OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI HUZURIDAGI SHAROF RASHIDOV POLITEXNIKA TEXNIKUMI
“Qurilish materiallari va buyumlari”
fanidan
BAHOLASH MEZONI
“Sanoat texnologiyalari”
|
|
kafedrasi mudiri:
|
Z.Po‘latova
|
|
O‘qituvchi:
|
N.O‘.Eshqulov
|
|
Toshkent 2022-yil
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
O‘quv moduli davomida o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha amaldagi tartib asosida baholanadi. Baholash usullari yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular o‘quv elementini o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga hamohang bo‘lishi lozim.
Baholash tizimi: Joriy baholash mezonlari
A’lo bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini atroflicha tushungan bo‘lsa;
vazifani mustaqil ijodiy yondashib bajara olsa;
chizgan xaritalarining mazmunini tushunsa, to‘g’ri bayon qilib bersa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to‘g’ri tasvirlasa;
ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |