Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi


Download 0.93 Mb.
bet1/8
Sana11.08.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1666383
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gipskartonli qoplamalar va panellar, gipstolali qoplamalar.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI
FAKULTETI
“Qurilish texnologiyasi tashkiliyoti” kafedrasi
“Zamonaviy qurilish materiallarini qo’llanish texnologiyalari” fanidan

Mustaqil ish


MAVZU. Gipskartonli qoplamalar va panellar, gipstolali qoplamalar.


Bajardi: 11-15-guruh
talabasi Abdurazokov Sh.
Qabul qildi: Turg’unboyev U.

Toshkent 2018


Reja:


1.Gipskartonli qoplamalar va panellarni tayyorlash.
2. Gipskarton qoplamalarning turlari .
3.GKQ ning fizik-texnik tavsiflari va qurilish xossalari

1.Gipskartonli qoplamalar va panellarni tayyorlash.

Gipskartonli qoplamalar -listlar β modifikatsiyali gipsdan tayyorlangan listli pardozlash materiali hisoblanib, mineral tolalar bilan armaturalangan va ikki tomonidan yuqori sifatli ko‘p qatlamli presslangan qalinligi 0,6 mm dan ko‘p bo‘lmagan, karton elimli modda bilan elimlangan (dekstrin, kazein elim, suyuq shisha). Bundan materiallardan tashqari, GKL larni ishlab chiqarishda ularning massasini kamaytiruvchi moddalar ham qo‘llaniladi; gips-digidrat– qotish tezligi vaqtini sozlash uchun, sulfatli achitgich bardasi va ko‘pik hosil qiluvchi qo‘shmalar (kazein, kanifol, kaustik soda).


KNAUF gipskartonli listlarni tayyorlash bu uzluksiz ishlab chiqarish jarayonidir.
Uzluksiz harakatdagi aralashtirgichda qurilish gipsidan, suv va boshqa qo‘shilmalarlardan gips suspenziyasi (hamir) tayyorlanadi.
Bu suspenziya ko‘p sonli shlanglardan bir tekisda chiqadi va harakatlanayotgan karton listiga taqsimlanadi. Tayyorlanish jarayonida listlar teskari tomoni bilan balandga qaratib qo‘yiladi, karton esa gipskarton listining yuzasi bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish tizimining boshqa tomonidan uzatiladigan karton-asos esa suspenziyaga qo‘yiladi va listning kerakli qalinligiga sozlangan, shakl beruvchi reyka orasidan o‘tadi. GKL ning yuza tomoni hisoblangan karton, bu etapda, chetlari qayrilib, gips suspenziyasi uchun yopiq qobiq hosil qiladi.
Listlar tayyor bo‘lgandan keyin, konveyer lentasi bo‘yicha harakatlanib, butun ishlab chiqarish tizimidan, ya’ni qotish boshlanishi uchastkasidan, roliklar seksiyasi orqali qaychilarga o‘tadi. Harakatlanish davomida gipsli o‘zak qotishga yoki to‘tishga ulguradi va listning teskari tomoniga oqimli printer yordamida barcha kerakli ma’lumotlarni yozib chiqadi (nomi va mahsulot turi, ishlab chiqarilgan mos kuni va vaqti).
Qaychilar uzun gipskarton listi yo‘lagini kerakli uzunlikdagi bo‘laklarga bo‘lib kesib chiqadi. Bundan keyin uncha katta bo‘lmagan listlar ag‘darilib, ko‘p sathli quritish blokiga yuboriladi. Quritish davomida suspenziyani tashkil qilish uchun qo‘shilgan ortiqcha suv parlanadi.
Qurigandan keyin gipskarton listlar tekislanadi va palletlarga terib qo‘yiladi. Keyin palletlar omborxonalarga borib tushadi.
GKLlar ni ishlab chiqarishning texnologik tizimining asosiy birikmalari 2.1.-rasmda keltirilgan.
Gips o‘zagidan va karton qobig‘idan tashkil topgan gipskarton list, qurilish buyumi hisoblanib, uncha katta bo‘lmagan qalinligiga qaramasdan, anchayin egilishga bo‘lgan mustahkamlikga ega, bu mustahkamlikga ega bo‘lish uchun unga tarkibidagi tolalar yordam beradi, bundan tashqari, gips o‘zagini o‘rab turgan karton ham qo‘shimcha armatura hisoblanadi.
KNAUF kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gipskarton listlar Evropa standartlariga to‘la javob beradi (DIN 18180, GOST 6266-97, DSTU BV.7-95-2000), bundan tashqari ular №3859-85 sonli qurilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan polimer materiallar va konstruksiyalar ro‘yxatiga to‘liq javob beradi. Ular inson uchun zararsizdir va turar joy hamda fuqaro qurilishining sanitar gigienik talablariga to‘la javob beradi.




1.-rasm. Gipskarton listlarini ishlab chiqarishning soddalashtirilgan sxemasi:
1-listlarning yuqori yuza tomoniga mo‘ljallangan rulonli karton; 2-gips uchun idish; 3-suv uzatgich; 4-aralashtirgich (gipsaralashtirgich); 5- listlarning orqa tomoniga mo‘ljallangan rulonli karton; 6-shakl beruvchi moslama; 7- listlarni kesish moslamasi; 8-list uzatgich; 9-yuklash ko‘prigi; 10-quritish kamerasi; 11,12-tushirish ko‘prigi; 13-GKLlarni paketlash joyi; 14- shtabellovchi mexanizm.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling