Qurilish iqtisodiyoti


Download 481.1 Kb.
bet4/8
Sana30.04.2023
Hajmi481.1 Kb.
#1416639
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
«servis» fakulteti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi “Qurilis (Автосохраненный)

birinchidan, resurslarni capital qo'yilmalarga aylantirish, ya'ni resurslarni investitsion faoliyat natijasi hisoblangan obyektlarga o'tkazish;
ikkinchidan, kapital qo'yilmalar uchun sarflangan mablag'lar pirovard natijada investitsiyalar miqdorini oshirish va yangi iste'mol qiymatini yaratish; uchinchidan, ijtimoiy samara yaratish, ya'ni investitsiya faoliyatining pirovard maqsadini amalga oshirish kiradi.


1.3 O‘zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning rivojlanishi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda ―Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shartsharoitlarni ta‘minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida 2003 yil 2-mayda 205-son to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori qabul qilinganligini aytib o‘tish joizdir. О‘zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O‘zbekiston sanoatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi. Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko‘lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog‘liq. O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan 20 bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo‘lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan referensiyalar taqdim etish to‘g‘risidagi qoidalar va boshqalarni o‘zida mujassam etgan.
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ziyod korxona tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda, 2016 yil tog’-kon sanoatining ulushi jami xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha 31,1 foizini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda 56,8 foizini tashkil etdi. Ammo ishlab chiqarish sanoati esa kapayish tendensiyasiga ega bo’lib, 2016 yilda 27,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda 14,8 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan hukumatning sa’y-harakatlariga qaramasdan qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi tarmoq ehtiyojiga nisbatan past darajada saqlanib turibdi. 2017 yilda asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarni xorijiy investorlar bo’yicha tarkibi Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakat investitsiyalari ishtirokida tabiiy gaz qazib chiqarishda – 9016,3 mlrd. so’m, axborot va aloqa – 467,4 mlrd. so’m, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishda – 10,5 mlrd. so’m, metallurgiya sanoatida – 10,4 mlrd. so’m va boshqa 21 ko’plab faoliyat turlari bo’yicha investitsiyalar o’zlashtirildi.
Xitoy Xalq Respublikasi investitsiyalari ishtirokida rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishda – 458,8 mlrd. so’m, tabiiy gaz chiqarish – 451,5 mlrd. so’m, aloqa – 544,0 mlrd. so’m, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 149,7 mlrd. so’m va boshqa o’nlab faoliyat turlari bo’yicha o’zlashtirildi. Yaponiya davlati investitsiyalari hisobidan o’zlashtirilgan investitsiyalar loyihalari quyidagilardan iborat: quruqlikdagi va quvur transportida – 445,3 mlrd. so’m, elektr, gaz, va bug’ bilan ta’minlash, havoni konditsiyalashda – 387,9 mlrd. so’m, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda – 209,5 mlrd. so’m hamda aloqa faoliyat turida – 90,0 mlrd. so’m. Investitsiyalarning 2018 – 2019 yillar yanvar –mart oraliqdagi ummumiy xajmga nisbatan foiz xisobida. 2018 yil turar joy qurilish 33.6%, qayta ishlash sanoatiga 26.5%, elektr gaz bilan ta’minlash 3.4%, chakana savdoga 5.6%, qishloq xo’jaligi 11.3, tashish va saqlash 5.3%, tog’ kon sanoati 5.3%, qurilish 1.7%, texnik faoliyat 0.3%, xizmatlar ko’rsatish 0.2%, sog’liqni saqlash 1.5%, boshqa faoliyat turlari 5.3% ni tashkil qilgan bo’sa, 2019 – yilga kelib bu ko’rsatkich turar joy qurlishiga 13.4%, qayta ishlash sanoatiga 36.6%, elektr gaz bilan ta’minlash 3.3%, chakana savdoga 2.9%, qishloq xo’jaligi 15.5%, tashish va saqlash 4.9%, tog’ kon sanoati 0.3%, qurilish 1.6%, texnik faoliyat 0.4%, xizmatlar ko’rsatish 0.5%, sog’liqni saqlash 4.2%, boshqa faoliyat turlari 16.4% tashkil qilib kelmoqda. Uzoq yillar mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha olingan natijalarga qaraganda, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy o’sishga hissa qo’shishi va bu mezbon mamlakatning avtoritar rejim sifatida tavsiflangan O’zbekistonga qaramasdan, demokratik rejimga ega bo’lishi muhimdir.
Markaziy Osiyoning ko’pgina mamlakatlari qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarish sohasida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirishdi, O’zbekiston esa tog’-kon, qishloq xo’jaligi, energetika, xizmat ko’rsatish, to’qimachilik va sayyohlik sohalarida ko’plab to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirdi. Shunga qaramay, har ikki holatda ham tabiiy resurslar ko’pligi sababli mamlakatlar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdi.
Nihoyat, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qonun ustuvorligini ta’minlash muhimdir, biroq O’zbekistonga nisbatan amalga oshirilgan huquqiy islohotlar ko’proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yetarli emas edi, biroq O’zbekiston hukumati mintaqaning boshqa mamlakatlariga nisbatan muvaffaqiyatli atrof-muhit siyosatini qo’lladi. 2018 yilga kelib ham mamlakatimizda investitsiyaga doir qator ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi.
2018 yil 21 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o’zlashtirish natijalari tahliliga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda.
Xususan, 2018- yilning besh oyida 776 ta yangi qo’shma va xorijiy korxona ro’yxatdan o’tkazildi. Bu o’tgan yilning mos davriga nisbatan 496 taga ko’pdir. Yig’ilishda Prezidentimiz investitsiyalarni, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va 23 samarali o’zlashtirishni ta’minlash – barcha darajadagi rahbarlarning eng muhim vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. Xorijiy davlatlarga tashriflar va muzokaralar natijasida qiymati 17 milliard dollar bo’lgan 182 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish to’g’risida birlamchi kelishuvga erishilgan. Ushbu investitsiyalarni o’zlashtirish biznes-reja va texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash bilan bog’liq. Shu bois bu boradagi ishlarni jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni istiqbolli loyihalarga yo’naltirish va yuqori samaradorlikka erishish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Keng imkoniyatlari bo’lishiga qaramay, Buxoro viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 10 ta loyiha, Navoiyda 9 ta, Qashqadaryoda atigi 1 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Qashqadaryoda 13 tumanda, Farg’onada 11, Surxondaryoda 10, Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 8 tadan, Xorazm, Navoiy viloyatlarida 7 tadan, Qoraqalpog’iston va Samarqandda 6 tadan, Andijon va Sirdaryoda 5 tadan, Namangan viloyatida 4 ta tumanda xorijiy investitsiya ishtirokida birorta ham loyiha rejalashtirilmagani tanqid ostiga olindi. O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi. Asosiy kapitalga bo’lgan investisiyalar o’sish su’ratlari. 2017, 2018, 2019 yillarda investitisiya kirimi oshib boryotganini ko’rishimiz mumkin 2017 yilda 107.1%, 2018yilda 118.1%, 2019 yilda 133.9% ni tashkil qilayotganini ko’rishimiz mumkin. Sohaning muhim me’yoriy hujjatlari: Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Xorijiy investorlаr vа xorijiy investitsiyalаr ishtirokidаgi korxonаlаr tomonidаn o`z ishlаb chiqаrish ehtiyojlаri uchun olib kelinаyotgаn mol-mulkni аniqlаsh tаrtibi to`g`risidа markazlashgan va markazlashmaga investitsiyalar 2018 yil markazlashmagan investitsiylar 97.6% markazlashgan 13.2% tashkil qilgan. 2019ga kelib bu ko’rsatkich markazlashmagan 86.8% foizga tushib markazlashgan 13.2 % ga ko’tarilganini ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda salohiyatli xorijiy investorlar investitsiya kiritishning quyidagi turli shakllarini
- 100 % xorijiy kapital asosida korxona tashkil etish;
- Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiya paketlarini bir qismi yoki yarmini sotib olish.
- Hamkorlikda qo’shma korxona tashkil etish;
-Xorijiy investitsiya asosida tashkil etiladigan korxonalarga quyidagi shartlar qo‘yiladi:
- Ustav fondida eng kamida 150 ming AQSh dollariga teng mablag‘ning bo‘lishi;
- Korxona tashkilotchilaridan biri xorijiy yuridik shaxs bo‘lishi lozim;
- Korxona ustav fondidagi mablag‘ning eng kamida 30 %i xorijiy investitsiya ulushi bo‘lishi lozim.



Download 481.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling