2- mavzu. Gipskartonli qoplamalar va panellar, gipstolali qoplamalar


Download 1.18 Mb.
bet1/13
Sana21.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1376372
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-ma\'ruza Gipskartonli qoplamalar va panellar (2)



2- Mavzu. Gipskartonli qoplamalar va panellar, gipstolali qoplamalar

Reja:



1. Gipskartonli qoplamalar va panellarni tayyorlash.
2. Gipskarton qoplamalarining turlari.
3. GKQ ning fizik-texnik tavsiflari va qurilish xossalari

1. Gipskartonli qoplamalar va panellarni tayyorlash
Gipskartonli qoplamalar β modifikatsiyali gipsdan tayyorlangan qoplamali pardozlash materiali hisoblanib, mineral tolalar bilan armaturalangan va ikki tomonidan yuqori sifatli ko‘p qatlamli presslangan qalinligi 0,6 mm dan ko‘p bo‘lmagan, karton yelimli modda bilan yelimlangan (dekstrin, kazein yelim, suyuq shisha). Bundan materiallardan tashqari, GKQ larni ishlab chiqarishda ularning massasini kamaytiruvchi moddalar ham qo‘llaniladi; gips-digidrat– qotish tezligi vaqtini me’yorlash uchun, sulfatli achitgich bardasi va ko‘pik hosil qiluvchi qo‘shmalar (kazein, kanifol, kaustik soda) qo‘shiladi.
KNAUF gipskartonli qoplamalarni tayyorlash bu uzluksiz ishlab chiqarish jarayonidir.
Uzluksiz harakatdagi aralashtirgichda qurilish gipsidan, suv va boshqa qo‘shilmalarlardan gips suspenziyasi (hamir) tayyorlanadi.
Bu suspenziya ko‘p sonli shlanglardan bir tekisda chiqadi va harakatlanayotgan karton qoplamaga taqsimlanadi. Tayyorlanish jarayonida qoplamalar teskari tomoni bilan balandga qaratib qo‘yiladi, karton esa gipskarton qoplamaning yuzasi bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish tizimining boshqa tomonidan uzatiladigan karton-asos esa suspenziyaga qo‘yiladi va qoplamaning kerakli qalinligiga sozlangan, shakl beruvchi reyka orasidan o‘tadi. GKQ ning yuza tomoni hisoblangan karton, bu etapda, chetlari qayrilib, gips suspenziyasi uchun yopiq qobiq hosil qiladi.
Qoplamalar tayyor bo‘lgandan keyin, konveyer tasmasi bo‘yicha harakatlanib, butun ishlab chiqarish tizimidan, ya’ni qotish boshlanishi uchastkasidan, roliklar seksiyasi orqali qaychilarga o‘tadi. Harakatlanish davomida gipsli o‘zak qotishga yoki tutashishga ulguradi va qoplamaning teskari tomoniga oqimli printer yordamida barcha kerakli ma’lumotlarni yozib chiqadi (nomi va mahsulot turi, ishlab chiqarilgan mos kuni va vaqti).
Qaychilar uzun gipskarton qoplama yo‘lagini kerakli uzunlikdagi bo‘laklarga bo‘lib kesib chiqadi. Bundan keyin uncha katta bo‘lmagan qoplamalar ag‘darilib, ko‘p sathli quritish blokiga yuboriladi. Quritish davomida suspenziyani tashkil qilish uchun qo‘shilgan ortiqcha suv parlanadi.
Qurigandan keyin gipskarton qoplamalar tekislanadi va palletlarga terib qo‘yiladi. Keyin palletlar omborxonalarga borib tushadi.
GKQlar ni ishlab chiqarishning texnologik tizimining asosiy birikmalari 2.1.-rasmda keltirilgan.
Gips o‘zagidan va karton qobig‘idan tashkil topgan gipskarton qoplama, qurilish buyumi hisoblanib, uncha katta bo‘lmagan qalinligiga qaramasdan, anchayin egilishga bo‘lgan mustahkamlikga ega, bu mustahkamlikga ega bo‘lish uchun unga tarkibidagi tolalar yordam beradi, bundan tashqari, gips o‘zagini o‘rab turgan karton ham qo‘shimcha armatura vazifasini bajaradi.
KNAUF kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gipskarton qoplamalar Yevropa standartlariga to‘la javob beradi (DIN 18180, GOST 6266-97, DSTU BV.7-95-2000), bundan tashqari ular №3859-85 sonli qurilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan polimer materiallar va konstruksiyalar ro‘yxatiga to‘liq javob beradi. Ular inson uchun zararsizdir va turar joy hamda fuqaro qurilishining sanitar gigienik talablariga to‘la javob beradi.

2.1.-rasm. Gipskarton qoplamalarini ishlab chiqarishning soddalashtirilgan sxemasi:
1-qoplamalarning yuqori yuza tomoniga mo‘ljallangan o‘ramli karton; 2-gips uchun idish; 3-suv uzatgich; 4-aralashtirgich (gipsaralashtirgich); 5- qoplamalarning orqa tomoniga mo‘ljallangan o‘ramli karton; 6-shakl beruvchi moslama; 7- qoplamalarni kesish moslamasi; 8-qoplama uzatgich; 9-yuklash ko‘prigi; 10-quritish kamerasi; 11,12-tushirish ko‘prigi; 13-GKQlarni qadoqlash joyi; 14- shtabellovchi mexanizm.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling