Qurilish materiallari va buyumlari cdr
Download 3.37 Mb.
|
Qurilish materiallari va buyumlari cdr
2-rasm. Polimer plastmassali materiallar.
Organik shisha (polimetilmetakrilatlar) shaffof bo‘lib, 1% dan kam ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadi, oddiy oyna esa 70% dan ko‘p nurni o‘tkazadi. Plastmassalarni arralash, teshish, frezerlash, randalash, charxlash va boshqa texnologik ishlov berish oson. Plastmassa buyumlarni o‘zaro va boshqa materiallar (metall, yog‘och, mato va sh.k.) bilan elimlash mumkin. Bu imkoniyatdan foydalanib turli xususiyatlarni o‘ziga mujassam qilgan elimlangan qurilish buyumlari, konstruksiyalari va qismlari tayyorlanadi. Plastmassa buyumlarni payvandlash osonligi ular asosida mustahkam yig‘ma konstruksiyalar tayyorlash imkonini beradi. Mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash usulida truboprovodlar, korroziya muhitidan himoyalovchi gidroizolyasiya qatlamlari hosil qilish va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zi plastmassalarning (polimerlar) yoriqlarisiz o‘ta yupqa pardalar hosil qilish imkoniyati ular asosida korroziyaga bardoshli va pardozlash bo‘yoqlari va loklari tayyorlashga zamin yaratadi. Plastmassalar va boshqa kompozitsion polimer materiallar o‘ziga xos kamchiliklarga ega. Plastmassalarning issiqqa bardoshliligi yuqori bo‘lmay, 700C dan 2000C gacha bo‘ladi. Issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti yuqoriligi plastmassalarning asosiy kamchiliklaridan hisoblanadi. Odatda 25-120.10-6 atrofida bo‘lib, po‘latning ushbu ko‘rsatkichidan 2,5-10 marta ko‘pdir. Plastmassalarning bu kamchiligini boshqa materiallar bilan kombinatsiyalashgan buyum va konstruksiyalar olishda, antikorrozion qoplamalar hosil qilishda, katta o‘lchamdagi konstruksiyalarni yig‘ishda (masalan, truboprovodlar, havoyi konstruksiyalar) hisobga olish zarur. Plastmassalarning bu kamchiligini tarkibiga imkon qadar to‘ldirgichlar kiritish usuli bilan bartaraf etish mumkin. Plastmassalarning kamchiliklaridan biri yuklama ta’sirida vaqt davomida deformatsiyaning ortib borishidir (polzuchest). Bu kamchilik plastmassalar asosida yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan konstruksiyalar tayyorlashda hisobga olinishi kerak. Ba’zi plastmassalar yuqori harorat ta’sirida va yonganda zararli gazlarni ajratib chiqaradi va atrof-muhit yoki xonalarda toksinlashgan sharoitni hosil qiladi. Polivinilxlorid singari termoplastik polimerlar xona harorati va namligi sharoitida ham inson uchun zararli xlor moddasini ajratadi. Plastmassalardan zararli gaz va suyuqliklar ajrlishini bartaraf etish uchun tarkibiga stabilizatorlar qo‘shiladi. Plastmassalarning umumiy kamchiligiga quyosh nuri va kislorod ta’sirida eskirishi kiradi. Plastmassalardan tayyorlangan buyum va konstruksiyalarning asosiy xossalari va muayyan muhitlarga bardoshliligi ularning ishlatilish sohalarini belgilaydi. Plastmassalarning xossalarini tarkibiga turli modifikatorlar kiritib o‘zgartirish, yaxshilash va boshqarish mumkin. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling