Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Download 3.37 Mb.
bet53/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

rasm. Magmatik tog‘ jinsi “Granit”.

1-jadval

Tog‘ jinslarining genetik klassifikatsiyasi







Magmatik jinslar

Massiv

Chuqurlikdagi



Granit, sienit, diorit, gabbro



Toshib chiqqan

Porfir, kvars, diabaz, traxit, porfirit, andezit



Bo‘laklangan otilib chiqqan)

Sochiluvchan



Vulqon kuli, pemza



Sementlangan



Vulqon tufi





Cho‘kindi jinslar

Mexanik Cho‘kindilar



Sochiluvchan sementlangan



Giltuproq, qum, shag‘al, qumtosh, konglomerat, brekchiya



Kimyoviy Cho‘kindilar






Gips, angidrit, magnezit, dolomit, ohak tufi, ohaktosh



Orgonogen Cho‘kindilar






Chig‘anoqli ohaktosh, mel, diatomit, trepel



Metamorfik


jinslar




Gneyslar (granitsimonlar), gil, slanetslar, (giltuproqli), marmarlar (ohaktosh, dolomitlar), kvarsitlar (qumtoshlar)





      1. rasm. Struktura turlari (sxemasi)

a) notekis donador; b) tekis donador.
Kvars (SiO2) kristall tuzilishga ega bo‘lib, o‘ta zich, mustahkam va agressiv muxitlarga chidamli. Kvarsning siqilishdagi mustahkamligi 2000 MPa gacha, cho‘zilishdagi mustahkamligi esa 100 MPa gacha bo‘ladi. Qattiqligi jixatidan topaz, korund va olmosdan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. Erish harorati 17000S. Kvars qum sifatida Cho‘kindi tog‘ jinsini asosini tashkil etadi.
Dala shpati magmatik jinslarning 60-70% tashkil etadi. Dala shpatining Ortoklaz (K2O.Al2O3.6SiO2) va Plagioklaz (Na2O.Al2O3.6SiO2albit, CaO.Al2O3.2SiO2- anortit) turlari mavjud. Dala shpatining mustahkamligi (120-170MPa) va chidamliligi kvarsga nisbatan kamroq bo‘ladi. Dala shpati emirilishidan glina kabi Cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi.
Temir-magnezialli silikatlarga olivin, piroksenlar, amfibolalar, magnezialli silikatlarga ikkalamchi minerallar-serpentinlar, xrizotil asbest va boshqalar kiradi.
Alyumosilikatlarga muskavit, flogopit va biotit, gidroslyudalargidromuskovit, gidrobiotit kiradi. Temir magneziallarni va alyumosilikatlarni rangli minerallar (yashil, to‘q yashil, qoramtir va h.k.) deb yuritiladi. Slyudalardan tashqari bu guruh minerallar tog‘ jinslariga yuqori mustahkamlik va nurashga chidamlilikni beradi.
Magmatik jinslar strukturasi va teksturasi bilan farqlanadi. Magmaning chuqurlikda asta-sekin sovushidan to‘la kristalli struktura hosil bo‘ladi. Donalar o‘lchamiga qarab yirik donali (5mm ko‘p), o‘rtacha donali (1-5mm) va mayda donali (0,5-1mm) hamda notekis donador va tekis donador bo‘ladi (3.1-rasm).
Magmatik jinslar asosan massiv teksturaga ega bo‘lib, o‘ta yuqori zichlikka ega bo‘lganligi sababli mustahkam, sovuqqa chidamli, suv shimuvchanligi juda kam bo‘ladi. Ularning siqilishga mustahkamligi 100300 MPa, o‘rtacha zichligi 2600-3000 kg/m3, suv shimuvchanligi 1% kam (hajmiga nisbatan), issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 3 Vt/ (m.0C) atrofida bo‘ladi.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling