Qurilish firmalarini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy qarorlar
Qurilishning pudratchilik va xo‘jalik uslublari Qurilish uslublari
Download 29.52 Kb.
|
QURILISH FIRMALARINI REJALASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jalik uslubi
2.2. Qurilishning pudratchilik va xo‘jalik uslublari
Qurilish uslublari – ular xo‘jalik tavsifida bo‘lishi, ya’ni ishlar joriy va qurilishni amalga oshiradigan korxona yoki tashkilotlarning kuchlari va vositalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin; shuningdek, pudrat asosida bo‘lishi, ya’ni bu holda ishlar doimiy faoliyat yuritadigan qurilish tashkilotlari bilan buyurtmachi o‘rtasidagi pudrat shartnomasi asosida amalga oshiriladi; bundan tashkari, aralash tavsifda bajarilishi ham mumkin bo‘lib, bunda ishlarning bir qismi pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma asosida, yana bir qismi esa – qurilish tashkilotining o‘z kuchlari hisobiga bajarilishi belgilanadi. Xo‘jalik uslubi qator kamchiliklarga ega. Bu uslubdan foydalanib qurilishni amalga oshirish uchun qurilish jamoasini yangidan tashkil qilish va xususiy ishlab chiqarish bazasini vujudga keltirish talab qilinadi. Ishlar tugallanganidan keyin – ishchi jamoa tarqatiladi va baza tugatiladi. Korxona hisoblanmasligi asosida, xo‘jalik uslubida qurilishni amalga oshirishning asosiy faoliyatini ro‘yobga oshirishda ishlar texnologiyalari va ularni tashkil qilishning takomillashtirilishi amalga oshirilmaydi. Xo‘jalik uslubidan foydalanish 43 davomida malakasiz va sinalmagan ishchi kuchlaridan keng ko‘lamda foydalanib, shuningdek bunda qo‘l kuchi yordamida bajariladigan ishlarning umumiy ulushi kuzatiladi va buning natijasida barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlar tushishi qayd etiladi. Bu uslubdan foydalanish asosida davlat miqyosidagi va kooperativ korxonalar va tashkilotlarda kapital qurilish ishlari bo‘linmalari (boshqarmalari) (Kapital qurilish bo‘linmasi – KQB, Kapital qurilish boshqarmasi – KQB) ish olib boradi, shuningdek bunda nisbatan kichik kenja bo‘linmalar – ya’ni, qurilish uchastkalari va brigadalardan foydalaniladi. Bir qator katta korxonalarda mustaqil qurilish – montaj tashkilotlari (QMT) mavjudligi qayd qilinadi. Masalan, mustaqillik yillarida temir yo‘l sohasida avval tarqatilgan va keyinchalik yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan xo‘jalik uslubida bir qator yangi qurilishlar amalga oshirilgan, ehtiyoj tufayli, keyinchalik qurilish tresti qaytadan tuzilgan. Bu holda ishlarni amalga oshirish va olingan natijalar pudrat uslubiga yaqinlashtiriladi, chunki buyurtmalar uzluksiz kelib turishi trestda muqim ishlaydigan kadrlar va moddiy-texnika bazasini tuzish va idora qilish imkoniyati paydo bo‘lgan. Xo‘jalik uslubida ishlarni amalga oshirishning ijobiy sifatlariga foydalanishdagi sanoat miqyosidagi korxonalarda joriy ta’mirlash–qurilish ishlarini bajarish talab qilingan vaziyatida (joriy va foydalanishdagi ta’mirlash, qurilmalarning almashtirilishi, qisman qayta konstruksiyalash va boshqalar) zarur hisoblangan boshqaruv jarayonida katta qiymatli tezkorlik xosligini aytish mumkin. Shuningdek, xo‘jalik uslubidan foydalanish ishlab chiqarish jadalligi mavsumiy tebranishlar bilan tavsiflanuvchi, masalan qishloq xo‘jaligiga oid, murakkab bo‘lmagan ob’yektlarda jihozlash ishlarini bajarishda samarali uslub hisoblanadi. Download 29.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling