Shaklini yo‘qotish (deformativnost) yarim molekula suvli gips tutib qolish va qotishini birinchi davrda xajmi 0,5-1% ko‘payishi mumkin. Gips buyumlarini oquvchanligini va shaklini yo‘qotish kamaytirish uchun gidravlik qo‘shimchalar ishlatilish tavsiya etiladi, masalan portlandsement qo‘shimchalar.
Turli xil qurilish buyumlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Masalan, devorni qoplash uchun yoki yopish uchun varaqlar, plitalar, to‘ldiruvchi sifatida yog‘och qipiqlari, qozon va domna shlagi hamda kvars qumi ishlatiladi. Qurilish gipsidan xar xil maxsulot tayyorlash mumkin. U issiqlikni o‘tkazmaydigan modda xisoblanadi. Qolibbop gips asosan turli qoliplar tayyorlashda foydalaniladi. Texnik gips esa mashinasozlikda modellar va shakllarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Tibbiyotda qo‘llaniladigan gips bog‘lamlar, ortopedia buyumlar va boshqalarda ishlatiladi.
Mavzu: Qurilish gʻishtlari. Fasadbop sopol plitalar va cherepitsalar.
Reja:
Umumiy ma’lumotlar.
Qurilish gʻishtlari.
Fasadbop sopol plitalar va cherepitsalar.
M.T. Zamonaviy turlari va o‘lchamlari.
Devorbop sopol ashyolarga – oddiy sopol g‘isht, samarali sopol ashyolar (bo‘shliqli g‘isht, g‘ovak-bo‘shliqli, engil bo‘shliqli tosh, blok va plitalar), Shuningdek, g‘isht va sopol toshlardan ishlangan katta o‘lchamli bloklar va panellar kiradi. Devorbop sopol buyumlar ishlab chiqarish hajmi 50% dan ko‘p miqdorni tashkil etadi. Shulardan eng keng tarqalgan devorbop buyumlarning turlari 2.1 - rasmda ko‘rsatilgan. Sopol buyumlari shakliga, o‘lchamlariga, tashqi yuzasini qanday pardozlanganligiga, o‘rtacha zichligiga va qanday texnologiya qo‘llanilganiga qarab guruhlarga bo‘linadi. Masalan, mayda shakldagi g‘isht, yirik sopol bloklari va panellar Shular jumlasidandir. 33 - rasmda ko‘p teshikli va bo‘shliqli devorbop sopol buyumlar
ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |