Qurilish materiallari va buyumlari cdr
Download 3.37 Mb.
|
Qurilish materiallari va buyumlari cdr
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm.
Qurilish g‘ishti. Qurilishda eng ko‘p ishlatiladigan oddiy va ko‘p teshikli devorbop g‘ishtlar oson eruvchan tuproqqa qo‘shilmalar qo‘shib yoki qo‘shilmasiz loydan tayyorlanadi. Bunday g‘ishtlar asosan binolarning tashqi, ichki devorlarini, g‘ishtli bloklar va panellar qurishda ishlatiladi.
Oddiy loy g‘ishti 250x120x65 mm va 250x120x88 mm li o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Devor qurayotganda g‘ishtlararo chok o‘lchami 12 mm dan ortmasligi lozim. Zavodlarning ish unumini rejalashtirilganda g‘isht hajmidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, hajmi 1 m3 ga teng devor qurish uchun 400 ta g‘isht ishlatiladi. G‘ishtning og‘irligi 4 kg dan oshmasligi lozim. Oddiy g‘ishtning xossalari quyidagicha: o‘rtacha zichligi 1600-1800 kg/m3; suv shimuvchanligi kamida 6%; issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,7-0,85 Vt/(m·0C); siqilishga mustahkamligi 7,5-30 MPa; egilishga esa 1,8-4,5 MPa; ayrim xollarda mustahkamligi 20-50% gacha kichik bo‘ladi. Siqilishdagi mustahkamligiga qarab g‘ishtlar 7 markada ishlab chiqariladi: 75, 100, 125, 150, 200, 250 va 300. Muzlashga chidamliligi 15, 25, 35 va 50. Nim quruq usul bilan tayyorlangan g‘ishtlarni poydevor yoki nam, suv ta’sirida bo‘ladigan bino qismlarini qurishda ishlatish tavsiya etilmaydi. 1-rasm. Qurilish g‘ishti. Ko‘p teshikli g‘isht. Bunday g‘ishtlar uchun xom ashyo sifatida tuproq yoki trepel tog‘ jinsli tuproq ishlatiladi. Ko‘p teshikli g‘ishtlar har xil shaklda bo‘ladi. Ko‘pincha to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi, qalinligi bo‘ylab ko‘p teshikli (31 tadan 105 tagacha) devorbop g‘ishtlar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda ko‘p teshikli g‘ishtlar nam va nim quruq usulda qoliplanadi. Tomonlarining o‘lchami oddiy g‘ishtga nisbatan katta bo‘ladi. 34 - rasmda tomonlarining o‘lchami 250x120x88 va 250x120x103 mm ga teng bo‘lgan nam usulda qoliplangan ko‘p teshikli g‘ishtlar tasvirlangan. Ularning zichligi 1300 kg/m3, suv shimuvchanligi esa massa bo‘yicha 18% dan oshmaydi. Nam usulda qoliplangan ko‘p teshikli g‘ishtlar siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha 4 ta markaga bo‘linadi: 75, 100, 125, 150. Besh burchak tomonli chuqurchalar qilib ishlangan g‘ishtlar odatda nim quruq usulda qoliplanadi. Besh tomonli chuqurchalardan iborat bo‘lgan g‘ishtdan terilgan devorda vertikal uzun teshiklar bo‘lmaydi. Ko‘p teshikli g‘ishtlar – 150C da 15 marta muzlatib, eritilganda buzilmasligi kerak. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling