Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi


Download 0.93 Mb.
bet8/8
Sana11.08.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1666383
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gipskartonli qoplamalar va panellar, gipstolali qoplamalar.

6.- rasm . Pardevorga
qo‘yilgan gorizontal yukning
sxemasi.

Ularning mustahkamligi o‘zining massasi, hamda gorizontal va siljuvchi yuklarni ko‘tarishga hisoblangan.


YUk ko‘tarmaydigan himoya konstruksiyalarining bu yuklarni kuchlanishlar to‘planish joylarida yoriqlar paydo bo‘lmasdan qabul qilish qobiliyati, qo‘llaniladigan materiallarga,konstruksiyalar turlariga va yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarga biriqish ko‘rinishlariga (bikr yoki ko‘chish qobiliyatiga ega), ya’ni pollarga, bo‘shliqlarga, hamda biriqish konstruksiyalarining ko‘chishi natijasida hosil bo‘ladigan yuklarga bog‘liqdir.
YUk ko‘tarmaydigan himoya konstruksiyalari uchun eng ko‘p xavf tom konstruksiyalarining egilishidan kelib chiqadi chunki ularning ta’siri ostida himoya konstruksiyalarida g‘ijimlash deformatsiyasi, yoriqlar, yuzasida va yuzasidan tashqarida egilishlar kelib chiqadi. SHunday bo‘lsa ham, yuk ko‘tarmaydigan himoya konstruksiyalarining elementlarini maxsus sinovlari shuni ko‘rsatdiki [2,16], hattoki to‘liq va joylari bilan tayanadigan, tom konstruksiyalariga yopishib turgan yuk ko‘tarmaydigan devorlarning birikmalarining bir metridagi katta yuklarda ham (1,5 t/m gacha), 3,5 mm egilishda GKL larda yoriqlar hosil bo‘lmagan. CHegaraviy yuklarda GKL ning o‘zida va profillarida mahalliy deformatsiyalar va g‘ijimlanishlar kuzatiladi, ammo bunday yuklar yuk ko‘tarmaydigan himoya konstruksiyalarining vazifasiga kirmaydi.
YUk ko‘tarmaydigan himoya konstruksiyalarining bunaqa mustahkamlik tavsiflari ularni, yuk ko‘taradigan devorlar orqali shamol kuchlarini (160 kN/mgacha) qabul qilish imkoniyatiga ega, diafragma sifatida ishlatish mumkinligini oldindan belgilab qo‘ydi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatdiki, balandligi 2,75 m devorlarining qalinligi 0,6 mm bo‘lgan karkas ustunlariga massasi 2t. li va devorlarining qalinligi 0,7 mm bo‘lgan karkas ustunlariga esa 3t. li konsol yuklarini osish imkoniyati borligini tasdiqladi. Pardevorlarning bunday yuqori mustahkamligi tom konstruksiyalarining egilishini inkor etishga sabab bo‘lmasligi kerak. SHuning uchun mo‘ljallangan yuklamalarda oraliq tom konstruksiyalarini egilishini oldini olish uchun, tom konstruksiyalarini bikrligini etarli zaxira bilan loyihalash lozim. Bundan tashqari, oraliq tom konstruksiyalarining betonini siljuvchanligini hisobga olib, yuk ko‘tarmaydigan pardevorlarni iloji boricha monolit tom konstruksiyalarning opalubkasini olgandan so‘ng anchadan keyin montaj qilish maqsadga muofiqdir. YAna shuni ko‘zda to‘tish kerakki, gipskarton listlarini ho‘llaganda (20 mino‘tga suvga chukdirganda) 20 minutdan keyin ularning mustahkamligi 20% ga kamaygan. Bu shuni ko‘rsatadiki, GKL, shu bilan birga impregnirlangan listlar uzoq vaqt davomida suvning ta’siri ostida bo‘lmasligi kerak. Bunday hollarda mustahkamlikning pasayishi bilan birga GKL larda deformatsiya (yuzasidan) ham yuzaga keladi. Qattiq namlanganda GKL shiftlarining osilishini kuzatish mumkin (gips o‘zagining kengayishi hisobidan) va xuddi shu sabab devor konstruksiyalarining yuzalarida esa burtirmalar hosil bo‘ladi. SHuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, deformatsiyalangan GKL larni quritgandan keyin ular asosan yana o‘z holiga kelgan.
Ho‘l GKL larni konstruksiyalarda qo‘llash yoki ishlov berish mumkin emas. Ammo, qurigandan keyin ular o‘zining qurilish xossalarini qaytib tiklaydilar.
Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling