Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Download 3.37 Mb.
bet55/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

Giltuproq minerallar guruhiga kaolinit, gidroslyudalar, montmorillonitlar
kiradi.
Kaolinit (Al2O3.2SiO2.2H2O) oq, qo‘ng‘ir yoki yashil aralashgan rangli mineral
bo‘lib, zichligi 2,6 g/sm3, qattiqligi 1. Kaolinit dala shpatlari, slyudalar va boshqa silikatlar nurashidan hosil bo‘ladi. U kaolinli giltuproqlar asosini tashkil qiladi.
Gidroslyudalar slyuda va dala shpatlarining emirilishidan hosil bo‘ladi. Gidroslyuda harorat ta’sirida ko‘pchitilganda hajmi 20 marta kattalashadi va hosil bo‘lgan vermikulit g‘ovak jinsi engil betonga to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Montmorillonit Cho‘kindi jinslarning, xususan giltuproqlarning asosini tashkil qiladi.
Sulfatlar guruhiga gips va angidrit kiradi.
Gips (CaSO4.2H2O) oq, qo‘shimchalar bo‘lsa havorang, sariq, qizil ko‘rinishdagi mineraldir. Zichligi 2,3 g/sm3, qattiqligi 2. Gips qurilish va quyma gips bog‘lovchisi ishlab chiqarishda xom ashyodir.
Angidrit (CaSO4) oq, kulrang, pushti, och havorang yaltiroq mineral. Zichligi 3,0 g/sm3, qattiqlagi 3-3,5. Angidrit mineral bog‘lovchi ishlab chiqarishda xom ashyo bo‘ladi.

      1. rasm. Cho‘kindi tog‘ jinsi “Glaukonit”.



      1. rasm. Cho‘kindi tog‘ jinsi “Qumtosh”.



      1. rasm. Cho‘kindi tog‘ jinsi “Konglomerat”.

Cho‘kindi jinslar qatlamliligi bilan xarakterlanadi. Qatlamlanmagan jinslar teksturasi esa tartibsiz xarakterda bo‘ladi.



Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling