Qurilish firmalarini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy qarorlar
Bozor iqtisodiyotining marketing konsepsiyasi
Download 29.52 Kb.
|
QURILISH FIRMALARINI REJALASHTIRISH
Bozor iqtisodiyotining marketing konsepsiyasi. Marketing (market –
bozor) – sotib oluvchi yoki iste’molchi talablariga muvofiq tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishiga yo‘naltirilgan bozor konseptsiyasi hisoblanadi. Marketing faoliyati iste’molchilarning talablarini sinchiklab o‘rganib chiqish, ishlab chiqarilishi belgilangan tovarlarga qo‘yiladigan talablarning ishlab chiqilishi va sotishga turtki berish maqsadida axborotlar 41 berilishi va boshqa majmuaviy ko‘rinishdagi chora – tadbirlar (reklama, kredit) o‘tkazishdan tashkil topadi. Qurilish tashkilotining (QT) marketing xizmati o‘zining ish faoliyati jarayonida quyidagilarni amalga oshiradi: – umumiy holdagi qurilish bozorini o‘rganib chiqadi, potensial buyurtmachilar guruhlari va boshqa iste’molchilarni o‘rganadi; – potensial buyurtmachilar bilan aloqalarni aniqlaydi va ularni o‘rnatadi; – ishlab chiqarish ishlari uchun zarur hisoblangan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilarga aniqlik kiritadi; – reklama qilish yo‘li bilan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotga (uy, xonadonlar, bino va sanoat miqyosida foydalanish yoki boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan inshootlar) mavjud talabga turtki beradi. Reklama faoliyatini amalga oshirish – bu marketing xizmatining nisbatan murakkab tavsifli vazifalaridan biri bo‘lib, bu turdagi faoliyat ommaviy axborot vositalari (OAV) (nashrlar, televidenie, radio, shahar hududida joriy qilingan reklama xizmati), shuningdek turli professional tavsifga ega bo‘lgan va ommaviy chora – tadbirlar (ko‘rgazma va namoyish qilishlar, simpoziumlar, anjumanlar va boshqalar) o‘tkazish imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalanib, iste’molchilar talabini shakllantirish va uning darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. Reklama qurilish firmasining nufuzi yuqoriligiga va u taklif qilayotgan tayyor mahsulot, ya’ni qurib bitkazilgan, qurilayotgan yoki qurilishi taklif qilinayotgan xonadonlar, uylar, fuqarolik va sanoat bino va inshootlari munosibligiga iste’molchi ishonch hosil qilish, qanday xulosa chiqarish talab qilinadi. Axborot berish imkoniyatlaridan tashqari, talab darajasini oshirish uchun turli boshqa qurollardan ham foydalanib, masalan, qurilish boshlangunga qadar turar-joylar uchun boshlang‘ich to‘lov qiymatini kamaytirish kabilardan foydalanish mumkin. Bu ko‘rinishdagi tarkibga qaytarish muddatlari uzaytirilgan kreditlar berilishini tashkil qilish, to‘lovlar amalga oshirilish muddatlarini uzaytirish, sotuv narxlariga chegirmalar belgilash, ma’lum vaqt 42 davomida foizsiz kreditlar berish yoki katta bo‘lmagan foiz evaziga beriladigan kreditlarni kiritish mumkin. Shuningdek, turar joy sotish sohasida talab darajasini oshirishning boshqa usullari–bo‘lajak mulk egasi talabi bo‘yicha pardozlash va jihozlash amalga oshirilishi, sotilgandan keyin ko‘rsatiladigan xizmatlar, turar joy majmuasining foydalanish davri davomida kafolatlanishi va shu kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Marketing ishlarining bir qismi sifatida nazorat va tahlilni amalga oshirish, jumladan sotuv ishlarini va to‘xtalishlarni hisobga olish, ularni qiyoslash, xulosalar chiqarish va kelgusida mo‘ljallangan ishlar uchun ko‘rsatmalar ishlab chiqish kabilar belgilanadi. Download 29.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling