Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi


Download 0.93 Mb.
bet6/8
Sana11.08.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1666383
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gipskartonli qoplamalar va panellar, gipstolali qoplamalar.

p/p

9,5 mm li GKL ni sinash

CHegaraviy miqdorlari, N/mm²

1

YUzasini siqish

8…9,5

2

qirralarini siqish



7…10

3

Karton tolalariga ko‘ndalang siqish
Karton tolalariga bo‘ylama siqish

1…1,2
1,8…2,5

4

Karton tolalariga ko‘ndalang siljish
Karton tolalariga bo‘ylama siljish

3,5…4,5
3,5…4

5

Karton tolalariga ko‘ndalang egilish
Karton tolalariga bo‘ylama egilish

450
150

6

Brinell bo‘yichaGKL yuzasining qattiqligi

15

Iqlimiy faktorlarning ta’siri ostida GKL larning qurilish xossalari quyidagicha belgilangan [2]:


Muvozanatli namlik, massasi bo‘yicha % da, harorati 20 ºS va havoning nisbiy namligi 65% bo‘lganda ≈ 0,5.
• Suv parining 2 soatdagi yig‘ilishi, massasi bo‘yicha % da ≈ 3.
• Erkin cho‘zilishda kirishib qiskarish va shishishning miqdori, mm/m, harorati 20 ºS va havoning nisbiy namligi 65% dan 95% gacha bo‘lganda ≈0,2.
• Qalinligi bo‘yicha shishishi, mm/m, harorati 20 ºS va havoning nisbiy namligi 65% dan 95% gacha bo‘lganda ≈ 1,0.
• Suv parlari diffuziyasiga qarshilik koeffitsenti 8 ga teng.
Par singishi koeffitsenti, kg/(c∙m∙Pa): 0,009…0,023.
• Suv parini shimib olish ,g/m², absolyut namlikning 1 g/m³ ∙soat oshishida:
ishlov berilmagan GKL (GKV) turidagi listlar 2,29
xuddi shunday,elimli bo‘yoq bilan bo‘yalgan 3,03
xuddi shunday, lateks bo‘yog‘i bilan 1,70
xuddi shunday, oboy yopishtirilgan (170 g/m²) 2,66
xuddi shunday, moyli bo‘yoq bilan 0,16
GKL larning ultrabinafsha nurlarga turg‘unligi ular rangining o‘zgartirish imkoniyati bilan tavsiflanadi, bunda 50 mm qalinlikga ega gips turg‘unligi 0,2 mm bo‘lgan qo‘rg‘oshin turg‘unligiga tengdir (DIN 6812 me’yorlari bo‘yicha).
GKL va GKLO larning ikki soat davomida suvda turganida, ularning suv shimishi massasi bo‘yicha 30% ni, GKLV va GKLVO larniki esa 10% ni tashkil etadi.
Ikki soat suvda turgandan keyin, havoning harorati 20ºS va nisbiy namligi 65% bo‘lgan sharoitda, quritish vaqti GKL va GKLO lar uchun -70 soat, GKLV va GKLVO lar uchun esa – 15 soatni tashkil etadi.
Vertikal turgan GKL larda suvning kapilyar ko‘tarilish balandligi 24 soat ichida GKL (GKB) va GKLO (GKF) lar uchun – 210 mm, GKLV (GKBI) va GKLVO (GKFI) lar uchun esa – 20 mm ni, 20 sutkadan keyin esa tegishli ravishda 380 va 45 mm ni tashkil etadi.
Uzoq vaqt davomida suv ta’sirida bo‘lgan GKL larda sezilarli darajada kartonni gips o‘zagidan ajralish holatlari kuzatilishi mumkin.
Gipskartonning issiqlik texnikasi xossalari quyidagi ko‘rsatgichlar bilan tavsiflanadi:
• Issiqlikdan kengayish koeffitsenti taxminan 0,0018 mm/m ni tashkil etadi.
• DIN 4108 (4-qism) me’yori bo‘yicha hisob qiymati sifatida tavsiflanadigan issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,21 Vt/(m∙K) ni tashkil etadi.
• Gipskarton listlarning qalinligiga nisbatan termik qarshiligining 1/I ko‘rsatgichlari 2.4.-jadvalda keltirilgan.
• Solishtirma issiqlik sig‘imi S 837 dan 1088 Dj/kg∙ K gacha bo‘ladi.
O‘zining elektrotexnik xossalari bo‘yicha GKL lar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: havoning harorati 20ºS va nisbiy namligi 65% bo‘lganda, GKL ning yuza tomonining solishtirma yuza qarshiligi 3,5∙108 dan 5,0∙109 Om gacha teng; orqa tomoniniki esa – 6,5∙108 dan 1,0∙109 Om; uzunligi bo‘yicha – 2,0∙109 Om.
Kimyoviy sanoat uyushmasining ko‘rsatmasi bo‘yicha GKL statik elektr toki zaryadining to‘planishi borasida xavfli emas [2].
GKL ning keltirilgan fizik-texnik tavsiflari va xossalari bir qator qimmatli qurilish sifatlarini amalga oshirishga imkon tug‘diradi: tayyorlash va foydalanish jarayonida ekologik tozalikga; yuqori iqtisodiy samaradorlikga; maxsus uskunalardan foydalanmasdan turib ishlov berishga, chunki kesgan paytda chang va bo‘lakchalarni yo‘qotishga zaruriyat yo‘q; texnologik jarayonlarni amalga oshirayotganda yuqori mehnat xavfsizligini ta’minlanganligi; mixlanayotganda va shuruplanayotganda oldindan teshiklash shart emasligi; uncha katta bo‘lmagan massa, transportabelliligi, o‘lchamlarning yuqori aniqliligi, yuzalarga ishlov berish imkonining borligi; ovoz izolyasiyasi va olovga turg‘unlik darajalarini ta’minlashda qo‘llashning universalligi; suv va issiqlik izolyasiyasi, etarli bikrlik.


4.- jadval.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling