«qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish»
Download 0.9 Mb.
|
Курс иши - Боғловчи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonning ish rejimini aniqlash
- Korxonaning tayyor mahsulot ishlab chiqarishdagi unumdorligini aniqlash
- Hisoblash natijalari quyidagi 3 – jadvalga kiritilgan. 3 – jadval
tavsifnomasi
Havoda qotadigan ohak - bu tarkibida 8% gacha gil qo’shilmalar bo’lgan va erib yopishib qolmaydigan qilib, bir me'yorda kuydirilgan ohaktoshlarni mayda tuyish natijasida hosil bo’ladigan havoda qotuvchan bog’lovchi moddadir. Hali tuyilmagan kuydirish mahsuloti so’ndirilmagan kesak ohak (qaynama) deb ataladi. U shu holicha bog’lovchi modda hisoblanmaydi va uni qorishma hamda beton tayyorlashda ishlatib bo’lmaydi. Bog’lovchi qilish uchun kesak-ohak mayda tuyilishi zarur. Kesak-ohakni maydalashning ikki usuli qo’llaniladi: mexanik usul-shar yoki boshqa tegirmonlarda tuyiladi; so’ndirish usuli-ohak bo’laklariga suv bilan ta’sir qilinadi, shunda ohak o’z-o’zidan mayda zarrachalarga parchalanadi (disper- girlanadi). Kesak-ohak qanday usulda maydalanganiga qarab, havoda qotadigan ohak quyidagi turlarga bo’ladi: kesak-ohak qaynamani mexanik usulda maydalab tayyorlanadi- gan so’ndirilmagan tuyilgan ohak. U tarkiban asosan kalsiy oksi- didan tashkil topgan bo’ladi; kesak-ohak-qaynamani ma’lum miqdordagi suv bilan (kukun- simon holatga kelgunicha) so’ndirib tayyorlanadigan so’ndirilgan gidrat ohak (pushonka-kukun). Kimyoviy tarkibi jihatidan u kalsiy gidrati Ca(OH)2 dan iborat bo’ladi; kesak-ohak-qaynamani ortiqcha suv bilan so’ndirish natijasida hosil bo’ladigan mahsulot - ohak xamiri. Ohak xamiri asosan gidrat oksidi va suvdan iborat bo’ladi. Havoda qotadigan ohakka nisbatan qoyiladigan texnika talablarga ko’ra (GOST 9179-77) quyidagicha bolishi kerak (1-jadval). 1-jadval Havoyi ohakka nisbatan qo'yiladigan texnik talablar (DAST 9179-77)
Eslatma: avtoklavda tayyorlanadigan mahsulotlar uchun ishlatiladigan ohak tarkibida magniy oksidining miqdori 5 % dan oshmasligi lozim. Ohakni so'ndirish vaqti esa 2 - minutdan ortmasligi shart. Korxonning ish rejimini aniqlash Yillik unumdorligi 57000 tonna bo’lgan Shahtali xumdonda havoiy tuyilgan ohak ishlab chiqaruvchi zavod (sex)ning ishlash tartibi (rejimi) ni tanlashda jarayon kuydirish-pishirish bilan bog’liq bo’lganligi sababli kunida uch smenada uzluksiz ishlaydi deb qabul qilamiz. O’zbеkiston Rеspublikasining 1992 yil 8-dеkabrdagi qabul qilingan konstituksiyasiga asosan ishchi va xizmatchilarning haftalik ish vaqti 41 soatdan oshmasligi kеrak. Shuningdеk ishchi va xizmatchilarning kеchasi ishlash vaqti qisqartirilgan holatda bo’lishini ta’minlashimiz zarur. Korxonamiz ish rеjimi uch smеnalik bo’lib, birinchi va ikkinchi smеnalar 8 soatdan, uchinchi smеna esa 7 soat dеb, bir yilda 350 ish kuni qabul qilinadi, qolgan 15 kuni esa uskunalarni kapital ta’mirlashga ajratildi. Korxona (sex) da qabul qilingan ish rejimlari 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini aniqlash uchun zarur bo’ladigan texnologik uskunalarning yillik ishlash vaqti fondi quyidagi formuladan aniqlanadi: Tf=T kf=8050 0,85=6842 ishchi soat Tf- texnologik uskunalarning yillik ishlash vaqti fondi, ishchi soat T- texnologik uskunalarning yillik me ’yoriy ishlash vaqti, T=8050 ishchi soat kf -uskunadan foydalanishda to’xtalishlar, joriy va kapital ta ’mirlashlarni hisobga oluvchi koeffisiyent bo’lib kf=0, 8-0,9 atrofida qabul qilinadi. Korxonaning tayyor mahsulot ishlab chiqarishdagi unumdorligini aniqlash Korxonaning tayyor mahsulot ishlab chiqarishdagi oy, kun, smena va soatllar bo’yicha unumdorligi quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi: Korxona (sex) ning bir oylik ishlab chiqarish unumdorligi (Uo), t/oy: Korxona (sex) ning bir kunlik ishlab chiqarish unumdorligi (Ukun), t/kun: Korxona (sex) ning bir smenadagi ishlab chiqarish unumdorligi (Usm), t/smena: bu yerda: n – korxonaning bir kundagi smenalar soni, n=3 smena Korxona (sex) ning bir soatdagi ishlab chiqarish unumdorligi (Us), t/soat: Bu yerda: V – bir kundagi ish soatlar miqdori, V=8+8+7=23 soat Tayyor mahsulot bo’yicha korxonaning unumdorligi
Hisoblash natijalari quyidagi 3 – jadvalga kiritilgan. 3 – jadval: So’ndirilmagan tuyilgan-ohak ishlab chiqarish uchun xom ashyo materillar miqdorini hisoblash Talab etilgan miqdordagi mineral bog’lovchi modda - shaxtali xum- donda havoiy tuyilgan ohak ishlab chiqarish uchun yetarli darajada xom ashyo va qo’shimchalarning alohida-alohida nomlari bo’yicha aniq miq- dorlarini bilishimiz zarur. So’ndirilmagan tuyilgan ohak ishlab chiqarish uchun tarkibida Kalsiy karbonat (CaCO3) ko’p bo’lgan tog’ jinslari (ohaktoshlar) dan foydalaniladi. Ohaktoshlar cho’kindi tog’ jinslari bo’lib, kimyoviy tarkibi va fizi- kaviy xossalari jihatidan xilma-xil turlarga bo’linadi. Biroq uning asosiy qismi Kalsiy karbonat (CaCO3) dan iborat. Boshqa moddalar, ya'ni (magniy karbonat (MgCO3), gil va har xil oksidlar) bo’lishiga sabab shuki, ohaktoshlar cho’kindi holda hosil bo’ladi; karbonatlar cho’kkanida bu moddalar ham cho’kkan. Aralashmalarning miqdoriga qarab ohaktoshlarning rangi oq rang- dan qora rangacha boradi. Bitum va ko’mir moddalar qo’shilgan bo’lsa ohaktosh qoramtir bo’ladi. Sarig’, qo’ng’ir, kul rang tusda bo’lishi ohaktoshdagi temir va marganets aralashmalari ta'siridan; kimyoviy jihatdan sof kalsiy karbonat oppoq bo’ladi. Odatda ohaktoshlarga gil aralashmalari qo’shilgan bo’ladi. Shunga ko’ra ohaktoshning quyidagi turlari uchraydi: sof ohaktosh (tarkibida 5 % gacha gil aralashmalari bo’lsa): mergel (gil)li ohaktosh (tarkibida (5-10) % gil zarrachalari bo’lsa); ohak-karbonat mergel (tarkibida (10-30) % gil zarrachalari bor); mergel (tarkibida 30 - 50 % gil zarrachalari bo’lsa) ohaktosh. Keltirilgan klassifikatsiyadan ko’rinib turibdiki, havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun faqat sof ohaktosh va qisman mergeli (gil) ohaktoshnigina ishlatish kerak. Havoda qotadigan ohak xossalariga katta ta'sir etadigan ikkinchi modda magniy karbonat (MgCO3) dir. Karbonatli tog’ jinslari tarkibida qancha MgCO3 borligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: dolomitlashgan ohaktosh (tarkibida (5-10) % MgCO3 bo’lsa); ohaktosh dolomit (tarkibida (20-40) % MgCO3 bo’lsa); dolomit (tarkibida 40-46% MgCO3 bo’lsa)ga. Havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun dolomitlashgan ohaktoshlarning hamma turlari ishlatilishi mumkin. Ularni kuydirganda tegishlicha oz magnezialli va dolomitli ohak hosil bo’ladi. Havoda qotadigan ohak ishlash uchun qo’llaniladigan karbonatli tog’ jinslarining hammasi standart bo’yicha uch, ya'ni A, B va V sinflar- ga bo’linadi. Bunday bo’lishi uchun tog’ jinslari tarkibida qancha karbo- nat, magniy karbonat va gil aralashma (SiO2, Al2O3 ва Fe203 oksidlari) borligi asos qilib olingan. Quyida (4-jadval) ohaktoshning har sinfiga nisbatan qo’yiladigan talablar keltirilgan. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling