Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi
Download 0.93 Mb.
|
Gipskartonli qoplamalar va panellar, gipstolali qoplamalar.
GKL ning termik qarshiligi
GKL lardagi yuqori g‘ovaklik xonalarning namlik rejimini boshqarishga imkon beradi. Ortiqcha namlik GKL tomonidan tezda singdirilib olinadi va xonalarda nisbiy namlik kamayishi bilan shunchalik tezda qaytarib beradi, bunda albatta namlik o‘tkazadigan bo‘yoqlar,oboylar va boshqa "nafas oladigan" qoplamalar ishlatilishi kerak. GKL larning bu sifati xonalarda mikroiqlimni doimiyligini saqlash uchun juda ham samaralidir. Xonalari GKL bilan pardozlangan binoning ijobiy issiqlik rejimi GKL materialining kichik issiqlik o‘tkazuvchanligiga ega bo‘lganligi tufaylidir. GKL olovga turg‘un buyum hisoblanadi. Ular amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalari (KMvaK 21-01-97*), hamda davlat standartlari (GOST 30244, GOST 12.1.044, GOST 12.1.004-91*) bilan tartiblanuvchi yuqori yong‘in-texnik tavsiflarga ega. SHuning uchun gipskarton listlari, olovga turg‘unlik bo‘yicha barcha darajadagi turar joy, jamoat va sanoat binolarinig konstruksiyalarini, konstruktiv sinflarini va olovga xavfli sinflarini, xoxlagan regionlarda qurilgan, qurilishning muhandislik-geologik shartlariga qaramasdan, hattoki seysmik rayonlarda ham, olovdan himoya qilish uchun keng qo‘llaniladi. SHu bilan birga,barcha hollarda me’yoriy talablar so‘zsiz bajarilishi kerak. Amaldagi standartlarga asosan GKL, GKLO va GKLVO lar 20 minutdan kam bo‘lmagan vaqt orasida ochik olov ta’siriga qarshilik ko‘rsata olishi kerak. GKL, GKLV, GKLO va GKLVO gipskarton listlari quyidagi guruhlarga ta’luqlidir: • yonuvchanligi – G1 (GOST 30244); • alanga oluvchanligi – V3 (GOST 30402); • tutun hosil qilish qobiliyati – D1 (GOST 12.1.044); • toksinligi – T1 (GOST 12.1.044). Bundan ham aniqroq ko‘rish uchun, gipsning kimyoviy xossalariga murojat qilamiz. Gips materiallarining ko‘proq qismini, digidrat deb ataladigan gidratli zina ko‘rinishida bo‘ladi. Digidratning kimyoviy formulasi- SaSO4 x 2N20 yoki boshqacha aytganda, ikki molekulali suvli sulfat kalsiydan tarkib topgan kristallik panjara. Miqdoriy ifodada bu qalinligi 15 mm bo‘lgan bir dona gipskarton listning bir metr kvadratida 3 litr atrofida suv borligini bildiradi. Bu kristalik suvni isitish va parlantirish uchun 8400 kilodjoul (2000 kiloqaloriy atrofida) kerak bo‘ladi. Listning orqa tomondagi yuzasida harorat 100 0S dan oshmaydi. Parallel holda gips qatlamining issiqni izolyasiya qilish xossasi yaxshilanadi. Olovga turg‘un KNAUF GKLO listlarida o‘zak qo‘shimcha ravishda shisha tolasi yordamida armaturalanadi, bu esa gips qatlamining ichki bog‘lanishini oshiradi va armatura funksiyasini bajaradi. Olovga turg‘un "Fireboard" tipidagi KNAUF listlari ikki tomondan yonmaydigan shisha xolstidan iborat qoplamadan tashkil topgan. Maxsus tola bilan armaturalangan yuqori sifatli gips o‘zagi bilan birga yuqori yong‘inga qarshi talablarga javob beradigan list olamiz. Aytib o‘tish kerakki, qiska vaqt ichida yuqori haroratli ta’sir o‘tkazish, (bir necha minut), masalan, GKL yuzasiga bosim ostida plenka yopishtirishda, qachonki harorat 120oS ga etishi mumkin, materialning mustahkamlik xossalariga hech qanaqa o‘zgarish yuz bermaydi. GKL lardan himoya konstruksiyalarini qurish texnologiyasi yuqori sifat ovoz izolyasiyasini ta’minlashga imkon beradi. GKL lardan qilingan pardevorlarning konstruksiyasi va ularning mahkamlanishi yuk ko‘taruvchi hisoblanmaydi, ya’ni, orayopma konstruksiyalaridan yukni qabul qilmaydi, ammo ularning karkas bilan birga bikrligi 9 metr balandlikgacha ega bo‘lgan pardevorlarga qo‘yiladigan talablarga mosdir. SHu bilan birga, pardevorlarga ta’sir etuvchi gorizontal yuklarning miqdoriga nisbatan ularning balandligini chegaralash zaruriyatiga doim e’tibor qaratish kerak. Bu yuklarni xonalarning vazifasiga qarab aniqlash mumkin va bu yuklarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1) turar joy, ofislar, davolash muassalari, odamlar soni uncha katta bo‘lmagan mehmonxonalarning xonalari; 2) o‘quv muassalari, tomosha va raks zallari, vыstavka komplekslari, odamlar soni ko‘p bo‘lgan transport va savdo korxonalarining xonalari. Albatta, bu ko‘rsatilgan hollarda GKL lardan qilingan yuk ko‘tarmaydigan himoya konstruksiyalarini mos keladigan gorizontal yuklarga loyihalash kerak, bunda ikkala holda ham yuk ko‘taradigan pardevorlarning o‘rtasidagi egilishi ularning balandligiga nisbatan 1/150 dan oshmasligi kerak (2.6.-rasm). Metall va yog‘och karkaslari bilan birga GKL lardan qilingan yuk ko‘tarmaydigan himoya pardevorlari, shunday bo‘lsa ham yuqori yoriqga bardoshlilik va etarli mustahkamlikga ega konstruksiya bo‘lib hisoblanadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling