Qurilish iqtisodiyoti


II- Bob Xorijiy investitsiya va uning korxona faoliyati, samaradorligi va rekontruksiyasiga ta’siri


Download 481.1 Kb.
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi481.1 Kb.
#1416639
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
«servis» fakulteti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi “Qurilis (Автосохраненный)

II- Bob Xorijiy investitsiya va uning korxona faoliyati, samaradorligi va rekontruksiyasiga ta’siri


2.1 Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini samaradorliga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini samaradorliga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30- martdagi 252-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi PQ-5343-son Farmoni)”gi qaroriga asosan tuzilgan. Investitsiya kiritish uchun kerak bo’lgan qadamlar. “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shartsharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xorijiy investorlarning va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqiy himoya qilinishini ta’minlash vazifasi yuklansin. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xorijiy investorlarning va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlashga doir qarorlari vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari uchun majburiy hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda) 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasida Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa – tegishli bo‘limlar tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi va tegishli bo‘limlarning joriy ta’minotini moliyalashtirishni nazarda tutsin. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda) 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: 28 ikki hafta muddatda Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasining tuzilmasini va Boshqarma to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga nisbatan amaldagi imtiyozlar va kafolatlar ro‘yxatini, ularni qo‘llash bo‘yicha sharhlar bilan birgalikda, ikki oy muddatda tayyorlasin; Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy investorlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan to‘plamini Internet tarmog‘iga joylashtirish uchun xorijiy tillarda uch oy muddatda tayyorlasin.
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mintaqaviy bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar jalb etilishiga ko‘maklashsin.
Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining doimiy monitoringini olib borsinlar hamda xorijiy investorlardan tushayotgan murojaatlar va takliflarni batafsil o‘rganib chiqsinlar va to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijiy investorlarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishni yanada yaxshilash yuzasidan aniq takliflar bilan birgalikda tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasiga yilning har choragida taqdim etsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritlib tasdiqlansin. Hozirda O’zbekitonga erkin iqsodiy zonalariga kiritilyotgan xorijiy investitsiyalarning hududiy bo’limlar bo’yicha ko’rsatkichlari O’zbekiston hududlaridai investitsiya kirtilib rivojlanyotgan viloyatlar kesimida taqsimot . Xorazm, Navoiy ,Buxoro, Jizzax, Toshkent ,Farg’ona viloyatlaridda yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarisg asoslangan invvestitsiyalr yo’naltirilgan bundan tashqari Qoraqalpog’iston Samaqrqand Sirdaryo , Surxandaryo Namangan viloyatlariga farmasevtika mahsulotlarni ishlab chiqarish orxonasi yo’lga qo’yilib bu O’zbekitoning texnoparklar sonini 9taga erkin iqsodiy zonalarini 14 taga kichik sanoat zonalarini 65taga yetirib Respublika rivojlanishiga sabab bo’lgan. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
О’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O’zbekiston sanoatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi. Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko’lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog’liq.
O’zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo’lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan preferensiyalar taqdim etish to’g’risidagi qoidalar va boshqalarni o’zida mujassam etgan.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari shaklida qabul qilinayotgan qator 2019 – 2020 yilarda xoirjiy mamlakatlarda kirib kelgan investitsiyalar .
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bolib xizmat qilmoqda. Jumladan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to’g’ridanto’g’ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish. ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida 2012-yilning 10-aprelida Prezidentimiz Islom Karimovning “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi.Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4 mingdan ziyod korxona tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.
2018-yilda Investitsiya dasturi doirasida moliyalashning barcha manbalari hisobidan umumiy qiymati qariyb 2 milliard 700 million dollardan iborat bo‘lgan 150 ta ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihani amalga oshirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Bular qatorida Toshkent issiqlik elektr markazida kogeneratsion gaz turbinali texnologiyani joriy etish; Janubiy O‘rtabuloq – Muborak gazni qayta ishlash zavodi gaz quvurini va kompressor stansiyasini barpo etish orqali Somontepa va Janubiy O‘rtabuloq konlarini to‘liq jihozlash; «Angren» konini modernizatsiya qilish orqali Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasining 1-5-energiya bloklarini yil davomida ko‘mir bilan ishlashga o‘tkazish; «Angren» maxsus industrial zonasi hududida «Ohangaron» podstansiyasini rekonstruksiya qilish, «Bekobod sement» ochiq aksiyadorlik jamiyatida yangi liniya qurish hisobidan faoliyat ko‘rsatayotgan sement ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish, “Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba korxonasida metall quyishni rekonstruksiya qilish va boshqa yirik loyihalar borligini alohida qayd etish lozim. Shu bilan birga, Toshkent va Namangan viloyatlarida zamonaviy to‘qimachilik komplekslari, Jizzax va Xorazm viloyatlarida yigiruv va to‘quv, Samarqand viloyatida sport poyabzallari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi.
Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 21 ta korxonada ishlab chiqarish modernizatsiya qilindi va texnik qayta jihozlandi. Ma’lumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘z oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz. Ularni amalga oshirishda kerakli imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsus industrial zonalarni tashkil etish yo‘lida oxirgi yillarda biz ko‘pgina tajribalarga ega bo‘lmoqdamiz. Buning amaliy tasdig‘ini «Navoiy» va «Angren» maxsus industrial zonalari faoliyati misolida ko‘rish mumkin. Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo‘lgan 19 ta investitsiya loyihasi 33 bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. «Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati qariyb 44 million dollar bo‘lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli yorug‘lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko‘mir briketlari kabi yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi.



Download 481.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling