Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi


Download 0.93 Mb.
bet2/8
Sana11.08.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1666383
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gipskartonli qoplamalar va panellar, gipstolali qoplamalar.

2. Gipskarton listlarining turlari

Karton qobiqdagi gipskarton lenta konveyerda tayyorlanib, so‘ng kesiladi va ular alohida listlarga aylanadi. Konveyerdan olingan har birta list to‘rtta qirraga ega – ikkita ishlov berilgan va ikkita ishlov berilmagan (karton bilan yopilmagan). Karton qobiq gips o‘zakga mahkam elimlangan. Gipskarton listlarining turlari va ularga qo‘yilgan talablar tegishli me’yorlar va standartlar bilan reglamantlangan. KNAUF korxonalari ishlab chiqarayotgan GKL lar assortimenti ularning ishlaydigan shart-sharoiti, qo‘llash joylari va tayyorlash texnologiyasi bilan aniqlanadi.


Gipskarton listlar ikki tipga bo‘linadi: gipskarton qurilish listlari GKL (GKB) va olovga chidamli gipskarton qurilish listlari (olovga chidamli listlar) GKLO (GKF). GKL ning ikki turi ham asosan qurilish gipsdan qilingan bo‘lib, ularning yuzasi va bo‘ylama qirralari mustahkam karton bilan elimlangan. List o‘zagini tashkil etuvchi gips qorishmasi tarkibiga turli xildagi qo‘shilmalar va to‘ldirgichlar kiritiladi. Gips o‘zagiga olovga chidamli to‘ldirgich sifatida mineral tolalar qo‘shiladi, bu mineral tolalar issiqlikdan suv parlanish holati yuzaga kelganda gipsni bo‘laklarga parchalanishiga qo‘ymaydi, natijada o‘zak olovga chidamli izolyasion qatlamga aylanadi.
Gipskarton qurilish plitalari (GKL, GKB) turli xildagi tekis yuzalarni, «ho‘l» suvoq o‘rniga qoplash uchun mo‘ljallangan. Ularni yana shiftlarning karkas asosini yopish, osma shiftlarni qurish va yig‘ma pardevorlarni yasash uchun ishlatish mumkin.

Olovga chidamli gipskarton listlari (GKLO, GKF) devor va shiftlarni qoplash, olov chiqish xavfi yuqori bo‘lgan xonalar orasidagi pardevorlarni qurish uchun ishlatiladi.


Bu listlarning gips o‘zagiga shisha tolali to‘ldirgichlar qo‘shilgan.
Evropa standartlari yana GKL larning ikkita to‘rini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi, bular yuqori namlikga (75%dan ko‘p) ega bo‘lgan xonalarning devor va shiftlarini qoplash, hamda yuqori namlik va qurilish konstruksiyalariga olovga chidamlilik talablari qo‘yilgan xonalar uchun mo‘ljallangan. Karton sathning yuza tomoni va gips o‘zagi namlikni shimilishini kamaytiradigan maxsus tarkib bilan shimdirilgan. Bu impregnirlangan listlarning turlarga (shimdirilgan) yuqori suvga chidamlilikga ega GKLV (GKBI) va yuqori suvga hamda olovga chidamli (GKLVO, GKFI) bo‘lgan gipskarton qurilish listlari kiradi. GKLV, GKBI qurilish listlarining qo‘llanish joylari GKL, GKB listlari bilan bir xildir.
Gipskarton listlarni gidrofob tarkiblar bilan, masalan silikon bilan singdirilishi ularning gips o‘zagining va kartonli qobig‘ining ancha kam suv shimishiga (taxminan 3 marta) va tez parlanishiga olib keladi. Atrof-muhitning odatdagi haroratida impregnirlangan listlarning qurishi bor yugi 15 soatda kechadi, shimdirilmagan listlarning qurishi uchun esa 70 soat vaqt kerak .Impregnirlangan listlarning bu sifati ularning kapillyar shimish qobiliyatining pasayishi natijasida erishiladi.
Oddiy va impregnirlangan listlarni suvga kiritilganda,ularda suvning kapilyar ko‘tarilishi oddiy listda impregnirlangan listga qaraganda ikki marta ko‘p bo‘lishi kuzatiladi (10 va 5 sm). Kapilyar ko‘tarilishning balandligini doimiyligi kapilyar kuchlarning va parlanish intensivligining barovarlashganidan xabar beradi, buning natijasida, GKL da suvning sathi uning kapilyar ko‘tarilishining balandligidan yuqori ko‘tarilmaydi, bu esa devor va pardevorlarni ichidan kommunikatsiyalarni o‘tish joyini tanlashda juda muhim.
Standartlarga asosan (GOST 6266-97, TU U V.2.7-24577862-98) ikki soat davomida impregnirlangan listni suvga to‘la cho‘kdirilganda shimilgan suvning massasi bo‘yicha miqdori 10%dan oshmasligi kerak.
GKL larning karton qoplamasining namlanganda zamburuqlar bilan zararlinishini oldini olish uchun, fungitsidlar shimdirilib, ishlov beriladi (zavodda tayyorlanish jarayonida).
GKL larning har xildagi turlarini ajratib olish uchun, karton qobiqning rangi va orqa tomonida, kengligi 5 sm bo‘lgan, markirovka yozuvlari yordam beradi, bu esa qurilish ob’ektlarida listning To‘g‘ri montaj qilinishini ta’minlaydi. GKL larning yuza tomonida orasi bir birovidan 25 sm masofada joylashgan, mixlar yoki sho‘ruplar bilan mahkamlash nuqtalari belgilab chiqiladi.
KNAUF korxonalari ishlab chiqaradigan GKL larning har xildagi turlarini ajratib olish belgilari quyidagi standartlar bilan reglamentlanadi:
Rossiya Federatsiyasi GOST 6266-97
SSHA ASTM C36
Xalqaro standart ISO 6308
EES SEN 520
Ukraina DSTU B V.2.7-95-2000
Bu standartlar GKL larning yuza va orqa tomon karton qoplamasining, hamda listlarning orqa tomoniga yoziladigan markirovkalar ranglarining turlicha bo‘lishini ko‘zda tutadi(2.1.-jadval)


1.- jadval

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling