Qurilish firmalarini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy qarorlar


Download 29.52 Kb.
bet4/5
Sana20.12.2022
Hajmi29.52 Kb.
#1037265
1   2   3   4   5
Bog'liq
QURILISH FIRMALARINI REJALASHTIRISH

Pudrat asosidagi uslub xo‘jalik uslubiga nisbatan qurilishda qator
afzalliklarga ega. Doimiy faoliyat olib boruvchi qurilish tashkilotlari o‘z
tarkibida barqaror malakali jamoalarga ega bo‘lib ish yuritib, bunda quvvat
vujudga keltirishi va zamonaviy moddiy–texnik baza shakllantirishi, shuningdek
44
ishlab chiqarish texnologiyalarining takomillashtirilishi, ishlar sifatining
yaxshilanishi, qurilish muddatlarining qisqarishi va uning tannarxi kamayishi
kabi ijobiy hollar kuzatiladi. Nisbatan taraqqiy etgan sifatida pudrat uslubi
hozirgi davrda ustuvor uslub hisoblanadi va qurilish ishlarining 90%dan ortiq
qismini qamrab oladi. Bunda ushbu uslubda ishlar buyurtmachi va pudratchi
o‘rtasida tuziladigan pudrat shartnomasi asosida qurilish tashkilotlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Pudrat shartnomasi (bitim) qurilishda pudrat shartnomasiga, loyihalashga
va tadqiqotchilik ishlarini bajarishga oid qoidalar va fuqarolik qonunchiligi
tartibi asosida amalga oshiriladi. Kapital qurilishda shartnoma bo‘yicha
pudratchi tashkilot o‘z kuchlari va vositalaridan foydalangan holda, loyihada
nazarda tutilgan ob’yekt tasdiqlangan loyiha–smetasi hujjatlarida belgilangan
shartlarga muvofiq va belgilangan muddatda qurib bitirish va buyurtmachiga
topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa – pudratchi qurilish maydonida
ishlar olib borishiga ruxsat olib berishi, unga tasdiqlangan loyiha–smeta
hujjatlarini topshirishi, qurilishni o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash,
tugallangan qurilish ob’yektlarini qabul qilish va ularga to‘lovlarni to‘lashni
amalga oshirish majburiyatiga ega hisoblanadi.
O‘z navbatida, buyurtmachi bosh pudratchi sifatida tan olingan, bitta
umumiy qurilish tashkiloti bilan shartnoma imzolaydi. Ayrim hollarda
buyurtmachi bevosita montaj ishlarini bajaradigan yoki boshqa turdagi ishlarni
amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan ham shartnomlarni
imzolashi mumkin. Bu ko‘rinishdagi shartnomalar bevosita shartnomalar deb
nomlanib, odatda, bosh pudratchi bilan kelishgan tartibda, qurilmalarni o‘z
joyiga o‘rnatish, maxsus ishlarning alohida turlarini, shuningdek qurilishning
aralash uslubida bajaradigan ishlarni o‘z ichiga oladi.
Bosh pudratchi montaj ishlari va maxsus ishlarni bajarish uchun boshqa
ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni subpudrat maqomida ishga jalb qiladi, ularning
har biri bilan shartnoma imzolaydi.
45
Investitsiya loyihalari bo‘yicha shartnomalar ularning matni xalqaro
birlamchi shakl (proformalar) asosida tuziladi va imzolanadi. Misol sifatida
Jahon banki buyurtmasi bilan FIDIC (Federation International des IngenieurConsultants) (Muhandis-Konsultantlarning Xalqaro Federatsiyasi – MKXF)
ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Bunda pudrat uslubida amalga oshiriladigan
loyihalarda uchraydigan ko‘plab kelishmovchilik va tafovutlar yagona qoidalar
asosida bartaraf etiladi. Hozirgi vaqtga kelib, FIDIKning to‘qqizta kitob
(proforma)lari mavjud. Ular har turdagi shartnomalar (qurilish montaj ishlari,
qurilmalarni yetkazib berish, kichik hajmdagi maxsus ishlar, “kaliti bilan”
loyihalar) uchun tuzilgan.

Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling