Qurilish firmalarini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy qarorlar


Qurilishning pudratchilik va xo‘jalik uslublari Qurilish uslublari


Download 29.52 Kb.
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi29.52 Kb.
#1037265
1   2   3   4   5
Bog'liq
QURILISH FIRMALARINI REJALASHTIRISH

2.2. Qurilishning pudratchilik va xo‘jalik uslublari
Qurilish uslublari
ular xo‘jalik tavsifida bo‘lishi, ya’ni ishlar joriy va
qurilishni amalga oshiradigan korxona yoki tashkilotlarning kuchlari va
vositalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin; shuningdek, pudrat asosida
bo‘lishi, ya’ni bu holda ishlar doimiy faoliyat yuritadigan qurilish tashkilotlari
bilan buyurtmachi o‘rtasidagi pudrat shartnomasi asosida amalga oshiriladi;
bundan tashkari, aralash tavsifda bajarilishi ham mumkin bo‘lib, bunda
ishlarning bir qismi pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma asosida, yana bir
qismi esa – qurilish tashkilotining o‘z kuchlari hisobiga bajarilishi belgilanadi.
Xo‘jalik uslubi qator kamchiliklarga ega. Bu uslubdan foydalanib
qurilishni amalga oshirish uchun qurilish jamoasini yangidan tashkil qilish va
xususiy ishlab chiqarish bazasini vujudga keltirish talab qilinadi. Ishlar
tugallanganidan keyin – ishchi jamoa tarqatiladi va baza tugatiladi. Korxona
hisoblanmasligi asosida, xo‘jalik uslubida qurilishni amalga oshirishning asosiy
faoliyatini ro‘yobga oshirishda ishlar texnologiyalari va ularni tashkil qilishning
takomillashtirilishi amalga oshirilmaydi. Xo‘jalik uslubidan foydalanish
43
davomida malakasiz va sinalmagan ishchi kuchlaridan keng ko‘lamda
foydalanib, shuningdek bunda qo‘l kuchi yordamida bajariladigan ishlarning
umumiy ulushi kuzatiladi va buning natijasida barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlar
tushishi qayd etiladi. Bu uslubdan foydalanish asosida davlat miqyosidagi va
kooperativ korxonalar va tashkilotlarda kapital qurilish ishlari bo‘linmalari
(boshqarmalari) (Kapital qurilish bo‘linmasi – KQB, Kapital qurilish
boshqarmasi – KQB) ish olib boradi, shuningdek bunda nisbatan kichik kenja
bo‘linmalar – ya’ni, qurilish uchastkalari va brigadalardan foydalaniladi. Bir
qator katta korxonalarda mustaqil qurilish – montaj tashkilotlari (QMT)
mavjudligi qayd qilinadi. Masalan, mustaqillik yillarida temir yo‘l sohasida
avval tarqatilgan va keyinchalik yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan xo‘jalik
uslubida bir qator yangi qurilishlar amalga oshirilgan, ehtiyoj tufayli,
keyinchalik qurilish tresti qaytadan tuzilgan. Bu holda ishlarni amalga oshirish
va olingan natijalar pudrat uslubiga yaqinlashtiriladi, chunki buyurtmalar
uzluksiz kelib turishi trestda muqim ishlaydigan kadrlar va moddiy-texnika
bazasini tuzish va idora qilish imkoniyati paydo bo‘lgan.
Xo‘jalik uslubida ishlarni amalga oshirishning ijobiy sifatlariga
foydalanishdagi sanoat miqyosidagi korxonalarda joriy ta’mirlash–qurilish
ishlarini bajarish talab qilingan vaziyatida (joriy va foydalanishdagi ta’mirlash,
qurilmalarning almashtirilishi, qisman qayta konstruksiyalash va boshqalar)
zarur hisoblangan boshqaruv jarayonida katta qiymatli tezkorlik xosligini aytish
mumkin. Shuningdek, xo‘jalik uslubidan foydalanish ishlab chiqarish jadalligi
mavsumiy tebranishlar bilan tavsiflanuvchi, masalan qishloq xo‘jaligiga oid,
murakkab bo‘lmagan ob’yektlarda jihozlash ishlarini bajarishda samarali uslub
hisoblanadi.

Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling