Qurilish iqtisodiyoti
O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sharotida ko’chmas mulk bozorining o’rni
Download 0.66 Mb.
|
Ahadillayev Sardor 36 20 Kurs ishi
O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sharotida ko’chmas mulk bozorining o’rni
Bozor - bu ma’lum hajm, qimmat, qiymat va narxga ega bo’lgan tovarning erkin savdosi bilan bog’liq tashkillashgan ijtiomoiy-iqtisodiy-informatsionhuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni turli omillar ta’siri sharoitida maqsadli amalga oshirilishini ta’minlovchi yaxlit murakkab tizim (mexanizm) sifatida namoyon bo’luvchi tovar bo’yicha talab va taklif funksiyasi. Ushbu tizimning faoliyat mexanizmi davlat va iqtisodiyotning barcha subyektlari tomonidan birgalikda ularni har birining alohida manfaatli maqsadlari doirasida harakatga keltiriladi. Bozorda tovarlar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lardan iste’molchi (haridor)larga tomon, moliyaviy resurslar esa aksincha yo’nalishda harakat qiladi. Ko’chmas mulk bu – yerdan va unda joylashgan bino inshootlardan tashkil topgan mulk. Ko’chmas mulk o’z ichiga yer ustida yoki yer ostida joylashgan va yerga o’rnatilgan moddiy mulklarni oladi. Ko’chmas mulk tarkibiga qonun bo’yicha – yer maydonlari, uylar, zavodlar, fabrikalar, qo’rilmalar, barcha turdagi qurilma inshootlar, bo’sh yer uchastkalari va temir yo’llar, chegaralangan suv obyektlari va yer bilan bog’liq barcha narsalar kiradi, ya’ni bunday obyektlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, ularga zarar yetkazmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Bular jumlasiga shuningdek o’rmonlar, ko’p yillik ekinlar, binolar, inshoatlar kiradi. «Ko’chmas mulk bozori – bu sotuvchi va xaridorlar o’rtasida ko’chmas mulkning konkret narxni aniqlash uchun birlashadigan va natijada ko’chmas mulk ayriboshlanishi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tashkiliy tadbirlar tizimi». Ko’chmas mulk bozori – bu barcha ko’chmas mulk sotuvchilari va xaridorlarining ayni vaqtda mavjud bo’lgan barcha talab va takliflari orasidagi o’zaro bog’liqlik yuzaga keladigan va ko’chmas mulk bilan bog’liq barcha joriy operatsiyalar yig’indisi amalga oshiriladigan iqtisodiy-huquqiy hudud». «Ko’chmas mulk bozori o’zida ko’chmas mulk obyektlariga kapital kiritish sohasi va ko’chmas mulk bilan bog’liq operatsiyalarda yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini aks ettiradi. Bu munosabatlar investorlar o’rtasida ko’chmas mulkni oldi-sotdi jarayonida, ipoteka, ko’chmas mulk obyektlarini ijaraga berish jarayonlarida yuzaga keladi» Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling