Qurilish materiallari va buyumlari cdr
- rasm. Devorbop sopol ashyolarning asosiy turlari: a, b – oddiy va samarali
Download 3.37 Mb.
|
Qurilish materiallari va buyumlari cdr
1- rasm. Devorbop sopol ashyolarning asosiy turlari: a, b – oddiy va samarali gʻishtlar; v – fasadbop kalibrlangan gʻisht; g – boʻshliqli sopol gʻisht va tosh; d –
ikki qatlamli tashqi devorbop panel. Dunyo tarixiy yodgorliklar monitoringi tabiriga, arxitektura obidalarining yarmidan ko‘pi sopol material va buyumlardan qurilgan ekan. Misr, Xitoy, Italiya, Gretsiya, Markaziy Osiyo tarixiy shaharlari sopol materiallar ishlatilishiga yaqqol misoldir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Termiz, Toshkent, O‘tror (Qozoqiston), Ko‘hna Urganch (Turkmaniston), O‘sh (Qirg‘iziston), Moskva-Kreml (Rossiya) va boshqa shaharlar arxitektura yodgorliklari sopol g‘ishtlar, cherepitsalar, buyumlar va qismlardan qurilgan. Bino va inshootlar qurilishida sopol materiallar devorbop, polbop, tombop, poydevorga mo‘ljallangan va bezak ishlari uchun tayyorlangan turli o‘lchamdagi gulli, sirlangan va sirlanmagan plitalar, terrakotalar turlariga bo‘lingan. Inshootlar uchun buyumlar va qismlar o‘lchamlari, mustahkamligi bo‘yicha xilma-xil bo‘lgan. Ma’lumki, qadimda shahar maqomiga ega bo‘lgan yashash xududlari markazlashgan suv va kanalizatsiya ta’minotiga ega bo‘lgan. Bu tizimlarni barpo qilishda asosan sirlangan sopoldan tayyorlangan quvurlar, naylar va suv ko‘tarmalari, quduqlar qurilishida esa, yirik sopol g‘isht bloklari ishlatilgan. O‘zbekiston Respublikasi xududidagi arxitektura yodgorliklari qurilishida ishlatilgan devorbop sopol g‘ishtlarning fizik-mexanikaviy, deformatsion xossalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, ular obdon tozalab yuvilgan soztuproqdan mukammal texnologiyalarga rioya qilinib juda sifatli qilib pishirilgan. Xom loy bir necha kun davomida bir joydan ikkinchi joyga bo‘lak-bo‘lak qilib urib, ko‘chirilib pishitilgan. Pishgan loy tindirilgan, qoliplangan, salqinda quritilgan, 1150-1250 0C haroratda bir maromda pishirilgan va sekin sovutilgan. G‘ishtning sifatiga bo‘lgan talab juda yuqori bo‘lib, maxsus ustolar tomonidan har bir mahsulot ko‘zdan kechirilgan va qo‘ldan o‘tkazilgan. Bunda g‘ishtning rangiga, geometrik shakliga, jarangdorligiga katta ahamiyat berilgan. Bundan tashqari suv shimuvchanligi, sovuqqa chidamliligi o‘ziga xos usullar bilan sinab ko‘rilgan. Darz ketgan, cheti uchgan, egilgan, qabarig‘i yoki botig‘i ko‘p g‘ishtlar obidalar qurilishida ishlatilmagan. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling