Qurilish materiallari va buyumlari cdr
Qurilish gipsni ishlab chiqarish
Download 3.37 Mb.
|
Qurilish materiallari va buyumlari cdr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pishirish qozonida qurilish gipsining olinishi
Qurilish gipsni ishlab chiqarishIshlab chiqarish jarayoni asosan gipsni un xoliga keltirish va gipstoshni suvsizlashtirishdan iborat. Gips toshni suzsizlantirish pishirish qozonlarida, aylanma, shaxta pechlarida, bug‘latgich asboblarida va boshqa uskunalarda amalga oshiriladi. Shaxta pechlarga gipstoshi 70-300mm o‘lchamda uzatiladi, aylanma pechlarga 10-35 mm o‘lchamda, bug‘latuvchi asboblarga gipstosh 400 mm bo‘lgan bo‘laklarda beriladi. Gipstosh lunjli, konusli, bolg‘ali maydalagichlarda maydalanadi va shaxta, aerobil sharli tegirmonida un xolatiga keltiriladi. Kuydirilgan moddani asosan sharli va zarbali tegirmonda maydalanadi. Kuritilgan gips oson maydalanadi va kam elektr quvvat sarflanadi. Qurilish gipsni ishlab chiqarish asosiy usullari uch guruhga bo‘linadi: Xom-ashyo oldindan quritiladi, maydalanadi, kukun xolatigacha, so‘ng gips pishirish qozonlarida suvsizlantiriladi. Quritish, maydalash, kuydirish jarayonlarini birlashtirib ishlab chiqarish. Gipstoshini xar xil o‘lchamdagi zarrachalarini shaxta aylanma va boshqa pecharda kuydirish. Pishirish qozonida qurilish gipsining olinishiBu usulda olinadigan qurilish gipsi quyidagi sxema bo‘yicha olinadi. Gipstosh konlaridan 300-500 mm o‘lchamda olib kelinadi va ikki bosqichda maydalanadi qiyin bo‘lganligi sababli, bu jarayonni quritish bilan birlashtirishadi, masalan shaxta yoki rolik-mayatnikli tegirmonlarda maydalangan gipstosh changyutuvchi asboblar tuzumiga yuboriladi. Buning uchun chang Cho‘ktiruvchi kameralar, siklonlar, elektrofiltrlar keng ishlatiladi. Qurilish gipsga termik ishlov berish uchun eng ko‘p tarqalgan asbob - gips pishirish qozoni xisoblanadi. Ular asosan ikki xilda bo‘ladi: kichik -3m3 va katta xajmli 15m3. Pishirish qozoni cho‘yan segmentdan iborat sfera tubli 10, vertikal po‘lat barabandan 1 iborat. Pishirish jarayonida gipsni aralashtirish uchun qozon vertikal vali 12, lopastli 11 aylantirgich bilan ta'minlangan. Qozon qopqoq 5 bilan berkitiladi. Gipsning bir xilda isitish uchun qozon qizitish trubalar 7 bilan ta'minlangan. Yonilg‘i gazlari 3 trubali orqali chiqib ketadi. Vintli konveyer 4 yordamida gipstosh qozonga tushadi, 2 truba orqali suv bug‘lari chiqadi. Kukun xolatigacha maydalangan gipstosh oldindan qizdirilgan uzluksiz aylanuvchi aralashtiruvchi qozonga solinadi. Moddaning birinchi qismi solingandan so‘ng «Qaynash» alomati ko‘ringuncha kutiladi, so‘ngra gips kukuni asta-sekinlik bilan quyib turiladi. Bunda gips xar doim qaynayotgan xolatda bo‘lishiga erishiladi va u o‘z xarakatchanligini saqlab qoladi. Qozonning yon qismidagi shiberli 8 teshik lyuk 9 orqali modda tindirish xonasiga tushiriladi va asta-sekin sovutiladi. Tindirish qurilish gipsning sifatini yaxshilaydi va suvga bo‘lgan talabini kamaytiradi, xamda uning mustahkamligini oshiradi. Bu oz miqdorda qolgan ikki suvlik gips moddaning issiqlik xisobiga yarim gidratga o‘tishi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, eruvchan gidrat ishtirok etgan xolda u tindirish jarayonida gidratlanib yarimgidratga aylanishi mumkin. Pishiruvchi qozonning bir qancha kamchiligi bor: ular davriy ishlovchi asbob xisoblanadi, qozonning ikkala gaykasi va tubi tez yoyiladi, bug‘ bilan chiqib ketadigan gips changini tutib qolish qiyin, kuydirilgan gips oldindan un xolatiga keltirish kerak, gipsning namligi 1%dan ortmagan taqdirdagina yetarli tezlikda jarayon boradi. Qurilish gipsini maydalash va kuydirish jarayonini birlashtirgan usuli bilan quyidagi sxema bo‘yicha olinadi. ombordan gips toshi 1 bunker kelib tushadi va pitatel yordamida 2, lunjli maydalagichga, 21 ga, lentali konveyer 20 va voronka 19 orqali bolg‘ali maydalagich 18 ga keladi va zarrachalaro‘lchami 10-15 mmm bo‘lgunga maydalanadi. Maydalangan moda 3 elevator, 16 pitatel sarflovchi bunker 17 yordamida, Sharli tegirmoniga 15 tushadi va unda xam kuydiriladi va maydalanadi. Tegirmonda moda suvsizlanadi, gazli oqim bilan chiqibseparator 5 dan o‘tadi. Yirik zarrachalar aerojelob orqali yana maydalashga yuboriladi va chang Cho‘ktiruvchi moslama 6, 10, 12 yo‘naltiriladi. Ulardan suvsizlantirilgan gips gazli oqimdan ajraladi va maxsulotlar omboriga yo‘naltiriladi. Tozalangan gazlar ventillar bilan atmosferaga yuboriladi. Ushbu ishlab chiqarishda gipsni birgalikda tuyish (un xolatga keltirish) va kuydirishning texnologik sxemasi bir-biridan asosan o‘ta maydalovchi asboblari bilan bir-biridan farqqiladi. Ularning birida tegirmon bir marta issiqlik uzatgichdan foydalanib ishlaydi, boshqa tegirmonlarda esa tegirmonga gazlarning ma'lum bir qismi chang yutuvchi asboblardan qaytib keladi. o‘ta maydalash va kuydirish sharli tegirmonda 600-7000C xaroratda o‘tadi. Ikki molekula gipsni suvsizlanishi, faqat tegirmonda emas, balki gaz oqimida xam o‘tadi. Bu xolda gips erkin osilgan xolatda kuydiriladi. Sharli tegirmonlar sekin va tez ishlovchi turiga bo‘linadi va olinadigan gipsning sifati ana Shu turlariga bog‘liq. Sharli tegirmonning sekin ishlovchi turida yuqori sifatli gips maxsulotni olish mumkin. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling