Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Download 3.37 Mb.
bet63/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

Bezash oynasi


Bezash oynasi me’morchilik, dekoratsiya ishlarini bajarishda ishlatiladi. Bezash oynasi rangli, yorqin, yaltiroq, atmosfera muhitiga chidamli va mustahkam bo‘lishi kerak.
Bezash panellari oynasi (stemalit) toblangan polirovkalangan qalin oyna (6 mm) ichki yuzasiga rangli keramik bo‘yoqlar qoplamasi surtilib olinadi. Stemalit jamoat binolari-mehmonxonalar, vazirliklar, ekspomarkazlar va sh.k. larni bezashda ishlatiladi.




    1. rasm. Bezash uchun maxsus oynalar.

Marbilit qalin (12 mm) rangli oyna bo‘lib, bir tomoni polirovkalangan va ikkinchi tomoni esa g‘adir-budurlangan bo‘ladi. Marbilit binolarni ichki va tashqi tomondan bezashda, deraza osti taxtalari, sotuv vitrinalari, ish stollari tayyorlashda ishlatiladi.


Emallangan Shisha plitka 150x150, 150x175 mm o‘lchamlarda, qalinligi 3-5 mm qilib chiqindi oynadan Shisha emali qoplab tayyorlanadi. Emallangan oyna quritilgach xumdonda kuydiriladi. Mahsulot binolarni ichki bezagi uchun ishlatiladi.
Shisha mozaika gilam mozaika va smalt turlariga bo‘linadi. Gilam mozaika 20x20 mm yoki 25x25 mm o‘lchamdagi so‘niq rangli plitkalardir. Smalt rangli Shisha bo‘laklari bo‘lib, badiiy mozaika hosil qilishda ishlatiladi. Gilam mozaika va smalt qurilish- me’morchilikda pannolar, suratlar barpo etishda qo‘llaniladi.
Ko‘zgu oynasi polirovkalangan 4-10 mm qalinlikdagi oynaning bir tomoniga yupqa alyuminiy yoki kumush qoplanib tayyorlanadi. Ko‘zgu oyna binolarni ichki bezagi uchun ishlatiladi.

Shisha buyumlar va konstruksiyalar


Kovakli Shisha bloklar payvandlangan ikki bo‘lakdan iborat bo‘lib, nurni taratuvchi, issiqlik va tovush izolyasiyalovchi xususiyatlarga egadir. Shisha blok ichki
tomonidagi chiziqli bo‘rtmalar nurni taratishga yordam beradi. Ularning nur o‘tkazuvchanligi 65% kam emas, nurni taratishi 25%, issiq o‘tkazuvchanligi 0,4 Vt/mC0 atrofida bo‘ladi. Shisha bloklar rangli va ko‘p bo‘lmali bo‘lishi mumkin. Ular santexkabinalarda, maishiy xizmat, ovqatlanish muassalarida, zinapoya bo‘lmalarida ishlatilishi mumkin. Shisha bloklar temirbeton karkas ichiga maxsus qorishma bilan terilib konstruksiya tayyorlanadi. Ular yonmaslik talablari qo‘yiladigan sanoat va jamoat binolarida ishlatiladi.
Shishapaketlar ikki yoki uch qatlam oynani maxsus ramalarga havo kirmaydigan qilib germetiklar yordamida o‘rnatiladi. Shishapaketlar terlamaydi, issiqlik va tovush izolyasiyalovchi bo‘ladi. Ular oynaning oddiy, toblangan, nur qaytaruvchi va rangli turlari asosida tayyorlanadi.



Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling