«qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish»


Ishlab chqarish uchun kerakli materiallar ta’minoti


Download 0.9 Mb.
bet4/16
Sana01.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1315439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Курс иши - Боғловчи

Ishlab chqarish uchun kerakli materiallar ta’minoti





Mahsulot nomi

Ish
rejimi (smena)

O’lchov
birligi

Xom ashyoga bo’lgan talab, tonna

Hajmiy
og’irligi,
g/sm3

Yillik

Kunlik

Soatlik

1

Ombordagi tayyor mah­sulot


t

57000

162,85

7,081

1,5

m3

38000

108,57

4,72

2

1 % sifatsiz mahsulot va yo’qotishlar bilan

t

57575,757

164,502

7,152

m3

38383,838

109,668

4,468




Kuydirish bo’limi:




3

a) ohaktoshdan ohak hosil bo’lishi

t

102813,029

293,751

12,771

1,5

m3

68542,019

195,834

8,514

4

b) qizdirishda 3% massa kamayi shi

t

105992,814

302,836

13,166

m3

70661,876

201,891

8,777

5

c) 7 % li namlik yo’qolishi

t

113970,767

325,630

14,157

m3

75980,511

217,087

9,438

6

c) 2 % li tashishdagi yo’qolishi

t

116296,701

332,276

14,446

m3

77531,134

221,517

9,631

7

d) sarflanadigan issiqlik miqdori

t

1kg uchun 425,2 kkal issiqlik sarf bo’ladi








  1. Ishlab chiqarishning funksional, texnologik va operatsion tizimlari

Berilgan topshiriqqa asosan shaxtali xumdonda havoiy kesak ohak ishlab
chiqarish ohaktoshni kondan qazib olish, korxona omboriga olib kelish, xom asyoni maydalash, fraksiyalarga ajratish, pishirish, tuyish, omborlarga joylash va iste’molchiga jo’natish kabi ketma-ketlikdan iborat.
Ohaktoshni kondan qazib olish. Xom ashyoni qazib olishni tash- kil qilayotganda ohaktosh cho’kish natijasida hosil bo’lganiga katta ahamiyat bеrish kеrak. Chunki ohaktoshlarning kimyoviy va minеralogik tarkibi kon sathi va uning qalinligi (quvvati) bo’yicha ancha farq qiladi. Ohaktosh qatlamida linzasimon uyum yoki qatlam holida gil uchrashi ham mumkin. havoda qotadigan ohak ishlash uchun qo’llaniladigan ohaktosh tarkibida aralashma ko’p bo’lsa, uni ishlatib bo’lmaydi. Shuning uchun kondan ohaktosh qazib ola boshlashdan oldin uning hamma uchastkasini puxta tеkshirib chiqarish kеrak.
Ohaktosh mazkur yеrda sifati jihatidan qanchalik bir xilligiga qarab yoppasiga yoki tanlab-tanlab qaziladi. Ohaktosh sifati jihatidan ayrim uchastkalarda bir xil bo’lgani yoki salgina farq qilgani taqdirdagina yalpi (yoppasiga) qaziladi. Sifati kеskin farq qilsa, tanlab-tanlab qazila­di. Bunday qazishda ohakning tannarxi oshadi, shu bilan birga ishonchli bo’lmay qoladi. Gap shundaki, qazish vaqtida ohaktoshning sifati yoki sifatsizligini rang va qattiqligiga qarabb aniqlash mumkin. Buning uchun katta tajriba kеrak. Shuning uchun ham ohaktosh, to’plangan joylar sifati jihatidan bir-biridan kеskin farq qilsa, ohak zavodi ko’rsatkichlarga ega bo’lgan nisbatan yaxshiroq kon qidirish kеrak bo’ladi.
Ohaktosh xom ashyosini korxona omboriga olib kelish. Xom
ashyo tеmir yo’l yoki tosh yo’lda qatnaydigan transport vositasida yoki kon yaqinida, ya'ni 1 km masofada bo’lsa, transportyorlar yordamida ta- shiladi. Transportyor yordamida tashish eng qulay, unumli va kam mehnatli usuldir. Kon 3 km masofada bo’lganda ohaktoshlarni yukini o’zi ag’daradigan mashinalarda tashigan foydali, yukini o’zi ag’daradigan mashinalarda yaxshi ishlashi uchun usti qattiq, pishiq yo’llar kerak. Kon 3 km dan ortiq masofada bo’lganida temir yo’ldan foydalanilgani maqul.
Shaxtali xumdonda havoiy kesak ohak ishlab chiqarish. Kon- dan keltirilgan ohaktosh uzatgich yordamida to’r panjarali ta’minlagichli bunkerga uzatiladi va bu yerda donadorligi bo’yicha guruhlarga ajratiladi. So’ngra panjara (g’alvir) osti mahsulot jag’li yoki konusli maydala- gichga uzatilib, kerakli o’lchamda maydalanadi va navbatdagi elash ish- lari bajarilib o’lchab uzatgich orqali oraliq bunkerga yuboriladi. Bu yerdan kerakli miqdordagi xom ashyo kuydirish xumdoniga yuboriladi va kuydiriladi. Xumdondan chiqqan mahsulot omborga joylanadi va iste’molchiga yuboriladi.
Ohaktoshni kuydirish. Ohaktoshni kuydirayotganda sodir bo’la- digan jarayon bu ohaktoshga yuqori harorat ta'sir qilganida kalsiy kar- bonat quyidagicha parchalanishiga asoslangan (magniy karbonati ham shu tariqa parchalanadi):
CaCOз=CaO+СО2 - 42,52 ккал.
Keltirilgan tenglama shuni ko’rsatadiki, 1 gramm molekula kalsiy karbonat (CaCO3) parchalanishi uchun 42,52 kkal issiqlik, 1 kg CaCO3 parchalanishi uchun esa
issiqlik sarf qilinadi.
bu yerda: 100 – CaCO3 ning gramm hisobidagi molekulyar og’riligi.
100- CaCO3 ning gramm hisobidagi molekulyar og’irligi.
Kalsiy karbonatning parchalanishi (dissotsiatsiyalanishi) nazariy jihatidan
600 0С da boshlanadi, biroq 850 0С gacha nihoyatda sust o’tadi. Harorat yanada ortishi bilan parchalanish jarayoni keskin tezlashadi (bu 1-rasmda yaqqol ko’ringan); harorat 850 0С dan 900 0С gacha ko’tarilganida CaCO3 amalda to’la parchalanib bo’ladi. Bu ma'lumotlar laboratoriyada o’tkazilgan tadqiqotlar uchun xarakterli. Amalda esa kuydirish haroratsi birmuncha yuqori (1000-1100) 0С gacha olinadi (kuydirish jarayonini tezlashtirish maqsadida). CaCO3 ning par­chalanish reaksiyasi qaytar reaksiyadir. Reaksiya CaO dan hosil bo’lgan mahsulotlar СO2 bilan ta'sir etishib, yana CaCO3 ga aylanishi mumkin. Kalsiy oksidi tez hosil bo’lishi uchun dissotsiatsiyaning gazsimon mahsulotlarini darhol chiqarib tashlash kerak. Buning uchun pechga tortuvchi mo’ri quriladi.







1-rasm. Kalsiy karbonat
dissotsiasiyasining tezligi


О 600 700 800 900 ° Температура, град
2-rasm. C02 ning CaC03 ustidagi partsial bosimi


куйдириш давомати, соат
3-rasm. Ohaktoshni ko’ydirish muddatining harorat va bo’laklari o’lchamiga bog’liqligi

Kalsiy karbonatning parchalanishidan hosil bo’lgan karbonat angidrid gazining dissotsiatsiyalanish tarangligi (partsial bosimi) harorat oshishi bilan keskin kuchayadi va 900 0С da atmosfera bosimidan ortadi (2-rasm). Demak, tez kuydirishning asosiy sharti yuksak harorat hosil qilish va kuydirilayotgan material massasidan СO2 gazining intensiv ajralib chiqishi (ya’ni pcchda havoning ancha siyraklanishi)ni ta’minlashdan iborat


Kuydirilayotganda ohaktosh muhim o’zgarishlarga uchraydi: kar­bonat angidrid ajralib chiqishi natijasida og’irligi kamayadi; kimyoviy sof kalsiy karbonatda 56 % CaO ва 44 % СO2 bo’ladi, u esa kuydirish davomida ajralib chiqadi. Og’irligining kamayishi kuydirilayotgan material tashqi o’lchamlarining kichrayishiga olib kelmaydi. Normal kuydirilgan ohaktosh bo’lagi hajman ko’pi bilan 20 % kichrayadi. Og’irligining kamayishi hajman kamayishiga to’g’ri kelmasligi shuni ko’rsatadiki, kuydirilgandan keyin kesak ohak g’ovak material bo’lib qoladi.
Ohakning g’ovakligi uni so’ndirish jarayoniga yaxshi ta’sir qiladi, ya’ni donalarning ichki qatlamlariga suv bemalol kirib boradi. Shuning uchun ham iloji boricha g’ovak ohak olishga, ya’ni kuydirilayotganda karbonat angidrid batamom ajralib chiqadigan bo’lishiga intilish kerak.
Qanchalik g’ovak bo’lishi kuydirish haroratiga ham bog’liqdir. Ha­rorat ko’tarilgan sari kuydirilgan materialning bir qismi zichlanadi, kovaklari torayadi, natijada ohakni so’ndirish sharoitlari yomonlashadi. «O’ta kuygan» deb ataluvchi bunday ohak juda sust so’nadi. Bunday tashqari, qotib qolganqurilish qorishmasida ham so’nish jarayoni ro’y berishi mumkin. Bu esa mexanik


zo’riqishlarning paydo bo’lishiga va ayrim hollarda materialning buzilishiga olib kelishi mumkin. Demak, kalsiy karbonatning batamom parchalanishini ta'minlaydigan minimal haroratda kuydirilgan ohak eng yaxshi mahsulot hisoblanadi.
Kuydirish haroratsi ohaktoshda gil aralashmalari va magniy karbonat bor-yo’qligiga qarab tanlanadi. Ohak ko’pincha gil aralashmalar tarkibida bo’ladigan nordon oksidlar SiO2, Al2O3 va Fe2G3 bilan reaksiyaga kirishganda kalsiy silikati, alyuminati va ferriti tipidagi murakkab birikmalar hosil bo’ladi. Bu birikmalar so’nmaydi va so’ndirilgan ohakni tayyorlash vaqtida yirik donalar ko’rinishida uchraydigan chikindi hi­soblanadi. Ohaktosh tarkibida gil aralashma juda ko’p bo’lganda va ular ohaktoshda tekis joylashmagan hollarda ham ohaktosh o’ta kuyishi mumkin. CaO bilan kislota oksidlari o’rtasidagi .reaksiya tezligi esa harorat ko’tarilishi bilan ortadi. Shuning uchun ham gil aralashmalari ko’p bo’lgan ohaktosh sof ohaktoshga qaraganda ancha past haroratda kuydi- rilishi kerak. 900-1000 0C xuddi ana shunday haroratdir.
Magniy karbonat borligi ham kuydirish haroratsini tanlashga ta'sir qiladi. Chunki harorat 600-700 0C dan ortishi tufayli hosil bo’lgan magneziyal o’zining bog’lovchilik xossalari va so’nuvchanlik qobiliyatini yo’qota boradi. Shu sababli tarkibida ko’p miqdorda magniy karbonat bo’lgan ohaktoshlarni iloji boricha past haroratda kuydirish kerak bo’ladi. Kuydirish muddatining o’zi ko’p jihatdan kuydirilayotgan mah­sulot bo’laklarining o’lchamiga bog’liq. Bu bog’liqlik (3-rasm) minimal o’lchamdagi bo’laklar ishlatish qulayligini ko’rsatadi. Shunda kuydirish tezligi va pechning ishlab chiqarish unumi ancha oshadi. Chunki mayda bo’laklar butun qalinligi baravar CaCO3 ning dissotsiatsiyalanish harora- tigacha tez qiziydi. Yirik bo’lakni qizdirish uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Chunki bu vaqtda markaziy qismni bevosita yuqori harorat ta'siriga uchrayotgan chekka qismidan ajratib turgan material qatlami qalinlashadi.
Yirik bo’laklar ishlatish yana shuning uchun maqsadga muvofiq emaski, bunday hollarda material o’ta yoki chala pishishi mumkin. Kuy­dirish jarayonini tezlashtirish uchun haroratni ko’tarishga to’g’ri keladi. Natijada tashqi qavatlari o’ta kuyadi, ichki qismlarida esa kalsiy karbo­nat to’la dissotsiatsiyalanmay (parchalanmay) qoladi, ya’ni chala kuya­di, boshqacha aytganda ballast bo’ladi. Bunday ohak past sifatli bo’ladi: sekin so’nadi, tarkibida so’nmagan donalar ko’p bo’ladi.
Ohak kuydirish pechlari. Ohaktoshlarni har xil sistemadagi pech- larda, ya'ni xumdon, halqasimon, shaxta va aylanma pechlarda kuydirish mumkin. Hozirgi vaqtda ohaktoshlarni muallaq holatda yoki qaynoq qatlam holida kuydirish agregatlarini sanoat miqyosida o’zlashtirish borasida katta ishlar olib borilmoqda.
Xumdon va halqasimon pechlar kam unumli, sermehnat va yoqilgi ko’p sarf bo’ladigan pechlardir. Shuning uchun ham bunday pechlardan ishlab chiqarish hajmi kichik zavodlardagina foydalaniladi. Bunday pechlarda, yirikligi 300 mm gacha ohaktosh bo’laklari ishlatiladi, mate­rial solish va uni olish ishlarini mexanizatsiyalashtirib bo’lmaydi. Mana shularning hammasi bu pechlarning ishlatilish sifatiga yomon ta'sir qiladi. Yangi qurilayotgan zavodlarda bunday pechlar ishlatilmaydi.
Shaxta pechlar.
Shaxta pechning (4-rasm) ishlash tarsi qo’yida-gilardan iborat. Xom ashyo materiallar so­lish mexanizmi (2) yordamida pech (1) shaxtasiga bir xil miqdorda ketma-ket yoki vaqti-vaqti bilan so- lib turiladi. Pishgan materiallar shaxta ostidan max- sus bo’shatish mexanizmi (3) bilan ketma-ket bo,shatilaveradi. Material shaxta ostidan taroq (4) orqali keladigan havo bilan sovitiladi. Kuydiriladi- gan material shaxtada yuqoridan pastga, havo hara- katiga qarama-qarshi yo’nalishda tinimsiz suratda surilib turadi, ya’ni:
4-rasm. Shaxtali
pech sxemasi


  • avvalo qizitish zonasi (I) ga o’tadi, bu erda kuydirish zonasidan kelayotgan qizigan gazlar ta'sirida quriydi, kuydirish haroratiga qadar qiziydi va undagi organik aralashmalar kuyib ketadi;

  • navbatda kuydirish zonasi (II) ga keladi, bu erda kalsiy karbonat dissotsiatsiyalanadi va dissotsiatsiya mahsulotlari chiqarib tashlanadi;

Issiq gazlar va materialning qarama-qarshi yo’nalishda harakat qi lishi chiqit gazlar issig’idan hozirgina solingan xom ashyoni isitish uchun, kuydirilgan material issig’idan esa kuydirish zonasiga kelayotgan havoni isitish uchun foydalanishga imkon beradi. Shuning uchun ham shaxta pechlarda mahsulotni kuydirishga kam yoqilgi sarflanadi. Materialni pechning kuydirish kanali uzra surilishi uchun ham juda oz energiya sarflanadi (material o’z og’irligi ta'sirida surila boradi), pechga material solish va uni olish ishlarini to’la mexanizatsiyalashga imkon tug’iladi. Mana shularning hammasi shaxta pechlar qimmatini oshiradi.
Pechdagi gazsimon mahsulotlarni chiqarib yuborish va havo hamda gaz shaxtada bemalol harakat qila olishi uchun zarur siyraklanish (dam) tutun tortgich yordamida hosil qilinadi. Siyraklanish darajasi material dona tarkibiga va bo’laklarining qanchalik yirikligiga bog’liq. Bo’laklari mayda yoki yirik bo’laklar bilan birga maydasi ham bo’lgani taqdirda siyraklanish darajasi ortadi. Siyraklanish darajasi odatda 60-200 mm suv ustuni chamasi bo’ladi.
Pechga havo siyraklangani sababli tashqaridan havo so’rilishi hi- sobiga yoki shaxtaning ostki qismiga o’rnatiladigan havo ventilyatori yordamida sun'iy yo’l bilan uzatilishi mumkin. Havo 300-600 mm suv ustunigacha bosim ostida uzatiladi. Sun'iy dam berayotganda gazlarning harakat tezligi oshadi, gazlar bilan kuydirilayotgan material o’rtasidagi issiq almashuvi yaxshilanadi, natijada pech unumi oshadi.
Havo shaxtaning ostidan, bevosita olish tuzilmasi tagiga yuboriladi.
Yuqoridagilarga asosan shaxtali xumdonda havoiy tuyilgan ohak ishlab chiqarish texnologik, funksional, operatsion tizimlarini quyidagicha qabul qilamiz. (Davomi bor)










Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling