Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Download 3.37 Mb.
bet57/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

rasm. Magmatik tog‘ jinsi “Granit” turlari va qurilish materiallari.

Granit oq, sariq,kulrang, pushti, qizil ranglarda bo‘lib, teksturasi juda chiroyli bo‘ladi. Uning mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi va edirilishdagi qarshiligi yuqori bo‘lgani uchun bino sokollarida, fontan va qirg‘oq qoplamlarida, kislotaga chidamlilik talab etilgan joyda hamda yuqori mustahkamlikdagi beton tayyorlashda yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.


Sienit-kaliyli (50-70%) va natriyli (10-30%) dala shpatlari, rangli minerallardan (10-20%) tashkil topgan. Sienit tarkibida kvars (10-15%) bo‘lsa, sienit kvarsli sienit deb yuritiladi. Sienit pushti, kulrang, ko‘kimtir ranglarda bo‘ladi.


      1. rasm. Tabiiy tog‘jinsi “Sienit” ni olinishi.

Diorit-dala shpati (45-50%), kvars (20-25%), rangli minerallardan iborat. Rangli minerallardan rogovaya obmanka ko‘proq bo‘ladi. Diorit mustahkam (150-300 MPa), sovuqqa chidamli, zarb va edirilishga qarshiligi yuqori jinsdir. Shu sababli koshinlashda, yo‘l qoplamalarida va xaykaltaroshlikda ishlatiladi.

      1. rasm. Tabiiy tog‘jinsi “Doirit” da yasalgan buyumlar.

Gabbro-dala shpati (plagioklaz), kulrang va qoramtir (avgit, olivin) minerallardan iborat. Gabbro zichligi 2,9-3,0 g/sm3, siqilishdagi mustahkamligi 200- 300 MPa.
Gabbro jilolanganda juda chiroyli ko‘ringani uchun xaykaltaroshlikda, koshinlashda ishlatiladi.
Labrodorit-asosan dala shpati va labrodor mineralidan iborat bo‘lib, gabbroning bir turi hisoblanadi. U ko‘k, yashil, sariq va boshqa ranglarda bo‘ladi va jilolanganda toblanadi. Labrodorit koshinlashda, xaykaltaroshlikda ishlatiladi.
Magmatik otqindi tog‘ jinslaridan asosan porfirlar, diabaz, bazalt, andezit va boshqalar qurilishda ko‘p ishlatiladi.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling