Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Download 3.37 Mb.
bet84/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

3-rasm. Cherepitsalar.
Fibrolit – plitalar ko‘rinishidagi issiqlik izolyasiya va issiqlik izolyasiya- konstruktiv material bo‘lib, yog‘och shersti (lentasimon yog‘och qirindisi) va mineral bog‘lovchi moddadan tashkil topgan.
Bog‘lovchi modda turiga ko‘ra fibrolit quyidagicha bo‘ladi: sementli- portlandsement ishlatilganda va magneziyali-magnezial sement ishlatganda.
Sementli va magneziyali fibrolitlar-ularning bir xil tuzilishi bilan tushuntiriladigan ayrim umumiy xususiyatlarga ega. Ammo ular orasida farqlar ham
bor, bu farqlar ularni tayyorlash uchun ishlatilgan bog‘lovchi moddalar xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Sementli fibrolitni magneziyali fibrolitga qaraganda kengroq tarqalgan. Fibrolit qo‘llash ahamiyati bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:

  • issiqlik izolyasiya - bino qismlarining issiqlik izolyasiyasi uchun ishlatiladi;

  • issiqlik izolyasiya-konstruktiv - issiqlik-himoya xususiyatlaridan tashqari, katta mustahkamlikka ega, Shunga ko‘ra ularning devorlar, to‘siqlar, orayopmalar qurishda ishlatish mumkin;

  • akustik - tovush yutuvchi material sifatida ishlatiladi.

Fibrolit uzunligi 1500, 2000 va 2400 mm, eni 500 va 750 mm, qalinligi 25, 50,75 va 100 mm bo‘lgan plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Sementli fibrolitning asosiy xususiyatlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Turli markadagi sementli fibrolit xususiyatlari ko‘rsatkichi 1-jadval

Plitalar markasi



Hajmiy og‘irlik, kg/m3 dan ortiq emas



Bukishdagi mustahkamlik chegarasi kg/sm2 dan kam emas

Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, kkal/m·soat·grad dan ortiq emas

Umumiy (haqiqiy) g‘ovaklik, % da

300
350
400
500

300
350
400
500

4
5
7
12

0,085
0,095
0,105
0,13

87
83
82
77

Jadvalda ko‘rsatilgan mustahkamlik va issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlari materiallarning quruq holatiga tegishli. Sementli fibrolit namligi 20% dan oshmasligi kerak.


Magneziyali fibrolitning asosiy xususiyatlari ko‘rsatkichlari sementli fibrolitnikiga taxminan o‘xshash.
300 va 350 markali plitalar odatda issiqlik izolyasiyaga, 400 va 500 markali plitalar esa issiqlik izolyasiya-konstruktiv fibrolitga tegishli.
Fibrolit yirik g‘ovak, o‘zaro birlashgan g‘ovak tuzilishga ega, bu esa uning bir qator xususiyatlarini, xususan katta havo o‘tkazuvchanlik va yaxshi tovush yutishlik xususiyatlarini aniqlaydi.
Fibrolitdagi yog‘och shersti armatura karkas rolini bajaradi. O‘zining elastikligi va bukiluvchanligiga ko‘ra, u plitalarda xarakterli tolasimon tuzilishni, g‘ovaklik va
mustahkamlikni ta’minlaydi. Yog‘och shersti sifatiga fibrolit xususiyatlari va uzoq saqlanishi bog‘liqdir.
Sementli fibrolitning suv shimuvchanligi 40-60 % dir. Hajmiy og‘irlik va sement sarfi pasayishi bilan suv shimuvchanlik oshadi. Fibrolitning suvga chidamliligi etarli emas: magnezial fibrolitda u kamroq, chunki magnezial tuzlar yuqori gigroskopiklikka ega. Shuning uchun fibrolitni saqlashda va konstruksiyalarda namlikdan himoya qilish kerak. Fibrolit 35 % dan yuqori namlikda uy zamburug‘i bilan shikastlanadi. Fibrolit ochiq alanga bo‘lib yonmaydi, lekin tutaydi. YOng‘in o‘chiruvchilar normasi bilan mos ravio‘da, yonuvchanlik darajasi bo‘yicha, fibrolit qiyin yonuvchi qurilish materialiga kiradi. Fibrolitli konstruksiyalarni yong‘inga chidamliligi hajmiy og‘irligiga bog‘liq: hajmiy og‘irlik qanchalik katta bo‘lsa, yong‘inga chidamlilik chegarasi Shunchalik yuqori bo‘ladi. Magneziyali fibrolit sementliga qaraganda kam yonuvchanlikka ega, chunki magneziyali fibrolitda yog‘och shersti xlorli magniy aralashmasi bilan to‘ydiriladi, u esa yong‘indan yaxshi himoyadir.
Akustik fibrolit tashqi ko‘rinishi bo‘yicha yog‘och shersti o‘lchami bilan farqlanadi: u qalin, lekin eni kamroq. Akustik fibrolitning hajmiy og‘irligi 350-400 kg/m3. Plitalar qalinligi 25-35 mm. Fibrolitning tovush yutish koeffitsienti uning hajmiy og‘irligi va qalinligi, hamda xonaning to‘siqli konstruksiyalariga mustahkamlash usuli bilan aniqlanadi. Tovushning 1000 gs chastotasida tovush yutish koeffitsienti 0,5-0,7 ga etadi.
Fibrolit mexanik qayta ishlovga engil beriladi: uni arralash, teshish, unga mix qoqish mumkin. Fibrolitning g‘adir-budur yuzasi suvoq bilan yopishiga yordam beradi. Mineral paxta yuqori g‘ovak material bo‘lib, ingichka va elastiklik shishasimon tolalardan tashkil topgan. Mineral paxtaning issiqlik izolyasiya xususiyatlari – paxtada barcha mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarda joylashgan tolalar orasidagi katta miqdordagi havo bo‘shliqlari (paxta umumiy hajmining 97 % gacha) bilan namoyon bo‘ladi. Zavodlar ishlab chiqarayotgan paxtada 7 mk dan kam diametrli tolalar soni 80-90 % ni tashkil qiladi. Bundan yo‘g‘onroq tolalar ancha kam. Diametri 50 mk dan ko‘p bo‘lgan tolalar odatda paxtada mavjud emas. Juda ingichka tolali paxta engil zichlashadi va
uning issiqlik – izolyasion sifatlari yomonlashadi.
Tolalar uzunligi 10 mm gacha va undan ko‘p bo‘lib, ishlab chiqarish usuliga bog‘liq. Paxtaning tarkibida shishasimon, tolaga aylanmagan shariklar, “ko‘z yoshlar” yoki gantellarga o‘xshash qo‘shimchalar bo‘ladi va ularni “korolki” yoki bo‘lakchalar deyiladi, ular paxta xususiyatini yomonlashtiradilar, hajmiy og‘irlik va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientini oshiradi. Paxtada ularning mavjudligi mineral paxtaning turli jinslardan olish usullari xususiyatlari bilan tushuntiriladi.
Mineral paxta hajmiy og‘irligi tolalarning o‘rtacha diametriga, zichlik darajasi va korolkalar miqdoriga bog‘liq.
Hajmiy og‘irlik katta chegaralarda tebranishi mumkin; uning qiymati aniqlash sharoitiga ham bog‘liq. Odatda mineral paxtaning hajmiy og‘irligini 0,02 kG/sm2 yuklanish ostidagi maxsus uskunada aniqlaydilar.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling