«qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish»


Download 0.9 Mb.
bet1/16
Sana01.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1315439
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Курс иши - Боғловчи


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA QURILISH

INSTITUTI
«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA
KONSTRUKSIYALARINI ISHLAB CHIQARISH»

kafedrasi
“BOG’LOVCHI MODDALAR”

fanidan kurs loyihasining
TUSHUNTIRISH XATI
Mavzu: “Yillik unumdorligi 55000 tonna bo ’lgan
Shahtali xumdonda romansement ishlab chiqarish ”

Bajardi: IV-kurs 401-QMB va KICH(sirtqi) guruhi talabasi Saidmuratov Boburshox



Kurs loyihasi rahbari: “QMB va KICH” kafedra­si o’qituvchisi A.E.Ochilov







Bosqichlar

Himoya

1

2

3

4

5






































SAMARQAND -2020

  1. Kirish qismi

Qurilish materiallarini ishlab chiqarish va ularni xalq xo’jaligida ishlatishning o’ziga xos tarixi bor. Eng qadimgi va ko’p tarqalgan qurilish materiallari gil hisoblanadi. Gil qurilish materili sifatida insoniyat taraqqiyotining boshlang’ich davridayoq ishlatilgan. Vaqt o’tish bilan, inson gildan har xil shakldagi buyumlar tayorlashni va ularning mustahkamligini oshirish maqsadida uni quritish hamda kuydirishni o’rgangan.


Bog’lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil avval sun'iy yo’l bi­lan hosil qilinganligi ma'lum. Misr, Gretsiya, Rim va Vavilonda ohak qorishmasi va gidravlik qo’shimchalardan tayyorlangan beton inshooot- lar qadimgi vaqtlardan hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. Bunday inshotlarning ichki va tashqi qismini bezashda metall chiqindilaridan ya- salgan naqshdor koshinli buyumlar ishlatilgan. Muhandislik inshotlari uchun-gil, tosh, yog’och to’sinlar; turar joy uchun-qamish, palma shox- lari va boshqalar ko’plab ishlatilgan. Misr va Mesopotamiyada bundan 5-6 ming yil avval yasalgan shisha buyumlar topilgan.
Mamlakatimizda turli binokorlik materiallari ishlab chiqarish juda qadimdan boshlangan.
Binokorlar o’rtasida asta-sekin g’isht teruvchilar toshtaroshlar, ohak tayyorlovchilar va boshqa kasb ustalari ajralib chiqadi. Shahar devorlari, minoralar, masjid va qasrlar (masalan, Buxoro, Samarkand, Xiva yodgorliklari) kabi inshootlar qurilish materiallariga bo’lgan eh- tiyojni oshirgan. Eramizdan oldingi to’rtinchi asrda qurilgan qadimgi Xorazm chor atrofi qalin devorlar bilan o’rab chiqilgan to’rtta silindrsi- mon minoradan iborat bo’lgan. Minoralarning usti tekis qilib ishlangan. Bunday inshootlarni qurilishda qo’shilmalar bilan ganch qorishmasi va giltuproqdan pishirilgan yapolaq g’ishtlar hamda tabiiy toshlar ishlatil­gan.
Samarqanddagi Ulug’bek madrasasi, Qo’qondagi Xudoyorxon sa- royini qurishda bunday qorishmalar bilan birga chang-g’isht qorishma- sidan va ohak-g’isht qorishmasidan iborat betonlar ko’p ishlatilgan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshidan esa sement sanoati tez taraqqiy eta boshladi.
Hozirgi qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar yuqori unumli mashinalar bilan jihozlangan. Ishlab chiqarishdagi deyarli barcha texnologik boskichlar mexanizatsiyalashtirilgan. Ko’pgina korxonalarda esa avtomatik boshkaruvchi konveyerlar ishlamoqda.
O’zbekistonda ohak ishlab chiqarish. XIX asrning o’rtalarida Markaziy Osiyoda ohak juda kam ishlatilgan bo’lib, qurilishda asosan havoda qotadigan bog’lovchi materiallardan sog’ tuproq (lyoss) bilan ganch ko’p tarqalgan edi.
Respublikamizda ohak ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar birinchi bo’lib 1930 yillarda Jizzax va Quvasoyda qurilgan. Keyinchalik Ohangaron va Chirchiq


vodiylarida topilgan ko’pdan-ko’p ohakbop xom ashyo zahiralari topilgan, mamlakatimiz qurilish ehtiyojini qondira oladigan darajada ohak ishlab chiqarish imkoniyati tug’ildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining Sulton-Ule-Dag’ tog’ etaklari, shuningdek, Orol dengizining g’arbiy qirg’og’ida joylashgan katta qat- lamdagi bo’rli ohaktosh zahiralari ohak ishlab chiqarish uchun yaroqli xom ashyolardir. Shu singari ohakbop xom ashyo zahiralari respublikamizning Sho’rsuv, Rishton, So’x, Samarqand, Buxoro va boshqa hududlarida juda ko’p tarqalgan.
Ota-bobolarimiz ohak yoki ganch olishda xom ashyoni juda oson va sodda usul bilan pishirib yuqori sifatli bog’lovchi moddalar olishga muvaffaq bo’lishgan.

  1. Tayyor mahsulotning va ishlatiladigan xom ashyoning


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling