Qurilish materiallari va buyumlari cdr


-rasm. Profilli devorbobp g‘ishtlar


Download 3.37 Mb.
bet83/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

2-rasm. Profilli devorbobp g‘ishtlar.


Samarali devorbop qurilish g‘ishtlariga tuproq tarkibida diatomit, trepel tog‘ jinslari bo‘lgan uzluksiz g‘ovak va bo‘shliqli toshlar kiradi. Bunday g‘ishtlarning afzalligi Shundaki, ular ishlatilganda devorning qalinligini va xom ashyo xarajatini (40%) kamaytirish mumkin hamda transportga ketadigan mablag‘ tejaladi. Shuningdek, eng muhimi inshoot og‘irligining kamayishi hisobiga zilzila ta’siriga bardoshliligi ortadi.
Barcha xorijiy davlatlarda ishlatiladigan devorbop sopol ashyolar katta- kichikligi, shakli va xossalari bilan farqlanadi. Chet davlatlarda chiqariladigan g‘ishtlarning markasi 125 – 600 ga teng. Masalan, Germaniya standartlariga ko‘ra devorbop oddiy va samarali g‘ishtlar 14 xil o‘lchamda (240x115x52 – 490x300x238) va M40 dan M280 markalarda ishlab chiqariladi. Ayniqsa, engil vazndagi bo‘shliqli 13 ta har xil o‘lchamli, markalari M20 dan M280 gacha bo‘lgan devorbop g‘isht va toshlar ishlab chiqariladi. Zichligi 600-1000 kg/m3 ga teng bo‘lgan bunday yuqori mustahkam g‘isht va va toshlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 360, 480 va 600 ga
tengdir. Binolarning ichki devorlarini qurishda o‘lchamlari 330x170x40 mm ga teng bo‘shliqli g‘isht, tosh va plitlar ishlatiladi.
Xorijiy davlatlarda bir tomoniga ariqchali shakl berilgan, umuman qorishma ishlatmasdan devor qurishga mo‘ljallangan g‘ishtlar ishlab chiqarilayotgani ma’lum. Bunday g‘ishtlardan katta o‘lchamdagi bloklar, tovushdan saqlovchi g‘ishtlar va boshqa devorbop buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Masalan, gollandiyalik mutaxassislar g‘isht uchun elim ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar. U g‘ishtni sementga nisbatan juda mustahkam ushlaydi. Natijada, devor o‘ta mustahkam bo‘lib, g‘isht teruvchilarning ishi yanada engillashadi, ya’ni odatdagi g‘isht terishda sement qorishma qatlami 1 sm dan kam bo‘lmasdi, yangi usulda esa elimning qalinligi atigi 2 mm bo‘lsa bas.
Sopol g‘isht va toshlardan devorbop panel va bloklar tayyorlash qurilish ishlarida qo‘l ishlarida mehnatni keskin kamaytiradi. G‘isht, panel va bloklar tayyorlashda gorizontal holatdagi maxsus temir qoliplarga o‘rnatilgan fiksator moslamalar orasi g‘isht bilan to‘lg‘aziladi. Panellar bir, ikki va uch qatlamli, balandligi binoning 1- yoki 2- qavatiga mos qilib tayyorlanadi. Qalinligi esa 80, 140, 180 va 280 mm ga teng. Bir qatlamli panel faqat sopol toshlardan, ikki qatlamlisining birinchi qatlami esa 100 mm li issiqlikni saqlovchi ashyodan iborat. Uch qatlamli panel ichki va tashqi qatlamining har biri 65 mm li g‘isht, o‘rta qatlami esa 100 mm li qalinlikdagi issiqlikni saqlovchi ashyodan tayyorlanadi. Tegishli mustahkamlikni ta’minlash maqsadida g‘ishtlar oralariga va chekkalariga po‘lat armatura sinchi o‘rnatiladi.


Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling