Atrof muhitni muhafaza qilish
Korxonalarni loyihalashda suv havzalarini sanoat oqova suvlaridan va atmosfera havosini sanoat chiqindilaridan ifloslanishiga qarshi chora tadbirlar ko’rish uchun alohida bo’lim ajratib kiritilishi lozim. “Sanoat korxonalarini loyihalashda sanitariya normalari” ning 6 – bo’limiga mos keladigan masofadagi obodonlashtirilgan himoya zonasi bilan ajratilishi kerak.
Atmosfera havosini iflos chiqindilardan himoya qilish uchun shamollatish tarmoqlari, filtrlar, siklonlar, changni ushlab qolgichlar va boshqa chiqindi ushlab qoluvchi yoki tozalovchi uskunalar bilan jihozlash kerak.
Qozonxonaning zarari chiqindi moddalar chiqaradigan tutun quvurlarining balandligi kul, oltingugurt oksidlarini havoda tarqalishini (yoyilishini) hisobga olib aniqlanadi. Bundan tashqari bu bo’lim suv havzalari, yer osti suv manbaini sanoat chiqindi suvlari bilan ifloslanishidan himoya qilish va maksimal darajada chiqindi suvlarini tozalab qayta texnik ehtiyojlar uchun ishlatish, suv resurslarini tejash tadbirlari ko’rsatilishi kerak.
Ishlab chiqarish korxonasidagi chiqindi suvlar shahar oqova suv tarmog’iga
tushirishdan oldin tindirgichlarda tozalanishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |