Qurilish iqtisodiyoti


Investitsion jarayonning subyektlari va obyektlari


Download 481.1 Kb.
bet3/8
Sana30.04.2023
Hajmi481.1 Kb.
#1416639
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
«servis» fakulteti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi “Qurilis (Автосохраненный)

1.2 Investitsion jarayonning subyektlari va obyektlari.


Rekonstruksiya (lotincha: re- qayta, constructio — qurilish):

  1. mavjud narsa (korxona, shahar, bino)ni yaxshilash, amaliy ahamiyatini oshirish, takomillashtirish maqsadida tubdan qayta qurish;

  2. qoldiqlariga, yozma manbalarga asoslanib, biror narsa (Mas, meʼmoriy yodgorlik) qiyofasini, dastlabki koʻrinishini tiklash, qurish. Rekonstruksiya chizma, rasm, tasvir, loyiha va h.k. orqali amalga oshiriladi. Yodgorliklarning ilmiy Rekonstruksiyasi uning keyingi restavratsiyasiga bogʻliqdir.

Investitsiya jarayonining subyektlarini quyidagicha turkumlash Maqsadga muvofiq:


1)buyurtmachilar;
2) investorlar;
3)investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar;
4)pudratchilar;
5) ish bajaruvchilar;
6)tijorat, qo'shma, xususiy va xorijiy banklar;
7)sug'urta kompaniyalari;
8) investitsion fondlar;
9)ta'minotchilar.
Investorlar—investitsiya jarayonining asosiy subyektlari bo'lib, o'z mablag'lari, qarz va jalb qilingan mablag'larning investitsiyalar shaklida kiritishni va ulardan foyda olish maqsadida foydalanishni amalga oshiradi. Investitsion jarayonning subyektlari sifatida tadbirkorlar, tashkilot(korxona)lar va ularning birlashmalari, muayyan obyektga mablaglar kiritishdan foyda (yoki boshqa foydali samara)olishni rejalashtirgan davlat organlari va investitsion fondler qatnashishi mumkin. Quyidagilar investorlar bo'lishi mumkin:
—O'zbekiston Respublikasi hukumati davlat mulkini boshqarish yoki mulk huquqlari bilan ta'minlangan organlar shaklida;
—mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari qonunchilik tartibida belgilangan organlar va xizmatlar shaklida;
—mahalliy korxonalar, shuningdek, nizomida zarur huquqlar bilan ta'minlangan tadbirkorlik birlashmalari, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar;
—xorijiy mamlakatlar bilan tashkil qilingan qo'shma korxonalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar;
—milliy va xorijiy kredit tashkilotlari;
—xorijiy yuridik shaxslar;
—xorijiy davlatlar ularning hukumatlari tomonidan vakil qilingan organlar shaklida;
—xalqaro tashkilotlar. Jamg'arilgan resurslar investitsion obyektlariga qarab real, moliyaviy va intellektual investitsiyalarga bo'linadi. Bozoriqtisodiyoti sharoitida investitsion obyektlari.
Biz intellektual investitsiyani alohida turgani ajratish kerak, degan iqtisodchilar fikriga qo'shilamiz. Chunki, ilmiy texnika taraqqiyoti juda tez rivojlanayotgan hozirgi davrda intellektual potensial ishlab chiqarishning eng faol bo'g'ini bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham rivojlangan davlatlarda kadrlar tayyorlash ilmiy tekshirish va ta'lim sohasiga qilinadigan xarajatlar yil sayin oshib bormoqda. Intellektual investitsiya kadrlar tayyorlash, ilmiy tekshirish, ta'lim va boshqa ko'rinishdagi intellektual salohiyatlarga investorlar qo'yadigan barcha turdagi boyliklardir. Ishlab chiqarishning fan va texnikani ta'siri kuchayib borishi bilan intellectual investitsiyalarning Ahamiyati yanada oshib boradi. Asosiy fondler va aylanma mablag'larga investorlar qo'yadigan barcha turdagi boyliklar real investitsiyalar deb tushiniladi.
Hozirgi davrda Respublikamiz xalq xo'jaligi tarmoqlarini tarkibiy qayta qurish uchun texnika-texnologiya va katta hajmdagi qurilish ishlarini amalga Oshirishning zarurligi mulkiy investitsiyalarga ehtiyojni yanada oshiradi. Bu ehtiyojni qondirishning asosiy yo'llaridan biri korxonalarda investitsion jarayonni rag'batlantirish hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar deb esa aksiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog'ozlar, muddatli depozitlarga qo'yilgan investitsiyalarga aytiladi. Respublikamizda moliyaviy bozor endi shakllanayotganligi sababli moliyaviy investitsiyalar qo'yish hali ancha rivojlantirilishi lozim.Mulkningdavlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining rivojlanishi bilan qimmatli qog'ozlar taraqqiy etib,moliyaviy investitsiyalar qo'yish jarayoni faollashadi. Bu holatlarning keng tarzda rivojlanishi va jadallashuvi natijasida iqtisodiyotimizda umumiy investitsion jarayon faolligi oshadi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi buladi. Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar suda kapitali (ya`ni qarz va kredit), xamda bevosita va portfel investitsiyalarga bulinadi. Investitsiyalar nimaga yo’naltirilganligi ular qaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi. Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalarda o`z xissasi bilan katnashib, xorijiy investorlarga to`liq tegishli bo`lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaxo qog`ozlarni sotib olishi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish xuquqiga ega bo’lishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin. Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 guruh omillar ta`sir ko`rsatadi:
1) iqtisodiy omillar:
-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur`atlarining bir maromda ushlab turilishi;
-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta`siri ostida olib borilishi);
-ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi;
-jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi (AQSh Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish xajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);
-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi;
-xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshqalar.
2) siyosiy omillar:
-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va boshqa.);
-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;
-iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llabquvvatlash);
-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.
Investitsiya faoliyatining rivoji uchun mazkur omillar talili qilinishi lozim bo'ladi. Bu tahlil mablag'lari yo'nalishining eng maqbul usulini tanlash va kelajakda har bir hududga mos keladigan investitsiya siyosatini belgilash imkoniyatini beradi. Shuni ta'kidlash lozimki, investitsion siyosatda faqatgina bozor mexanizmiga tayanib ish yuritish mumkin emas. Chunki, u iqtisodiyotning tarmoqlariga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Mamlakatimiz sanoatini yuksaltirish bo’yicha belgilangan ustuvor vazifalar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan chambarchas bog’liqdir. O‘zbekistonda sarmoyadorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorij sarmoyasining yildan-yilga ortayotgani buning yaqqol dalilidir. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalarini o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasi investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchiligi tizimida eng ilg‘orlardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasini huquqiy tartibga solish asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari quyidagilardir:

Download 481.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling