«qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish»
Ishlab chiqarish maydoni ishchilariga sanitar – maishiy xizmatni ta’minlash
Download 0.9 Mb.
|
Курс иши - Боғловчи
- Bu sahifa navigatsiya:
- umumiy va maxsus.
Ishlab chiqarish maydoni ishchilariga sanitar – maishiy xizmatni ta’minlash
Ishlab chiqarish maydonidagi ishchilarning kompleks – sanitar texnikaviy tadbirlar tarkibiga quyidagilar kiradi: Maishiy xonalar bilan ta’minlash; Sanitar gigienik xonalar bilan ta’minlash; Shaxsiy himoya vositralari bilan ta’minlash. Sanitar – gigienik xonalar bajarish vazifasiga ko’ra ikkiga bo’linadi, yani umumiy va maxsus.
Umumiiy xonalarga – umvalniklar, tozalash xonalari, suv ichish fantanchalariva boshqalar kirib bu xonalar ish sharoitiga bog’liq emas.
Maxsus xonalarga – dush xonalari, isitish xonalari, shaxsiy gigiena xonalar, ovqatlanish xonalari kirib bu xonalar ishlab chiqarish turiga va iqlimiga bog’liqdir. Maishiy xizmat xonalar tarkibi ular turi va yuzasi ishlaydigan ishchilar soniga nisbatan ish sharoiti va turini hisobga olgan holda aniqlanadi. Ishlab chiqarish maydonida maishiy xizmat qiladigan xonalari ishchilarga qulay bo’lgan joyda joylashtirilib shamol yo’nalishi va yong’in xavfsizligi talablarini hisobga olish talab qilinadi. Garderoblar ko’cha va uy ishchi kiyimlarni, shuningdek, oyoq kiyimlarni saqlashga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Kiyimlar garderoblarda quyidagi usulda saqlanishi mumkin: Ochiq (veshelkalargda yoki ochiq shkaflarda); Yopiq (yopiq shkaflarda); Aralash bir tur kiyim ochiq bir turi yopiq. Shkaflar sonini ishchilar soniga teng qilib olish tavsiya qilinadi. Ishchi kiyim quritish xonasini yuzasi har bir ishchiga 0,2 m2 olinishi tavsiya qilinadi. Ishchilar isinish va dam olish xonasidagi har bir ishchiga ajratilgan yuza 0,1 m2 dan kam bo’lmasligi va umumiy yuzasi 12 m2 dan kichik bo’lmasligi tavsiya qilinadi. Hojatxona xonalari ishchi joyidan 75 metrdan uzoq bo’lmaslii, ishlab chiqarish korxonalarida 150 metrdan uzoq bo’lmasligi talab qilinadi. Suv ishchi fontanchalari ishchi joyaridan 75 metrdan uzoq bo’lmasligi tavsiya etiladi. Ovqatlanish xonalari va bufetlar ishchi joylaridan 300 metrgacha masofada joylashtiriladi. Bu hollarda qo’l yuvish kranlari o’rnatilishi talab qilinib har 50 o’ringa bitta qo’l yuvish krani talab qilinadi. Ishlab chiqarish maydonida ishchilar soni 300 kishidan ko’p bo’lgan holda tibbiyot punkt bo’lishi talab etiladi. Bu xonalar yuzalari ishlayotgan ishchilar sonini hisobga olgan holda me’yoriy talablar asosida hisoblab topilib talab qilinadigan yuzalarni hisobga olgan holda tayyor vagonlar yoki binolar tanlanishi mumkin. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling