«qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish»


So'ndirilmagan tuyilgan ohak olishning funksional sxemasi


Download 0.9 Mb.
bet6/16
Sana01.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1315439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Курс иши - Боғловчи

So'ndirilmagan tuyilgan ohak olishning
funksional sxemasi






  1. Uskunalarni tanlash va ularning tavsifnomasi

Tanlangan texnologik tizim asosida va xom ashyo materiallarning xossalarini e’tiborga olib har bir jarayonni bajarish uchun katalog va me’yoriy ma’lumot adabiyotlaridan foydalanib tegishli uskunalarni tanlanaymiz. Ya’ni:
Ohaktosh omboridan xom ashyoni oraliq bunkerga uzatish uchun ko’prikli gryeyferli krandan foydalanamiz. Oraliq bunkerdan plastinkali o’lchab uzatgich yordamida jag’li maydalagichga uzatamiz. Maydalagichdan o’tgan xom ashyo panjarali sim g’alvirga tushib u yerda donadorligi bo’yicha fraksiyalarga ajratilib 80-40 mm va 40-20 mm o’lchamdagilar alohida-alohida oraliq bunkerlarga, < 20 mm o’lchamdagilar chiqindi omboriga hamda > 80 mm o’lchamdagilar qayta maydalashga yuboriladi. Navbatdagi oraliq bunkerdan mahsulot tarelkali (kosa) tasmali o’lchab uzatgich orqali shahtali xumdonga alohida-alohida fraksiyalar bo’yicha navbatma-navbat yuboriladi.
Rejadagi miqdorda kesak ohak ishlab chiqarish uchun chiqindi chiqayotgan (< 20 mm) mahsulotning miqdorini ham e’tiborga olishimiz kerak.
jadval
Jag’li maydalagichda maydalangan mahsulotning dona tarkibi



Donalarning o’lchami, mm

Donalarning foiz (%) hisobidagi miqdori (maydalagich chiqish teshigining eni quyidagicha bo’lganida, mm)

60

100

0-5

6

5

5-20

17

18

20-40

30

19

40-80

47

38

80-120

-

20

Maydalangan mahsulotda o’lchami har xil donalardan taxminan qancha bo’lishini (maydalagich chiqish teshigining eniga qarab) jadvalda keltirilgan me’yoriy ma'lumotlardan bilish mumkin.


Ohaktosh bo’laklarining iloji boricha bir xil o’lchamda bo’lishi ohakning sifatli kuydirilishini ta'minlaydigan muhim shartlarning biridir. Bu shartga shu sababdan rioya qilinishi kerakki, birinchidan, kuydirish muddati ohaktoshlarning o’lchamiga bog’liq, ikkinchidan, bir xil o’lchamdagi ohaktosh bo’laklari nisbatan ancha katta bo’shliq hosil qiladi, shu bilan shaxta pechlarda gazlarga kam qarshilik ko’rsatiladi. Yirik va mayda ohaktosh bo’laklari aralashiga kuydirilsa, ohakning bir qismi chala, bir qismi esa o’ta pishib ketadi.
Bir xilda yirik shixta ishlatilsa, kuydirilayotgan material shaxta pechda tekis joylashadi. Pechga o’lchami har xil ohaktosh solingan yirik bo’laklari og’ir bo’lgan sababli pech periferiyasi bo’yicha mayda bo’laklar esa o’rtasi (markazi)da to’planib qoladi. Ohaktosh bo’laklari qanchalik kichik bo’lsa, shixta gazlarning o’tishiga shunchalik ko’proq qarshilik ko’rsatadi. Tutun gazlar va yoqilg’ining yonishi va ohakning sovishi uchun zarur havo qarshiligi kamroq uchastkalarda o’tadi. Natijada pech markazida shixta etarli darajada pishmaydi va yoqilg’ining talaygina qismi unda yonmay qolishi mumkin.
Ohaktoshlar kuydirish uchun saralash vaqtidayoq tegishlicha tayyorlana boshlanadi. Odatda saralash paytida ohaktoshlar maydalanadi. Chunki ohaktosh bo’laklari ko’pincha juda katta, ya'ni 50­,6 sm gacha va undan ham katta o’lchamlarda bo’ladi.
Shaxta pechda kuydirilganda ko’ndalangiga 20-40, 40-80 va 80-120 mm keladigan ohaktoshlar alohida-alohida pishadi. 80-120 mm bo’laklar faqatgina shu vaqtgacha ishlatib kelinayotgan pechlarda kuydiriladi. Chunki ohaktosh bo’laklari katta bo’lgani uchun ularni uzoq vaqt kuydirishga to’g’ri keladi. Yangi pechlar qurayotganda esa 20-40 va 40-80 mm o’lchamdagi ohaktoshlardan foydalanish zarur. Biz ham faqat 20-40 va 40-80 mm o’lchamdagi ohaktoshlardan foydalanamiz. 80 mm o’lchamlardagi ohaktoshlarni qayta maydalashga yuboramiz, 20 mm dan mayda bo’laklarni ya’ni 23 % mahsulotni chiqindiga yuboramiz (bu chiqindini aylanma pechlarda ohak olish uchun ham ishlatiladi). Bu yuqotishni to’ldirish uchun mahslot miqdorini 23 % ga oshiramiz, ya’ni, Yillik:








P= tonna


Ohaktosh bo’laklarining o’lchamlari va fraksiyaning talab qilinayotgan yirikligiga qarab bir yoki ikki pog’onali maydalash sxemasi qo’llaniladi. Bir pog’onali sxema bo’yicha maydalayotganda material bitta maydalagichda maydalanadi. Ikki pog’onalida esa material ketma-ketiga ikki maydalagichdan o’tadi ya’ni birinchisining chiqish teshigi katta, ikkinchisining chiqish teshigi kichik bo’ladi. Maydalangan mahsulot shu orada yana bir bor saralanishi ham mumkin.


Qanday tipdagi maydalash apparatini tanlash xom ashyo turiga bog’liq. Misol uchun, zich ohaktoshlar jag’li maydalagichlarda mayda­lanadi. Bo’sh karbonat jinslar, asosan bo’rni maydalashda bu maydalagichlarni ishlatib bo’lmaydi. Chunki maydalagichlarga yopishib qolishi mumkin. Shuning uchun tishli vallar ishlatiladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling