Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Download 3.37 Mb.
bet82/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

Engil vaznli qurilish g‘ishti. Bunday g‘ishtlarni yonuvchan qo‘shilmalar aralashtirib qoliplanadi. YOnuvchan qo‘shilmalar sifatida yog‘och qirindisi, tuyilgan toshko‘mir maydasi va tuyilgan tosh ishlatiladi. YUqori haroratda loydagi yonuvchan qo‘shilmalar (maydalangan g‘o‘zapoya) yonib o‘rnida g‘ovaklar hosil bo‘ladi va g‘isht vazni engillashadi. Hajm og‘irligi , bo‘yicha engil vaznli g‘isht uch sinfga bo‘linadi, ya’ni A sinf – 700 dan 1000 kg/m3 gacha, B – 1000 dan 1300 kg/m3 gacha, V – 1300 dan 1450 g/m3 gacha. Siqilishdagi mustahkamligi bo‘yicha A sinfi – 75, 50, 35, B sinfi
– 75, 50 va V sinfdagi g‘ishtlar esa 100, 75, 50 markalarga bo‘linadi.
Qurilishlarda ko‘p teshikli yoki engil vaznli g‘ishtlarni ishlatish natijasida ishlab chiqarish va g‘ishtni tashishga sarflanadigan xarajatlar kamayadi. Shu bilan birga bunday g‘ishtlardan terilgan devor engil bo‘ladi va o‘zidan issiqlikni kam o‘tkazadi hamda zilzila xududlari uchun qulay.
Yirik kavakli devorbop toshlar. Oddiy g‘ishtlardan devor terish nihoyatda ko‘p mehnat talab qilishi sababli, ko‘pgina qurilishlarda ular o‘rniga yirik kavakli toshlar ishlatiladi. Qurilishda uzunligi 250-290 mm, eni 120-190 mm va qalinligi 138-288 mm bo‘lgan sopol toshlar ko‘plab kavaklar hisobiga kam hajmiy massaga ega bo‘ladi. Yirik kavakli sopol toshlar tik yoki gorizontal kavakli qilib chiqariladi. Qurilishda kavaklari tik joylashgan sopol toshlar ko‘p ishlatiladi. Ammo bunday toshlardan terilgan devorga qorishma ko‘p sarflanadi. Kavaklari tik joylashgan toshlar 150, 125, 100, 75 markalarda chiqariladi. Zichligi 1400 kg/m3 dan katta. Sopol toshlarning og‘irligini kamaytirish maqsadida loy qorishmasiga yonuvchan qo‘shilmalar aralashtirilgan toshqol qo‘shiladi. Sopol toshlar oddiy va ko‘p teshikli g‘ishtlarga nisbatan katta hajmda va birmuncha tejamlidir. Oddiy g‘isht bilan terilgan devorning qalinligi yirik kavakli tosh bilan terilganiga nisbatan 20 – 25% ko‘p bo‘ladi. Yuzi 1 m2 bo‘lgan bunday devorning og‘irligi oddiy qurilish g‘ishtidan qurilganiga qaraganda taxminan 2 marta kam bo‘ladi. Hozirgi kunda qurilishda, ayniqsa, etti va o‘nta teshikli toshlar, Shuningdek, boshqa xil devorbop profilli g‘ishtlar ko‘plab ishlatilmoqda.( rasm).





Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling