Qurilish materiallari va buyumlari cdr
Download 3.37 Mb.
|
Qurilish materiallari va buyumlari cdr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karbonat
Cho‘kindi tog‘ jinslari. Chaqiq cho‘kindi tog‘ jinslari-qum va shag‘al beton uchun to‘ldiruvchi, temir-yo‘l qurilishida ballast sifatida va yo‘l qoplamlarida ishlatiladi. Qum Shisha va keramika ishlab chiqarish sanoatida xom ashyoning asosiy tashkil etuvchisi sifatida ishlatiladi.
Gilli cho‘kindi tog‘ jinslariga kaolinit, kvars, slyuda, dala shpati va boshqa minerallarning 0,01-0,001 mm zarrachalari kiradi. Kaolinli gil kaolinitdan iborat bo‘lib, yorqin ranglarda bo‘ladi. Ular Yog‘lik va olovga bardoshli bo‘lgani uchun keramika ishlab chiqarish sanoatida ko‘p ishlatiladi. Gil sement ishlab chiqarishda asosiy xom ashyodir. Qumtoshlar-kvarsning sementlangan donachalaridan iborat bo‘lib, xarsangtosh pol va tratuarlar uchun plitalar, beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Konglomerat va brekchiyalar tabiiy sementlangan tosh va mayda toshdan iborat bo‘lib, xarsangtosh va to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Gilli Cho‘kindi tog‘ jinslari Markaziy Osiyoda ko‘plab uchraydi. Kimyoviy (xemogen) Cho‘kindi jinslarga karbonatlar, sulfatlar va allitlar kiradi. Karbonatli jinslarga ohaktosh va dolomitlar kiradi. Ohaktosh tarkibida 50% ko‘p kalsit, dolomit tarkibida esa 50% ko‘p dolomit jinslari bo‘ladi. Jins tarkibidagi kalsit va dolomit nisbatiga ko‘ra uning tarkibi toza ohaktoshdan toza dolomitga qadar o‘zgaradi. Karbonatli jinslar tarkibidagi giltuproq aralashgan bo‘lishi mumkin. Karbonat va giltuproq deyarli teng miqdorda aralashsa, bunday jinslar mergel deyiladi. Giltuproq ohaktosh mustahkamligini kamaytiradi. Ohaktosh oq, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, kulrang, xattoki qora rangda, dolomit esa oq, sariq, och qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi. Mavzu: Shisha va moddalarning Shishasimon holati. Shishaning sovuq holatdagi xossalari.Reja: Umumiy ma’lumotlar. Shisha ishlab chiqarish Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari Shishaning turlari Shisha buyumlar va konstruksiyalar M.T. Energiya samarador deraza shisha va shisha paketlarning turlari. Shisha va Shisha tayyorlash jarayoni antik Egipet, Mesopotamiya, Gretsiya va Rimda eramizdan avvalgi 30-40 asrlarda ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga Shisha tayyorlash texnologiyasi turli xududlardan kirib kelgan. O‘zbekistonda mustaqillik tufayli Shisha va Shisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, sexlar ko‘paymoqda. Shular jumlasiga 1996 yilda qurib ishga tushirilgan Chirchiq, Quvasoy Shisha zavodlarini kiritish mumkin. Bundan tashqari bir tomonlama nur o‘tkazuvchi, Shishapaket, rangli va avtomobilsozlik uchun uch qatlamli shishalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Shisha va Shisha buyumlar quyidagi jixatlari bilan klasslarga bo‘linadi: kimyoviy tarkibga ko‘ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va sh.k.); kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.); ishlatilish sohasiga ko‘ra; qurilish, me’morchilik, texnik, Shisha idishlar va Shisha tolalar. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling