish talab qilinadi.
Axborot berish imkoniyatlaridan tashqari, talab darajasini oshirish uchun
turli boshqa qurollardan ham foydalanib, masalan, qurilish boshlangunga qadar
turar-joylar uchun boshlang‘ich to‘lov qiymatini kamaytirish kabilardan
foydalanish mumkin. Bu ko‘rinishdagi tarkibga qaytarish muddatlari
uzaytirilgan kreditlar berilishini tashkil qilish, to‘lovlar amalga oshirilish
muddatlarini uzaytirish, sotuv narxlariga chegirmalar belgilash, ma’lum vaqt
42
davomida foizsiz kreditlar berish yoki katta bo‘lmagan foiz evaziga beriladigan
kreditlarni kiritish mumkin. Shuningdek, turar joy sotish sohasida talab
darajasini oshirishning boshqa usullari–bo‘lajak mulk egasi talabi bo‘yicha
pardozlash va jihozlash amalga oshirilishi, sotilgandan keyin ko‘rsatiladigan
xizmatlar, turar joy majmuasining foydalanish davri davomida kafolatlanishi va
shu kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Marketing ishlarining bir qismi sifatida nazorat va tahlilni amalga
oshirish, jumladan sotuv ishlarini va to‘xtalishlarni hisobga olish, ularni
qiyoslash, xulosalar chiqarish va kelgusida mo‘ljallangan ishlar uchun
ko‘rsatmalar ishlab chiqish kabilar belgilanadi.

Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling