2- mavzu. Gipskartonli qoplamalar va panellar, gipstolali qoplamalar


GKQ ning fizik-texnik tavsiflari va qurilish xossalari


Download 1.18 Mb.
bet6/13
Sana21.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1376372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-ma\'ruza Gipskartonli qoplamalar va panellar (2)

3. GKQ ning fizik-texnik tavsiflari va qurilish xossalari
Gipsdan qilingan material va buyumlarning fizik-texnik tavsiflari gipsning navi, qorganda qo‘shiladigan suvning miqdori, tarkibning donadorligi, tozaligi, kuydirish harorati va gips qorishmasiga qo‘shiladigan, qo‘shilmalar bilan aniqlanadi. Gipsning yuk ostida deformatsiyalanishi yukning miqdori, gipsning g‘ovakligi va namligiga bog‘liqdir. Bu hollarda deformatsiyalar qayishqoq (asliga qayta oladigan) va plastik qayishqoqmas (qoldiqli) bo‘lishi mumkin. Gipsning plastik deformatsiyasi ayniqsa uni uzoq vaqt yuk ostida ushlaganda bilinadi, qaysiki yukni oshirmaganda ham deformatsiyalanish davom etaveradi. Bunaqa plastik deformatsiya sudralma deformatsiya deb ataladi. Gipsning deformatsiyalanishi uning g‘ovakligi va namligi oshishi bilan oshadi.
Foydalanish sharoitlarida GKQ lar iqlimiy faktorlarning yani, atrof muhitning o‘zgaruvchan namligi, haroratning tushib ko‘tarilishi, ultrabinafsha va infraqizil nurlanishlar ta’sirida bo‘lib, egilishga, cho‘zilishga, siljishga ishlaydi. Bunday sharoitlarda ishlagan GKQ larning fizik-texnik tavsiflarini ma’lum darajada laboratoriya sharoitlarida, namunalarni yuk ostida sinash yo‘li bilan va yuqorida ko‘rsatilgan faktorlar ta’sirida ularning xossalarini o‘rganish natijasida aniqlash mumkin. GKQ namunalarini mustahkamlikga sinashning tajribaviy sxemalari 2.5.-rasmda ko‘rsatilgan.
GKQ namunalarini mustahkamlikga sinashning natijalari 2.3.- jadvalda keltirilgan.
Massasi bo‘yicha 1% suv shimigan GKQ ning egilishga bo‘lgan mustahkamligini yo‘qotishi 20%ni, 10% shimigan – 70% ga teng. Quritilgandan keyin oldingi mustahkamlik mikdorlari qaytariladi.

2.5.- rasm. GKQ namunalarini mustahkamlikga sinashning sxemalari
a – siqilishga; b – cho‘zilishga; v – siljishga; g - Brinell bo‘yicha qattiqlikga;
d – egilishga
2.3.- jadval


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling