Qurilish firmalarini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy qarorlar
Download 29.52 Kb.
|
QURILISH FIRMALARINI REJALASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pudrat shartnomasi (bitim)
Pudrat asosidagi uslub xo‘jalik uslubiga nisbatan qurilishda qator
afzalliklarga ega. Doimiy faoliyat olib boruvchi qurilish tashkilotlari o‘z tarkibida barqaror malakali jamoalarga ega bo‘lib ish yuritib, bunda quvvat vujudga keltirishi va zamonaviy moddiy–texnik baza shakllantirishi, shuningdek 44 ishlab chiqarish texnologiyalarining takomillashtirilishi, ishlar sifatining yaxshilanishi, qurilish muddatlarining qisqarishi va uning tannarxi kamayishi kabi ijobiy hollar kuzatiladi. Nisbatan taraqqiy etgan sifatida pudrat uslubi hozirgi davrda ustuvor uslub hisoblanadi va qurilish ishlarining 90%dan ortiq qismini qamrab oladi. Bunda ushbu uslubda ishlar buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida tuziladigan pudrat shartnomasi asosida qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Pudrat shartnomasi (bitim) qurilishda pudrat shartnomasiga, loyihalashga va tadqiqotchilik ishlarini bajarishga oid qoidalar va fuqarolik qonunchiligi tartibi asosida amalga oshiriladi. Kapital qurilishda shartnoma bo‘yicha pudratchi tashkilot o‘z kuchlari va vositalaridan foydalangan holda, loyihada nazarda tutilgan ob’yekt tasdiqlangan loyiha–smetasi hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq va belgilangan muddatda qurib bitirish va buyurtmachiga topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa – pudratchi qurilish maydonida ishlar olib borishiga ruxsat olib berishi, unga tasdiqlangan loyiha–smeta hujjatlarini topshirishi, qurilishni o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash, tugallangan qurilish ob’yektlarini qabul qilish va ularga to‘lovlarni to‘lashni amalga oshirish majburiyatiga ega hisoblanadi. O‘z navbatida, buyurtmachi bosh pudratchi sifatida tan olingan, bitta umumiy qurilish tashkiloti bilan shartnoma imzolaydi. Ayrim hollarda buyurtmachi bevosita montaj ishlarini bajaradigan yoki boshqa turdagi ishlarni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan ham shartnomlarni imzolashi mumkin. Bu ko‘rinishdagi shartnomalar bevosita shartnomalar deb nomlanib, odatda, bosh pudratchi bilan kelishgan tartibda, qurilmalarni o‘z joyiga o‘rnatish, maxsus ishlarning alohida turlarini, shuningdek qurilishning aralash uslubida bajaradigan ishlarni o‘z ichiga oladi. Bosh pudratchi montaj ishlari va maxsus ishlarni bajarish uchun boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni subpudrat maqomida ishga jalb qiladi, ularning har biri bilan shartnoma imzolaydi. 45 Investitsiya loyihalari bo‘yicha shartnomalar ularning matni xalqaro birlamchi shakl (proformalar) asosida tuziladi va imzolanadi. Misol sifatida Jahon banki buyurtmasi bilan FIDIC (Federation International des IngenieurConsultants) (Muhandis-Konsultantlarning Xalqaro Federatsiyasi – MKXF) ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Bunda pudrat uslubida amalga oshiriladigan loyihalarda uchraydigan ko‘plab kelishmovchilik va tafovutlar yagona qoidalar asosida bartaraf etiladi. Hozirgi vaqtga kelib, FIDIKning to‘qqizta kitob (proforma)lari mavjud. Ular har turdagi shartnomalar (qurilish montaj ishlari, qurilmalarni yetkazib berish, kichik hajmdagi maxsus ishlar, “kaliti bilan” loyihalar) uchun tuzilgan. Download 29.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling