«qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish»


– jadval: Havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan ohaktoshlarning kimyoviy tarkibi


Download 0.9 Mb.
bet3/16
Sana01.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1315439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Курс иши - Боғловчи

4 – jadval:
Havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan ohaktoshlarning kimyoviy tarkibi:



Ohaktoshlar sinfi

Tarkibi, % hisobida

CaCO3

MgCO3 ko’pi bilan

Gil aralashmalar ko’pi bilan

A
B
V

95
82
50

2,5
10
40

2
8
8

Ohaktoshlar strukturasi jihatidan zich, bo’sh va g’ovak bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham ohaktoshlar quyidagi turlarga bo’linadi:



  • donador-kristall yoki marmar (mayda kristall strukturali) ohaktosh;

  • zich-kristall strukturali ohaktosh;

  • ohaktosh tuf (g’ovak ohaktosh);

  • o’lgan jonli organizmlar kosasidan iborat ohaktosh-chig’anoq;

  • yumshoq-bo’sh tog’ jinsi -bo’r.

Shaxta pechlarda kuydirib, havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun strukturasi zich hamma ohaktoshlardan foydalanilsa bo’ladi.


Ohaktosh qazish. Ohaktosh konlari ko’p hollarda er yuzasida bo’ladi. Ohaktosh ochiq usulda qazib olinadi: portlatiladi, keyin portlatilgan tog’ jinslari bir cho’michli ekskovatorlar yordamida transportga yuklanadi. Ohaktoshlarning yirik xarsanglari pnevmatik yoki elektr bolg’alar bilan maydalanadi. Ba'zan kichkina zaryadlar yordamida takror portlatib maydalanadi.
Ohaktoshlar temir yo’l yoki tosh yo’lda qatnaydigan transport vosi- tasida yoki kon yaqinida, ya'ni 1 m masofada bo’lsa, transportyorlar yordamida tashiladi. Transportyor yordamida tashish eng qulay, unumli va kam mehnatli usuldir. Ohaktosh koni 3 km masofada bo’lganda yukni o’zi ag’daradigan mashinalarda tashigan foydali. Yukini o’zi ag’daradigan mashinalarda tashishda usti qattiq, pishiq yo’llar kerak. Kon 3 km dan ortiq masofada bo’lganida temir yo’ldan foydalanilgani ma’qul.
Xom ashyoni qazib olishni tashkil qilayotganda ohaktosh cho’kish natijasida hosil bo’lganiga katta ahamiyat berish kerak. Chunki ohak­toshlarning kimyoviy va mineralogik tarkibi kon sathi va uning qalinligi (quvvati) bo’yicha ancha farq qiladi. Ohaktosh qatlamida linzasimon uyum yoki qatlam holida gil uchrashi ham mumkin. Havoda qotadigan ohak ishlash uchun qo’llaniladigan ohaktosh tarkibida aralashma ko’p bo’lsa, uni ishlatib bo’lmaydi. Shuning uchun kondan ohaktosh qazib ola boshlashdan oldin uning hamma uchastkasini puxta tekshirib chiqarish kerak.
Ohaktosh mazkur yerda sifati jihatidan qanchalik bir xilligiga qarab yoppasiga yoki tanlab-tanlab qaziladi. Ohaktosh sifati jihatidan ayrim uchastkalarda bir xil bo’lgani yoki salgina farq qilgani taqdirdagina yalpi (yoppasiga) qaziladi. Sifati keskin farq qilsa, tanlab-tanlab qaziladi. Bunday qazishda ohakning tannarxi oshadi, shu bilan birga ishonchli bo’lmay qoladi. Gap shundaki, qazish vaqtida ohaktoshning sifati yoki sifatsizligini rang va qattiqligiga qarab aniqlash mumkin. Buning uchun katta tajriba kerak. Shuning uchun ham ohaktosh, to’plangan joylar sifati jihatidan bir-biridan keskin farq qilsa, ohak zavodi ko’rsatkichlarga ega bo’lgan nisbatan yaxshiroq kon qidirish kerak bo’ladi.
Xulosa: Yuqorida keltirilan ma’lumotlarga asosan havoiy tuyilgan ohak ishlab chiqarish uchun xom ashyo tarkibini faqat ohaktoshdan iborat deb qabul qilamiz. U holda biz yiliga 57575 tonna havoiy tuyilgan ohak ishlab chiqarishimiz uchun (namlikni e ’tiborga olinmagan holda) ohaktoshdan quyidagicha miqdorda olishimiz kerak:


Ohaktoshni kuydirish. Ohaktoshni kuydirayotganda kalsiy karbonat (CaCO3) quyidagi formula bo’yicha parchalanadi:
CaCO3=CaO+C02-42,52 ккал.
(40+12+3 16)= (40+16)+(12+2 16)
100=56+44
bu yerda: Са=40, С=12, О=16 -elemntlarning birlik atom massa og’irliklari

Kеltirilgan tеnglama shuni ko’rsatadiki, birlik molekula ohaktosh qizdirilganda undan 44 % karbonat angidrit ajralib chiqib 56 % kalsiy oksidi qolar ekan (1 gramm-molekula kalsiy karbonat parchalanishi uchun 42,52 kkal issiqlik, 1 kg CaCO3 parchalanishi uchun esa issiqlik sarf qilinadi, bu yеrda


100 - CaCO3 ning g hisobidagi molеkulyar og’irligi).
Demak, 1 tonna so’ndirilmagan ohak olish uchun 1 (100/56)=1,7857 tonna ohaktoshni kuydirish kerak ekan.

Xom ashyoning yillik nazariy yo’qotishlarini hisobga oluvchi koeffitsiyentni quyidagicha aniqlaymiz:


Pn.y= UyH kn.y = 57575,757 1,7857 = 102813,029 tonna


bu yerda: kny -ohakning nazariy yo ’qotishlarini hisobga oluvchi koeffitsent kny=1,7857

Keltirilgan xom ashyoni qizdirganda albatta uning tarkibidagi nam lik (W) va boshqa oson ajraluvchi qo’shimchalar miqdori (A) dagi mas­sa birligida yo’qolishlar sodir bo’ladi. Bu yo’qotishlarni hisobga olgan holda xom ashyoning miqdori (Pq) quyidagi formuladan hisoblanadi:




tonna
bu yerda: A - qizdirganda (pishirganda) massaning kamayishi, % (ilova-3) ohaktosh uchun A=3%, Uyh=102813,029 tonna
tonna
Nam xom ashyonig miqdori (Pnam) quyidagicha topiladi:
, tonna

bu yerda: W- xom ashyoning tabiiy namligi, % (ilova-3) ohaktosh uchun W=7%, Pq=105992,814 tonna


, tonna
Tashishdagi yo’qolishni (Tyu=2 % gacha) hisobga olganda xom ashyoning miqdori (P) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
, tonna

bu yerda: ohaktosh uchun Tyu=2 %, Pnam=113970,767 tonna



, tonna

Hisoblar bir yil, kun va soatlarda bajailib natijalari 5-jadvalga yoziladi.


5-jadval:

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling