Qurilish materiallari va buyumlari cdr
Download 3.37 Mb.
|
Qurilish materiallari va buyumlari cdr
3-rasm. Valsovkalash sxemasi
massa quyish; b) valsovkalash; v) massani bir valikka o‘tkazish; g) massani kesish. Uzluksiz valsovkalash jarayonida massa tirqich orasidan siqilib o‘tishidan tashqari valiklar bo‘ylab ham yoyiladi. SHuning uchun jarayon oxirida ortiqcha massa ikki tomondan pichoq yordamida kesib olinadi. Bu usulda plastmassa komponentlari ezilishi tufayli maydalanadi, polimer, kukun to‘ldirgich va boshqa modifikatorlar yanada mayin aralashadi, hosil bo‘lgan harorat ta’sirida plastiklik ortadi. Plastmassa yuzasiga ishlov berishga mo‘ljallangan oxirgi valik yuzasi silliqlangan va polirovkalangan bo‘lishi kerak. Plastmassalarga issiqlik bilan ishlov berilishi zarur bo‘lsa, valiklar bug‘ yoki elektr isitkich (tenlar) vositasida qizdiriladi. Kalandrlash usulida plastmassa berilgan qalinlikda va kenglikda yumshatilgan polimer qorishmani valiklar orasidagi tirqichdan to‘xtovsiz o‘tkazib lenta shaklida tayyorlanadi. Valiklar soniga ko‘ra kalandrlar ikki, uch, to‘rt, va besh valikli bo‘ladi. Valiklar vertikal, gorizontal G-shaklida, L-shaklida va Z shaklida bo‘lishi mumkin. To‘rt valikli kalandrning ishlash sxemasi 26.2-rasmda berilgan. rasm. To‘rt valikli kalandrning ishlash sxemasi: G-shaklidagi kalandr; b) Z-shaklida kalandr. Kalandr konstruksiyasi ishlov beriladigan plastiklik massaning xiliga qarab (rezina yoki termoplastlar) tanlanadi. Mahsulot yuzasi tekis bo‘lishi uchun ishchi valiklar yuzasi jilolanadi va polirovkalanadi. Kalandr valiklari bug‘ yoki elektr toki yordamida isitilishi mumkin. Ekstruziya usulida polimer materiallar qizdirilgan massani munshtuk (shakl beruvchi teshik) orqali siqib chiqarib shakl berib tayyorlanadi. Ekstruziya usulida profilli uzun o‘lchamli (pogonaj) quvurlar, listlar, plenkalar, linoleumlar, poroizollar va boshqa qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqariladi. Bu usulda diametri F 5-20 mm quvurlar, eni 0,3-1,5 m li plenka va listlar va boshqa o‘lchamdagi buyumlar tayyorlash mumkin. Ekstruziya mashinalari ikki turda bo‘ladi: shnekli (bir va bir necha) va bosim ostida ishlaydigan shprits ekstruderlar. Shnekli yoki chervyakli ekstruderlar plastmassa ishlab chiqarishda keng tarqalgan (26.3-rasm). Ekstruziya mashinalarining ishchi organi vint yoki chervyak bo‘lib, plastik massani sinchiklab aralashtiriladi va vint harakati natijasida bosim ostida munshtukdan siqib chiqarib, shakl beradi. Plastmassa hom ashyosi ekstruderga granula, biser yoki kukun ko‘rinishida solinadi va mashina tashqi qobig‘i ichiga o‘rnatilgan maxsus isitkichlar yordamida qizdirib yumshatiladi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling