Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Mavzu: Loy tuproqli materiallar


Download 3.37 Mb.
bet66/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

Mavzu: Loy tuproqli materiallar.


Reja:

  1. Loy tuproqli materiallar.

  2. Kremnezyom materiallar.

  3. M.T. Qurilish materiallari buyumlarini issiqlik-fizik xossalari.

Tarix manbalarda berilishicha soztuproq asosida tayyorlangan qurilish materiallari va buyumlari insoniyat boshpana qura boshlagan davrdan (eramizdan 8000 yil avval) ishlatib kelingan.
Soz tuproqni suv bilan ishlab, obdon pishitib, tarkibiga suv yuqtirmaydigan turli tabiiy qo‘shimchalar qo‘shib material xossalarini yaxshilashni ota-bobolarimiz yaxshi bilishgan. Xom loydan tayyorlangan bino va inshootlar, hattoki harbiy istehkomlar sivilizatsiyasi qadimdan rivojlangan mamlakatlarda hozirgi kunda ham umuminsoniy qadriyatlar sifatida saqlangan.
Vatanimiz xududida joylashgan Ichan-qal’a, Buxoro Arki, Usti-Yurtdagi qal’a devorlari va harbiy istehkomlar bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Soz tuproqdan material va buyumlar tayyorlashda uning mineralogik tarkibi, dispersligi, tozaligi katta rol o‘ynagan va Xiva.Ichan-kal’a. Chodra xovli. Paxsadan kurilgan. XVII asr zarurat bo‘lganda tuproq suv bilan yaxshilab yuvilgan. Buyum tayyorlashda xom loy bir necha kun davomida obdon tepkilab pishitilgan va tindirilgan. Xom loyni mayinlashtirish (plastifikatsiyalash) va keyinchalik suv yuqtirmasligini (gidrofoblash) oshirish uchun sut zardoblari, toshko‘mir, yog‘och qatronlari eritmalari, dispers armatura vazifasini bajaruvchi qo‘y, echki, tuya, lama va shu qatori hayvonot olami junlari, ularning chiqindilari(shoxi, teri pardasi, tuyog‘i) qaynatmalari (elimlar), tabiiy tolasimon chiqindilar (kanop, paxta, guruch chiqindilari),
shu jumladan qamish keng miqiyosda ishlatilgan.
Aynan xom loy tarkibini to‘g‘ri tanlash, tozalash, modifikatsiyalash, texnologik jarayonlarga rioya qilish ulardan tayyorlangan bino va inshootlarni tashqi tabiiy omillar, zilzilalarga bardosh berib, hozirgi kungacha etib kelishiga sababdir. Hozirgi

kunda xom loy asosidagi bino va inshootlarni tiklash, konservatsiyalash, ularni texnogen ta’sirlardan asrash dolzarb masala hisoblanadi.
Qurilish materialshunosligi tarixidan ma’lumki, kuydirilgan sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish 5-6 ming yil avvaldan ma’lum bo‘lgan.
Oddiy pishgan g‘isht texnologiyasi jarayonlari ketma-ketligi 50 asrdan beri o‘zgarmagan.
Eramizdan 1000 yil avval sirlangan (glazurlangan) g‘isht, terrakotalar, cherepitsalar ishlab chiqarish va bino, inshootlar qurishda ishlatish yo‘lga qo‘yilgan.



Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling