Aylanma pechlarda gipsni kuydirish uchun to‘g‘ri va qarshi oqimdan foydalaniladi. Birinchi usulda gipstosh kuydirish boshlanishida yuqori xaroratga uchratiladi. (950-10000C), ikkinchi usul, ya'ni qarshi tokda esa kuydirish oxirida (750- 8000C) xarorat boriladi. Pechdan chiqqan moddani tindirish bunkeriga yuborish yoki tuyish maqsadga muvofiqdir. Un kabi maydalash gipsning xossasini yaxshilaydi, chunki oxirgi maxsulotning sifati qolgan ikki gidratning suvsizlantirish xisobiga yaxshilanishi tezroq boradi. Yuqori sifatli qurilish gipsi olish uchun aylanma barabanlarda bir xil o‘lchamdagi zarrachali maydalangan gips tosh kuydirilishi kerak. Gips ishlab chikarishni texnologik jarayoni uzluksiz bo‘lgani uchun uni avtomatik boshqarish mumkin. Aylanma pechlarda olingan gipsni suvga talabchanligi kam (48- 55%) bo‘ladi va quyidagi sxema bo‘yicha
o‘tadi
2-rasm. Qurilish gipsni aylanma pechlarda kuydirish.
Quydirilgan gips №02 li elakda qoldig‘i 10-12% qolguncha sharli tegirmonda maydalanadi. Qurilish gipsi dumaloq diametri 6-10m li *** saqlanadi.
Yuqori mustahkam gips asosan α-CaSO4∙2H2O dan iborat. Uni, CaSO4∙2H2O ni germetik asboblarda bug‘ bosimi ostida yoki bir xil tuzlarni suvli eritmasida termik ishlovi berilib, so‘ng quritib kukun xolatiga keltirib olinadi. Ishlab chiqarish Shundan iborat xom-ashyoga avval issiq ishlovi beriladi va bunda gips toshidan kristallangan
suv suyuq-tomchi xolatda ajraladi va α- CaSO4∙0,5H2O ga o‘tadi. So‘ng olingan maxsulot quritiladi va maydalanadi (tuyuladi).
Ma'lum bo‘lgan usullar quyidagilarga bo‘linadi:
avtoklav usuli: bunda gipstoshi germetik asboblarda atmosfera bosimidan baland bosimda to‘yingan bug‘ muxitida suvsizlanadi.
atmosfera bosimida bir xil tuzlarni suvli eritmasida gipstosh qayta suvsizlanadi.
Avtoklav usuli o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: 1) suvsizlanishi avtoklavda o‘tqaziladi, quritish – maxsus apparatda amalga oshiriladi. 2) suvsizlanish va quritish birlashib bita asbobda o‘tqaziladi.
Avtoklav ishlovini o‘tqazish – 10-12 soat davom etadi. Quritilgan moda sharli tegirmonda maydalanadi. Bu usulni kamchiligi - issiqlik ishlovi uzoq davomiyligi va yonilg‘i ko‘p sarflanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |