Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Polimer materiallar tayyorlash texnologiyasi asoslari


Download 3.37 Mb.
bet91/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

Polimer materiallar tayyorlash texnologiyasi asoslari


Kompozitsion polimer materiallar (KPM) tayyorlash texnologiyasi ularning tarkibi, bog‘lovchining turi va ishlatish sohasi bilan belgilanadi. Polimer materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: komponentlarni tayyorlash va dozirovkalash, polimer kompozitsiyasini qorishtirish, issiqlik bilan yoki kimyoviy (radiatsion usulda ham) usulda qotirish va omborxonalarga joylashtirish. Polimer buyumlarga ishlov berishning quyidagi asosiy usullari mavjud: valsovkalash, kalandrlash, ekstruziya, presslash, quyish, surkash, shimdirish, sepish, payvandlash, elimlash va boshqalar.
Polimer materiallar va buyumlar olish texnologiyasi nozik hisoblanib, jarayonlarning borishi o‘ta aniqlikda bo‘lishi talab etiladi. Komponentlarni dozirovkalash, boshqa turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga nisbatan, 10-
100 marta aniqlikni talab etadi. Bunda ayniqsa qotiruvchi, stabilizator,
plastifikatsiyalovchi va shu kabi oz miqdorda qo‘shiladigan komponentlarni dozirovkalash o‘ta nozik operatsiyalar hisoblanadi.
Polimer kompozitsiyalarni tayyorlash ma’sul operatsiya bo‘lib, olinayotgan mahsulot tarkibining bir xilligi va xossalariga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Qorgichlar konstruksiyasi va ishlash xarakteri qoriladigan kompozitsiyaning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot turiga qarab uzluksiz va davriy tartibda ishlaydigan qorgichlar ishlatilishi mumkin. Odatda qorgich va boshqa texnologik uskunalar kislotalar va ishqorlar ta’siriga bardoshli metall qotishmalaridan yasaladi.
Polimer buyumlarga ishlov berishning asosiy usullari Valsovkalash usulida plastmassa bir-biriga qarama-qarshi aylanadigan valiklar
orasidagi tirqichdan siqilib o‘tish hisobiga shakllanadi. Ishlov berilayotgan massa 2 valiklar 1 va 3 orasidagi tirqichdan bir necha marta o‘tkaziladi va yaxshilab aralashtiriladi, keyin bitta valikga o‘tkaziladi va pichoq 4 yordamida kesiladi.



Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling