Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Download 3.37 Mb.
bet68/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

2-rasm. Sopol g‘isht o‘lchamlari.
Shahrisabz shahridagi oltita yirik arxitektura yodgorliklari devor qismiga ishlatilgan g‘ishtlarni kompleks tekshirishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, ishlatilgan g‘ishtlar zichligi, mustahkamligi, suv shimuvchanligi va defektsizligi bilan deyarli bir xildadir.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 5 obida g‘ishtlarining asosiy xossalari deyarli bir xil, faqat Masjidi Xazrati Imom yodgorligida ishlatilgan g‘ishtlarning mustahkamligi va zichligi boshqa obidalar g‘ishtlarining xossalaridan farq qiladi.


1-jadval Shahrisabz tarixiy yodgorliklarida ishlatilgan g‘ishtlarning asosiy xossalari


Ob’ekt

Zichlik
/o‘rtacha zichlik, g/smz



G‘ovaklik,
%

Suv shimuvchan l ik massa va xajm buyicha, %



Mustahka m lik, MPa

Ultratovush utish tezligi, km/s

Ok Saroy

1,5/2,78

46

24,75/36,67

15,2

3,4

Kuk Gumbaz

1,56/2,76

43,48

26,7/39,5

7,2

2,4

Shayx Shamsitdin Kulol

1,47/2,74

46,35

19,47/32,27

8,2

3,4

Djaxangir Mirzo

1,45/2,79

48,03

25,04/38,9

8,6

2,45

Gumbazi Saidon

1,55/2,58

40,2

24,5/37,1

5,9

2,8

Masjidi Xazrati
Imom

1,7/2,82

39,71

9,79/18,29

22,8

3,3

Bu obidalar devor g‘ishtlarining defektlarini aniqlashda Germaniyadan keltirilgan eng zamonaviy ultratovush asbobini ishlatilishi ahamiyatlidir. Bu asbob yordamida qalinligi 5 metrgacha bo‘lgan turli materiallardan tayyorlangan devorlar, to‘siqlar, inshootlar defektlarini (darzlari, bo‘shliqlari) aniqlash mumkin. Samarqand, Xiva, Buxoro, Toshkent, Shahrisabz arxitektura yodgorliklarida olib borilgan ilmiy- tadqiqot ishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasi xududidagi soztuproq asosida tayyorlangan devorbop, polbop, tombop g‘ishtlarning xossalari juda o‘xshash bo‘lib, markadagi mustahkamligi 50-150 kgs/sm ni tashkil etadi.


Albatta vaqt o‘tishi bilan tashqi tabiiy omillar, keyinchalik texnogen omillar, zilzilalar bu tarixiy obidalarning konstruktiv holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Ayniqsa g‘ishtlarga, koshinlarga suv shimilib muzlashi, ular mustahkamligining pasayishiga, qorishmadan ko‘chishiga, darz va yoriqlar paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Ilmiy-amaliy kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, tarixiy bino va inshootlarning doimo kun tushib turadigan janubiy qismidagi sopol materiallar, xususan g‘ishtlar vaqt o‘tishi bilan shimoliy tomondagi g‘ishtlarga nisbatan tezroq buzilar ekan. Bu ayniqsa rangli sirlangan koshinlarning buzilishi va rangining o‘chishida namoyon bo‘ladi.
Qadimgi tarixiy shaharlarga markazlashgan suv va kanalizatsiya ta’minoti zarurligi sharti bu tizimlarni sopol buyumlar bilan ta’minlashni taqozo etgan. Tarixiy manbalarda berilishicha Shahrisabzdagi Oqsaroyda 1000 xona bo‘lib, asosiy binoning
balandligi 72 metr bo‘lgan va bu balandlikdagi saxnda 2 ta favvora (fontan) simmetrik joylashgan. Favvoralarga suv tog‘dan bir-biriga birikuvchi uzunligi 60 sm diametri 10 sm bo‘lgan sopol quvurlar vositasida (tutash idishlar prinsipida) keltirilgan.
Favvora hovuzlaridan pastga suv xonadan-xonaga o‘tib, pastdagi xonalarni suv bilan ta’minlab, toshxovlidagi ikkita hovuzni to‘ldirgan va o‘ziga xos mikroiqlimni hosil qilgan. Hozirgi kunda ushbu suv inshooti quvurlari namunalari Shahrisabz tarixiy muzeyida saqlanmoqda.
Arxitektura yodgorliklarini restavratsiya qilishda ularda ishlatilgan sopol materiallar, xususan g‘ishtlar xossalariga o‘xshash sopol materiallarni olish texnologiyalarini yaratish, ularni ishlab chiqarish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.



Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling